Qarshi davlat universiteti fizika-matematika fakulteti



Download 131 Kb.
Sana29.01.2020
Hajmi131 Kb.
#38035
Bog'liq
Дилрабо

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
Fizika yo‘nalishi 2-kurs 018-45-guruh talabasi
Sheralova Dilraboning
Fizika o‘qitish metodikasi fanidan tayyorlagan
KURS ISHI
MAVZU: FIZIKA TA’LIMI TEXNОLOGIYALARI

Ilmiy rahbar: dots.G.S.Uzoqova


Qarshi - 2020 yil

Mavzu: Fizika ta’limi texnоalogiyalari

Reja:
Kirish………………………………………………………………………………3

  1. Zamonaviy ta’limda ta’lim texnalogiyalarining o‘rni………………………….4

  2. Fizika fani bo‘yicha ta’lim texnalogiyalarini yaratishga qo‘yiladigan talablar……………………………………………………………………...……..10

  3. Dinamika bo‘limini o‘qitishga doir ta’lim texnalogiyasi loyihasi…………….14

Xulosa………………………………………………………………..……….…..20

Foydalanilgan adabiyotlar royxati......................................................................21


Kirish

Respublikamizda rivojlangan mamlakatlar qatori jahon ta`lim tizimida yuqori samara berayotgan ilg`or ta`lim texnologiyalarni o`zlashtirish va amalda qo`llash jadal sur`atlar amalga oshirilmoqda.Buning yorqin misoli sifatida ”Ta`lim samaradorligini oshirishga hizmat qiladigan ta`lim metodlari va texnologiyalari”ni ishlab chiqilgani va uni amalda foydalanish uchun tavsiya qilinganini ko`rsatish mumkin.

Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi – bu o`qituvchi – trener va talaba – o`quvchilarning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiyalarga bog`liq.

Pedagogik texnologoya ta`lim – tarbiyada ko`zlangan maqsadga erishish uchun o`quv jarayonida qo`llaniladigan usullar, vositalar majmuidir. Pedagogik tehnologiya eskimi yangimi qadimdan mavjud. Biroq jamiyat taraqqiy etgan sari maorif oldiga o`zining yangidan – yangi ijtimoiy buyurtmalarini qo`yib borganligi tufayli, ta`lim – tarbiya jarayoni ham zamonaviy ilg`or metodlar, usullar bilan boyib, yangilanib bormoqda.



Mavzuning dolzarbligi: Ta`lim texnologiyasining asosini ta`lim jarayonini va talim oluvchilarning belgilangan sharoit va vaqt ichida ko`zlangan maqsadga erishishlarini kafolatlash hamda zamonaviy axborot komunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etishdir.

Mavzuning maqsadi: Ta`lim texnologiyasi – bu ta`lim jarayonida o`quv maqsadlariga kafolatli erishish uchun talabalar va pedagoglar o`zaro faoliyatining samarali tashkil etilish loyixasi ekanligini asoslash.

Mavzuning vazifasi: Kurs ishida o’qitishning an’anaviy usullari bilan bir qatorda fizikani o’qitishда fizika ta’lim texnologiyalaridan foydalanish davr talabi ekanligi asoslanadi va uning samaradorligi ko’rsatiladi.

  1. Zamonaviy ta’limda ta’lim texnologiyalarining o’rni

«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida» ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish zarurligi ko‘p karra takrorlanadi.

Pedagogik texnologiyalarning o‘zi nima va u an’anaviy ta’limdan nimasi bilan farq qiladi?

Hozirgi kunda pedagogik adabiyotlar, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar, rasmiy hujjatlarda «Yangi pedagogik texnologiya», «Ilg‘or pedagogik texnologiya», «Progressiv pedagogik texnologiya» «Zamonaviy ta’lim texnologiyasi» iboralari keng qo‘llanilmoqda.

Ammo «Pedagogik texnologiya» tushunchasi hali ham bir qolipga tushirilmagan, ensiklopediyalarda izohlanganicha yo‘q, uning mazmunini yagona talqini ishlab chiqilmagan va shuning uchun iboraning bir-biridan farqlanuvchi ko‘pgina tariflari mavjud.

Respublikamizning pedagogika sohasidagi olim va amaliyotchilari ilmiy asoslangan hamda O‘zbekistonning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan ta’lim texnologiyalarini yaratish va ularni ta’lim-tarbiya amaliyotida qo‘llashga intilmoqdalar. Xo‘sh, nega yangi pedagogik texnologiyalar zarur bo‘lib qoldi?

Birinchidan, ma’lum sabablarga ko‘ra jahon hamjamiyati taraqqiyotidan ortda qolib ketgan jamiyatimiz, taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishi uchun, aholi ta’limini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida eng ilg‘or pedagogik tadbirlardan foydalanish zarurligi;

Ikkinchidan, an’anaviy o‘qitish tizimi yozma va og‘zaki so‘zlarga tayanib ish ko‘rishi tufayli «axborotli o‘qitish» sifatida tavsiflanib, o‘qituvchi faoliyati birgina  o‘quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib qolganligi;

Uchinchidan, fan-texnika taraqqiyotining o‘ta rivojlanganligi natijasida axborotlarning keskin ko‘payib borayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun vaqtning chegaralanganligi; 

To‘rtinchidan, kishilik jamiyati o‘z taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega bo‘lgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga o‘tib borayotganligi;

Beshinchidan, yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng ilg‘or bilim berish usuli hisoblangan obektiv borliqqa tizimli yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishidadir.

Ta’lim texnologiyasi yuqorida sanab o‘tilgan beshta sababiy shartlarni barcha talablariga javob beradigan ta’limiy tadbirdir.

Bu zaruriyat, shu vaqtgacha tahsil oluvchilar yopiq tafakkur paradigma (namuna, misol) lari asosida o‘qitilganligi, ularda o‘zgacha nuqtai nazarnitan olmaslik, faqat o‘z fikrini to‘g‘ri deb bilish shakllantirilganligidandir. Bu hol har qanday taraqqiyotga g‘ov bo‘lib, shu paradigmada yurgan kishilarniinqiroz sari yetaklaydi. Jamiyatimiz jadallik bilan taraqqiy etib, iqtisodiy va siyosiy mavqei kundan-kunga ortib bormoqda. Ammo ijtimoiy sohada va ayniqsa,ta’lim-tarbiyada depsinish va umumiy taraqqiyotdan orqada qolish sezilmoqda. Bunday noxush vaziyatdan chiqib ketish yo‘llaridan biri ta’lim-tarbiyajarayonini qabul qilingan davlat standartlari asosida texnologiyalashtirishdir.[1]

Didaktikaning asoschisi Yan Amos Komenskiy o‘n yettinchi asrdayoq ta’limning “vaqt, fanlar va uslublarni mohirona taqsimlashdan» boshqa narsanitalab qilmaydigan umumiy tartibini topishga harakat qilgan edi. Komenskiyning fikricha, idealda o‘qitishning yagona mukammal uslubi topilsa, “hammanarsa toshlari to‘g‘ri muvozanatlangan soatdek aniq, faqat ana shunday mahorat bilan yaratilgan asbobda erishish mumkin bo‘lgan bexatolik bilan arilaydi».  

Pedagogik texnologiya oqimi deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarga tez tarqaldi. YUNESKO kabi nufuzli tashkilot tomonidan tan olindi va qo‘llab-quvvatlandiva hozirgi kunda ko‘pgina mamlakatlarda muvaffaqiyatli o‘zlashtirilmoqda, qo‘llanilmoqda. Ko‘pgina mamlakatlar pedagogik texnologiyadan foydalanib,o‘quvchilar o‘zlashtirishini oshirishda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdilar. Masalan, Janubiy Koreyada pedagogik texnologiya bo‘yicha tajriba-sinov tarzidao‘qiyotgan 50 ming boladan 75 foizida an’anaviy o‘qitishda faqat eng yaxshi o‘quvchilar erishadigan natijalar qo‘lga kiritilgan.

Ta’limni texnologiyalashtirishning asosini, ta’lim jarayonini, uning samaradorligini oshirish va ta’lim oluvchilarni, berilgan sharoitlarda va ajratilgan vaqtichida loyihalashtirilayotgan o‘quv natijalarga erishishlarini kafolatlash maqsadida to‘liq boshqarish g‘oyasi tashkil etadi.

Bunday yondoshishning mohiyati, ta’lim jarayonini tizimlashtirishdan - uni, aniq rasmiylashtirilgan va detallari bo‘yicha aniq elementlarga bo‘lib tashlash yordamida maksimal shakllashtirishdan iborat.

Ta’lim texnologiyasining predmeti - ta’lim tizimini konseptual asoslariga dalil keltirishdan, maqsadlarni qo‘yishdan, natijalarni shakllantirishdan, o‘quvmaterialini tanlash va strukturalashtirishdan, ta’lim modelini tanlashdan, to ularni amalga oshirishgacha, ularning optimallik va samaradorlik darajasiniba holashgacha loyihalashtirishdan tarkib topgan. [2]

Bizda ta’lim nazariyasi va amaliyotida, o‘quv jarayoniga texnologik xarakterni kiritish 50–yillardan boshlangan. Ular, an’anaviy o‘qitish uchun texnik vositalar majmuasini yaratishda o‘z ifodasini topgan. Hozirgi vaqtda, pedagogik texnologiyaga oddiygina «o‘qitishning texnik vositalaridan yoki kompyuterlardan foydalanish sohasidagi tadqiqotlar sifatida qaralmaydi: bu, o‘qitish samaradorligini oshiruvchi omillarni tahlil qilish va qo‘llash yo‘li bilan hamda qo‘llanilayotgan usullarni baholash vositasida ta’lim jarayonining tamoyillarini aniqlash va optimallashtirish usullarini ishlab chiqish maqsadidagi tadqiqotlardir».

V.P. Bespalko bo‘yicha, barcha ta’lim va tarbiya ishlarini pedagogik texnologiya yo‘liga o‘tkazish – o‘quv amaliyotini, pedagogik jarayonni qurish va amalga oshirishda ixtiyoriylikdan, uning har bir elementini va bosqichini tartibli asoslashga, obektiv tashhis qilinadigan yakuniy natijaga intilishiga keskin ravishda burilishini ifodalaydi 

Ma’rifatli va rivojlangan mamlakatlarda muvaffaqiyat bilan qo‘llanilib kelinayotgan ta’lim texnologiyalarini o‘rganib, xalqimizning milliy pedagogika an’analaridan hamda ta’lim sohasining shu kundagi holatidan kelib chiqqan holda O‘zbekistonning milliy ta’lim texnologiyasini yaratish lozim.

Ta’lim texnologiyasi tushunchasi va tamoyillari. Pedagogika fani va amaliyotida, «pedagogik texnologiya», «ta’lim texnologiyasi», «o‘qitish texnologiyasi» kabi atamalardan keng foydalanilmoqda. Shu bilan birga, ularni tushunish paytida alohida farqlar mavjud. Avvalambor, «texnik texnologiya» va «pedagogik texnologiya» tushunchalarining mohiyatini aniqlaylik.

«Texnologiya» – yunoncha ikki so‘zdan – «texnos» (techne)- mahorat, san’at va «logos» (logos) – fan, ta’limot so‘zlaridan tashkil topgan. Bu ifoda zamonaviy texnologiya jarayonini to‘liq tavsiflab berolmaydi. Texnik texnologiya quyidagilarni bildiradi:

Quyida pedagogik texnologiyaning yana bir nechta ta’riflarini keltiramiz:

Pedagogik texnologiya -bu o‘qituvchi (tarbiyachi)ning o‘qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga muayyan sharoitda ta’sir ko‘rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir.[3]

Pedagogik texnologiya - ta’lim jarayoniga yangicha yondoshuv bo‘lib, pedagogikada ijtimoiy-muhandislik ong ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida standart holga solib, uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bog‘liq ijtimoiy hodisadir.

Pedagogik texnologiya - o‘quv jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha aniqlovchi tizimli kategoriY. Texnologiyalarni barcha, boshqa tushunchalarini belgilash uchun, sinonim sifatida - ta’lim texnologiyasi, o‘qitish texnologiyasi kabilarni ishlatish mumkin.



  • O‘qitish texnologiyasi - birinchidan, pedagogik texnologiyani jarayonli-harakat aspektini anglatadi. Bu, ta’lim jarayonini o‘zgaruvchan sharoitlarda, ajratilgan vaqt davomida istiqbollashtirilgan natijalariga kafolatli erishishga va konkret ta’lim-tarbiya jarayonlarini amalga oshirishni instrumental ta’minlovchi, usul va vositalar (texnologik operatsiyalar) ning tartibli birligini o‘zida mujassamlashtirgan ta’lim modelini ishlab chiqish va amalga oshirishning texnologik jarayoni: ikkinchidan, pedagogik texnologiyaning jarayonli-bayonli aspektini ifodalaydi. Bu, maqsadni amalga oshirish va istiqbolda belgilangan natijalarga erishish bo‘yicha pedagogik hamda o‘quv faoliyatini loyihasini bajarishni bayonidir (texnologik xarita).

  • Ta’lim texnologiyasi - pedagogik texnologiyaning ilmiy aspektini belgilash uchun ishlatiladi. Bu (fan predmeti), «texnik va inson resurslarini hamda ularni, o‘z oldiga ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo‘yuvchi hamkorligini hisobga olgan holda dars berish va bilimlarni o‘zlashtirishning barcha jarayonlarini yaratish, qo‘llash va belgilashning tizimli usuli.

  • Pedagogik texnologiya -bu jamiyat ehtiyojidan kelib chiqib, oldindan belgilangan kishi ijtimoiy sifatlarini samarali shakllantiruvchi va aniq maqsadga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini tizim sifatida ko‘rib, uni tashkil qiluvchi qismlari bo‘lgan o‘qituvchi(pedagog)ning o‘qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga ma’lum bir sharoitda muayyan ketma-ketlikda ko‘rsatgan ta’sirini nazoratda tutuvchi va ta’lim natijasini baholab beruvchi texnologiyalashgan ta’limiy tadbirdir.

  • Pedagogik texnologiya - bu tizimli fikr yuritish usulini pedagogikaga singdirish, boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayonni muayyan bir tizimga keltirishdir.Aynan tizimli yondashuv pedagogik texnologiyani o‘qitishga boshqa yondashuvlardan farqlovchi asosiy belgi hisoblanadi.BMT nufuzli idoralaridan biri bo‘lgan YUNESKOning ta’rificha,   

Ta’lim texnologiyasi – ta’lim modellarini optimallashtirish maqsadida, inson va texnika resurslari va ularning o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda, butun o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini yaratish, qo‘llash va aniqlash tizimidir. 

Keltirilgan ta’riflarni ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qiladigan bo‘lsak, uzoq xorijda berilgan ta’riflar bilan MDH mamlakatlari bergan ta’riflari bir-biriga yaqin kelsa-da, farqi ham anchaligini ko‘ramiz. Jumladan, YUNESKO ta’riflarida tizimli yondoshuv tamoyiliga alohida urg‘u berilgan.

Ijtimoiy texnologiyalar safiga kiruvchi «pedagogik texnologiya» tushunchasining mazmunini aniqlaymiz. Ko‘pchilik pedagog-olimlarning fikricha, ushbu keng ishlatiladigan so‘zlar birikmasi inglizcha «an educationaltechnology» - ya’ni «ta’lim texnologiyasi» ifodasini noaniq tarjima qilishdan kelib chiqqan. Bizning fikrimizcha, ta’lim texnologiyasiga dastlab asos solgan olimlar pedagogik texnologiyani emas, balki aynan ta’lim texnologiyasini nazarda tutishgan. Buni tushunib yetish uchun pedagog atamasining lug‘aviy ma’nosini esga olaylik, bu atama yunoncha «payne»-bola, «agogeyin» - yetaklamoq so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lib, bola yetaklamoq ma’nosini anglatadi. Bundan «bola yetaklash texnologiyasi» degan atama kelib chiqadi, bu tushuncha ta’lim texnologiyasi maqsadi va mantig‘iga zid bo‘lib, ta’lim texnologiyasining haqiqiy ma’nosini bermaydi.[3]

2. Fizika fani boyicha ta’lim texnologiyalarini yaratishga qoyiladigan talablar.

Bugungi kun ta'lim tizimida amal qilayotgan an'anaviy ta'limning mazmunini yangilash va ta'lim jarayonini tashkil etishni tubdan o'zgartirish davr taqozosidir. Buning uchun fizika ta'limi tizimini pedagogik va axborot texnologiyalarni uyg'unlashtirgan holda qo'llash orqali ta'lim samaradorligini yuqori pog'onalarga ko'tarish mumkin. Pedagogik dasturiy vositalar (PDV) — kompyuter texnologiyalari yordamida o'quv jarayonini qisman yoki to'liq avtomatlashtirish uchun mo'ljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular ta'lim jarayoni samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, unda zamonaviy texnologiyalar o'qitish vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: o'quv fani bo'yicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yo'naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik vositalar, qo'shimcha yordamchi vositalar kiradi. Fizikadan pedagogik dasturiy vositalar (PDV) ga quyidagilarni e'tirof etish mumkin: 1. Matnli material; 2. Elektron jadvallar; 3. Ma'lumotlar bazalari; 4. Grafiklar, diagrammalar, plakatlar; 5. Fizik modellar; 6. Namoyishlar, animatsiyalar; 7. Virtual laboratoriya ishlari; 8. Masala yechishni modellashtiruvchi dasturlar; 9. Testlar, ularni yechish metodikalari, namunalari; 10. Elektron darsliklar va elektron ishlanmalar; 11. Elektron ma'lumotnomalar; 12. Elektron ensiklopediyalar. Fizikani o'qitishda PDVlarni yaratish texnologiyasini amalga oshirish maqsadida ularning an'anaviy vositalardan afzalligini tasdiqlovchi qator ijobiy omillar mavjud. Mazkur omillar didaktik, psixologik, ergonomik guruhlarga ajratildi.

Fizikani o'qitishda pedagogik dasturiy vositalarga qo'yiladigan didaktik talablarga quyidagilar kiradi:

Talablar

Mazmuni

Ilmiylik

Ta'lim mazmunining zamonaviy fan darajasiga muvofiqligi; akademik litsey o'quvchilarida ilmiy bilishning umumiy metodlari haqida to'g'ri tasawurlarni hosil qiladi.

Tushunarlilik

Bu talab nazariy murakkablik va bayon etish chuqurligi darajasining aniqlanishida ifodalanadi, u o'quvchilarning xotirasi va shaxsiy fikrlash xususiyatlari bilan, shuningdek ularning tayyorgarlik va rivojlanish darajasi bilan chambarchas bog'liq.

Ko'rgazmalilik

O'quv axborotini ng kompyuter tasviri, axborotni qabul qilishga у o'naltirilganligi, dinamikligi, yuqori sifati bilan ajralib turadi. Demak, axborotning kompyuter tasviri imkoniyatlaridan foydalanish hisobiga o'qitishning ko'rgazmaliligini yuqori darajada oshirish mumkin.

Muammolilik

O'rganuvchi yechishi lozim bo'lgan muammoli vaziyatga duch kelganida, uning qiziqishi va fikrlash qobiliyati ortadi; kompyuter yordamidagi namoyish tajribalaridan foydalanganda o'quv muammosining nisbatan yorqinroq ko'rgazmali qo'yilishi va undan ham yorqinroq uni yechish yo'llarini tasawur etishi mumkin bo'ladi.

Faollashtirish

Mustaqil ishlab chiqish, o'z bilimini tekshirish va o'quvchilar tomonidan yakka tartibda modellarni tuzish imkoniyati mavjud bo'ladi.

Fizikani o'qitishda pedagogik dasturiy vositalarga qo'yiladigan psixologik talablarga quyidagilarni kiritish mumkin:



Talablar

Mazmuni

Idrok etish

Idrok qilishning ongliligi unga fikriashning ham qo'shilganini anglatadi. Alohida predmet yoki hodisani idrok qila turib, biz uni umumiyning xususiy holati kabi qabul qilishimiz mumkin. Biror bir fizik tajribani namoyish qilayotganida, u ma'lum asboblardan foydalanadi. Ammo ushbu tajriba vositasida isbotlanayotgan qoida yoki qonun nafaqat berilgan konkret jarayon yok i hodisa ga taalluqli, balki umumiy ma'noga ham ega. Shu sababli, tajribani tushunish uchun, tajriba vaqtida ro'y berayotganlar qandaydir umumiy qonuniyatning bir ko'rinishi ekanligini idrok etishi kerak.

Xotira

Predmetlarni, jarayonlarni, hodisalarni ongli ravishda idrok qilish doimo ularni tanib olishni, ya'ni tanishni taqazo qiladi. Tanish esa o'z navbatida ularni eslab qolishga yordam beradi.

Tasavvur

O'quvchi foydalanadigan obrazlar bevosita qabul qilinganlarni qayta tiklash bilan chegaralanmaydi. Xotiraning funksiyasi - awalgi tajribaning natijalarini imkon qadar o'zgartirmasdan saqlash, tasawurning funksiyasi ularni qayta tiklashdir.

Tafakkur

Bizning ob'yektiv borliqni tanishimiz sezgilar va qabul qilishdan boshlanadi, shuningdek fikrlarning xususiydan umumiyga va umumiydan xususiyga o'tishni ochib beradigan harakati. Tafakkur amaliy faoliyat ongi sifatida tug'iladi va faqat undan keyingina mustaqil nazariy faoliyatga aylanadi.

Yuqoridagi talablardan tashqari ilmiy-metodik talablarga quyidagilar kiradi: aniq o'quv fanining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, ma'lum bir fanning o'ziga xosligini hisobga olish, axborotning zamonaviy metodlari o'zaro bog'liqliligi, o'zaro aloqadorliligi, turli-tumanligi, amalga oshirilishi va boshqalar. Shuningdek, tashkiliy-texnik talablarga zamonaviy universal shaxsiy kompyuterlar, tashqi qurilmalari, test o'tkaziladigan manbalar kiradi. Internet-navigatorlar, tarmoq operatsion tizimlari, telekommunikatsiya, boshqaruv vositalari (o'qitish jarayonini individual va jamoaviy ishlari, tashqi qayta aloqa) kiradi. Maxsus talablarga esa, interfaollik, maqsadga yo'nalganlik, mustaqillik va moslashuvchanlik, audiolashtirish, kirish nazorati, intellektual rivojlanish, differensiasiyalash, kreativlik, ochiqlik, qayta aloqa, funksionalilik, ishonchlilik kiradi. Metodik talablar pedagogik dasturiy vositalar asosida o'qitishga mo'ljallangan fizika fanining o'ziga xos xususiyatlarini, uning qonuniyatlarini, izlanish metodlari, axborotga ishlov berishning zamonaviy usullarini joriy qilish imkoniyatlarini hisobga olishni ko'zda tutadi. Demak, fizika fanini o'qitishda pedagogik dasturiy vositalarga qo'yiladigan talablar asosida yaratilgan DPVdan foydalanish ijobiy natija beradi, ya'ni fizikani o'qitishda ularni qo'llash asosida o'quvchilarning fizika fani bo'yicha ko'nikma va malakalar shakllantirish bilan birga mustaqil ta'lim olish jarayonini osonlashtiradi hamda intensivlashtirishga imkon beradi.[4]

Ta’lim tizimida o‘quv-tarbiyaviy jarayonning samaradorligini yanada oshirish uchun faqat ilg‘or o‘qitish metodlarini ishlab chiqish to‘g‘risida gapirmasdan, shu bilan birga ularning qo‘llanilishiga ham ahamiyat berish kerak. O‘qitish metodlari darslikdan, masala yechish uchun qo‘llanmalardan, demonstratsion tajribadan va laboratoriya ishlaridan ajralgan holda bo‘lmaydi. O‘qitish metodlari o‘qitish jarayonida amalga oshiriladi, ammo darslik matni masalalar mazmuni, demonstratsion tajribalar va laboratoriya ishlari o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish shakllari bilan chambarchas bog‘langan bo’ladi. O‘qituvchilarni o‘qitish metodlari bilan qurollantirishning bosh yo‘li-bu o‘quv ishlarining strate-giyasini, ya’ni o‘qitish tarbiyalash va o‘stirishning vazifalari, fundamental fizik nazariyalar va o‘quv predmetining o‘ziga xos o‘qitish metodlarini amalga oshira borib, har bir darsni o‘quv-tarbiya jarayonining bir qismi deb qarab, darsda asosiy ish shakllarini qo‘llay olish mahoratini egallashdan iborat.[5]

3. Dinamika bo‘limini o‘qitishga doir ta’lim texnalogiyasi loyihasi.

Dinamikaning qonunlari mexanikaning muhim qismidir. Nyuton klassik mexanikasi mohiyatiga ko‘ra, dinamika qonunlarini o‘z ichiga oladi va uning asosiy nazariyasini tashkil etadi. Bundan dinamika qonunlarini o‘rganishning ahamiyati kelib chiqadi. Dinamikani o‘rganishni boshlayotgan har bir o‘quvchida harakat to‘g‘risida va uning kuchlar bilan bog‘liqligi haqida ma’lum hayotiy tasavvur bor. Massa tushunchasi bilan o‘quvchilar maktabgacha davrda hayotiy tajribalarida qisman tanish bo‘ladilar. Asosan massa tushunchasi bilan VI sinfda tanishadilar. Nyutonning II qonuni jismning massasi, ikki jism o‘zaro ta’sirini xarakterlaydigan kuch va o‘zaro ta’sirlashuvda jism olgan tezlanish orasidagi bog‘lanishni ifodalaydi. Shu bilan birga jismning inertlik o‘lchovi bo‘lgan massaning mohiyatini ochishga imkon beradi. Massa jism inertlik xossasini ifodalashni tajribada namoyish qilib ko‘rsatish muhimdir: katta massaga ega bo‘lgan jism o‘zaro ta’sirlashuv natijasida kichik tezlanish oladi, kichik massaga ega bo‘lgan jism katta tezlanish oladi. Buni amalga oshirishda o‘quvchilarga savollar berilsa, o‘quvchilar turmushda ko‘rib yurganlariga tayanib to‘g‘ri fikrlay oladilar. Masalan, 40 km/soat tezlik bilan kelayotgan massasi 200 t bo‘lgan vagonni to‘xtatish osonmi yoki o‘shanday tezlik bilan ketayotgan 200 kg bo‘lgan mototsiklnimi?

Albatta berilgan savollarga o‘quvchilar to‘g‘ri javob beradilar, ammo uni tajribada namoyish qilib ko‘rsatish, ya’ni massa jism inertligining o‘lchovi ekanligini amalda isbotlab ko‘rsatish ilmiy ahamiyatga ega. Buning uchun biz teng hajmli (temir, allyuminiy, yog‘och) parallelopiped shaklidagi jismlarni olib, ularni bir xil buyoq bilan buyab (uni qanday materialdan yasalganligini yashirish uchun) nomerlab, qiya novdan dumalab to‘shayotgan sharni yo‘liga birin-ketin quyib, dumalayotgan shar nomerlangan teng hajmli jism-to‘siqlarni qay birini ko‘proq masofaga siljita oldi?-degan savol o‘quvchilarga berilsa, ular to‘g‘ri javob bera olmaydilar. So‘ngra o‘quvchilar ko‘z o‘ngida tajriba qilinib, har bir nomerlangan jism bilan novda dumalayotgan shar o‘zaro ta’sirlashganda qancha masofaga siljigani belgilab beriladi. Tajriba natijasidan so‘ng qaysi jism sharning ta’siriga ko‘proq qarshilik ko‘rsatdi yoki o‘zining tinch holatini saqlab qolishga intiladi, deb so’raldi.[6]

O‘qituvchi bunda “tinch” holatni saqlashga intilish xossasi haqida gapirib bo‘lgandan so‘ng, harakatdagi jismning harakat holatini saqlashga intilishini namoyish qilib ko‘rsatadi. Buning uchun 3-4 ta teng kattalikdagi ammo turli (plastmassa, temir, qo‘r-g‘oshin) sharlarni bir xil rangga bo‘yab, nomerlaydi (ularni qanday materialdan yasalganligi bilinmasin) yana unga qiya novdan, bir xil balandlikdan birin-ketin dumalatib, sharlar yo‘liga bir tinch jism qo‘yilib, bu ikki jismni (tinch va harakatdagi) o‘zaro ta’sirlash-ganda harakat holatini ko‘proq saqlashga intilishi namoyish etiladi. Shu asosda har ikkala namoyishda ham “harakatdagi” va “tinch” to‘rgan jismning inertlik xossasi taqqoslanishi asosida massa tushunchasiga ta’rif beriladi.

Massa tushunchasi. Jism inertligining ham sifat, ham miqdor o‘lchovi bo‘lib, jismlar o‘zaro ta’sirlashganda massasi katta jism (tinch turgan bo‘lsa) kam tezlanish oladi, harakatda bo‘lsa u o‘zining harakat holatini ko‘proq davom ettirishga intiladi, deb xulosa chiqariladi. Shundan so‘ng o‘quvchilarning hayotda ko‘rganlari asosida jism massasini aniqlash (o‘zaro ta’sirlashuvda uning deformatsiyalanish kattaligiga, tezlanishga, bosib o‘tgan yo‘liga taqqoslash va Etalon massaga taqqoslab massalarni o‘lchash bilan aniqlash) usullariga diqqati tortiladi. Bunda o‘quvchilarda inertsion massa haqida tushuncha shakllanadi. Demak tabiatdagi barcha moddiy jismlar massaga ega bo‘lishi, shu bilan har qanday massaga ega bo‘lgan inertlik, tortishish xossasiga egaligi haqida tushuncha beriladi.

Massa tushunchasi chuqur falsafiy tushuncha bo‘lib, mate-riya tushunchasi bilan bog‘liq holda fazo, vaqt va harakat tushunchalariga borib taqaladi. Massa tushunchasi-materiyaning ba’zi asosiy xossalarini aks ettiradi. Buni biz u yoki bu fizik tadqiqotlarda namoyon bo‘lishida ko‘ramiz:



1. Jism inertlik o‘lchovi sifatida Nyuton qonunlarida namoyon bo‘ladi-,

2. Jismlar orasidagi tortishish o‘lchovi eqanligi butun olam tortishish qonunida ko‘rinadi

3. Harakatdagi jism energiyasining o‘lchovi bo‘lishi bilan birga (polvonlar, bokschi, shtangachilar musoboqasida hisobga olish) massa bilan energiyaning orasidagi bog‘lanish: E=mc2 da massaning harakat tezligiga bog‘liq holda o‘zgarishi haqida fikr yuritiladi

4. Elektromagnit jarayonlarning tavsifi elektromagnit massa () sifatida aks etadi.

5.Elementar zarralar strukturali bog‘lanishining xarakteris-tikasi (massalar defekti-tinchlikdagi massaning materiya tuzilishi bilan bog‘liqligini tavsiflashda)



6.Jismdagi zarralar sonining o‘lchovi sifatida klassik atomizm, kimyoda, halq xo‘jaligida moddiy noz ne’matlar ishlab chiqarishda;

7.Turli tuman hodisalarni matematik tilda yozishda pro-porsionallik koeffitsiyentining bo‘lishi. Masalan, formulada massa jism olgan a-tezlanishi bilan ta’sir etuvchi kuch orasidagi bog‘lanishni ifodalashda proporsionallik koeffitsiyenti rolini o‘ynashda xizmat qiladi.

Bu sohada qilingan ishlarga asoslanib, massa tushunchasini fizika o‘qitishda qanday izohlash, tushuntirish masalasiga to‘xtalamiz:

1.Massa tushunchasini aniqlash.

2.Massa tushunchasining boshqa tushunchalar bilan bog‘liq-ligini (mareriya, harakat, o‘zaro ta’sir, fazo, vaqt, energiya, ish va h.k) aniqlash.

3.Massa tushunchasini olamning fizik manzarasi taraq-qiyoti nuqtai nazaridan tahlil qilish.

4.Massani metodologik jihatdan tushuntirish yoki e’tiborga olish shu kungacha mavjud bo‘lgan metodik va ilmiy adabiyotlarda bir muncha qiyinchiliklar mavjudligini ko‘ramiz (Massa-materiya miqdori yoki modda miqdori). Klassik atomistikada massani bir jinsli o‘zgarmay-digan zarralar miqdori deb qilingan talqin hozir ham ba’zi o‘qituvchilar bayonida uchraydi yoki KHK va ALni bitirib o‘qishga kirgan ba’zi o‘quvchilar javobida kuzatiladiki, bu tushuncha xatodir.



Massa tushunchasi materiyaning barcha xossalarni o‘ziga aks ettira olmaydi, chunki ilmiy ta’lim-abad «bo‘linmaydigan» hamma jism uchun bir xil bo‘lgan zarra bo‘lmasligini o‘qtiradi. Hozirgi zamon fani klassik fizikani chegaralanganligini ko‘rsatib undagi xulosalarning (shu jumladan massa haqidagi) ko‘pchiligi noto‘g‘ri ekanligini isbotladi. Shuning uchun ham massani moddaning miqdori bilan almashtirish yaramaydi, ya’ni massani materiyaga o‘xshatish-moddiylashtirish xatodir. Massa-tushuncha bo‘lib, modda (materiya) ning inertlik, tortishish kabi xossalarini aks ettirishini ko‘ramiz. Modda tuzilishga ega, ammo massa tuzilishga ega deyish qo‘pol xatodir. Materiyaning eng muhim xossalaridan biri inertlik va tortishish bo‘lib faqat o‘zaro tasirlashuvda namoyon bo‘ladi. Bunda massa materiyaning inertlik, tortishish xossalarining sifatiy va miqdoriy xarakteristikasining o‘lchovi bo‘lib xizmat qiladi. Massa va energiyaning bog‘lanish qonunlaridan ko‘rinadiki, massa jismdagi to‘liq energiyaning o‘lchovi bo‘ladi. O‘lchov tushunchasi-materiyaning u yoki bu xossasini ham miqdoriy, ham sifat jihatdan xarakterlaydigan tushuncha bo‘lib, materiyaning xossalarini ifodalaydi, desak xato qilmaymiz. [7]

Elementar zarralarning o‘zaro ta’sirlashuvida ( yoki jarayonlarda) ro‘y beradigan hodisalarni izohlashda yorug‘lik kvanti energiyasi bilan massa orasidagi bog‘lanishni tushuntirishda hisobga olish zarur. Demak, bu yerda massa tushunchasining ham miqdoriy, ham sifat o‘zgarishini ko‘ramiz. Materiya bir holatdan boshqa holatga o‘tganida uning massasi va energiyasi ham miqdoriy, ham sifat o‘zgarishida namoyon bo‘lishi haqida dialektik xulosa chiqarish kerak.

Kuch tushunchasi. Kuch muhim fizik kattaliklardan biri bo‘lib, jismlarning o‘zaro ta’sirini xarakterlaydi. Fizik bilimlarni shaklla-nishida kuch tushunchasi massa, tezlanish tushunchalari bilan bog‘langan. Ko‘p hollarda kuch tushunchasi o’z ma’nosiga mos kelmaydigan atamalar qo‘llaniladi. Masalan, fizikada “tok kuchi” “elektr yurituvchi kuch”, “yorug‘lik kuchi”, “tovush kuchi”; badiiy adabiyotda “tabiat kuchi”, “ruhiy kuch”, “sevgi kuchi” va hakozolar. Ba’zi hollarda metodik adabiyotlarda metodoligik jihatdan ma’qul bo‘lmagan ta’rif-talqinlar uchraydi, ya’ni kuchni go‘yo mustaqil mavjud bo‘lgan qandaydir narsaga o‘xshatishlar, kuch harakatni o‘zgartiruvchi sabab deb qarashlar, kuch tushunchasini o‘zaro ta’sir tushunchasiga qiyoslashlarga hali duch kelamiz.

Shuning uchun ham kuch tushunchasini o‘quvchilar ongida singdirishda metodologik nuqtai nazardan quyidagilarga e’tibor berish kerak bo‘ladi.

1.Kuch-moddiy obektlarning o‘zaro ta’sirini sifat va miqdoriy jihatdan xarakterlovchi o‘lchov.

2.Kuch-vektor fizik kattalik bo‘lib, harakatni bir jismdan ikkinchisiga ko‘chishning ham yo‘nalishi, ham son qiymatini xarakterlaydi.

3.Kuch tushunchasi, nafaqat o‘zaro ta’sir tushunchasi boshqa ko‘pgina tushunchalar (kuch momenti impuls momenti, maydon kuchlanganligi, ish quvvat va hokazo) bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, bu tushunchalarning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

4.Kuch tushunchasi moddiy jismlar o‘zaro ta’sirining ham miqdoriy, ham sifat xarakteristkasi bo‘lishi bilan birga hodisalar-ning yuz berish sababi bilan ham bog‘liq (ya’ni sababsiz oqibat bo‘lmasligi).

5.Kuch tushunchasi chegaralangan bo‘lib, harakatning mexa-nik shaklidan tashqari o‘zaro ta’sir va hodisalarga bu tushunchani qo‘llab bo‘lmaydi. (masalan, jismlarning isishi, kimyoviy jarayon-lar, organi tabiatdagi hodisalar). Elektr, molekulyar, yadroviy kuchlar haqida gapirganda harakatning nomexanika shaklining aylanishi kuzda tutiladi.

6.Kuchni o‘zaro ta’sir bilan almashtirmaslik kerak. Kuch-bu o‘zaro ta’sir emas, balki o‘zaro ta’sirning o‘lchovidir.

Dinamika qonunlarini o‘qitishda jism harakatining o‘z-garish sabablarini bilish o‘quvchilarda dialiktik tasavvurning shakllanishida qulay zamin yaratadi. Dinamikaning asosi-Nyuton qonunlari. Inertsiya qonuni bu Nyutonning “Natural filosofiyaning matematik asoslari” (1687-yil) kitobida keltirilgan harakat qonunlaridan birinchisidir. Nyutonning har bir qonuni, xususan, birinchi qonun ham mustaqil ahamiyatga ega. Ba’zan birinchi qonun ikkinchisidan kelib chiqqan degan mulohaza ham uchratiladi. Bu muloxaza tashqi kuch ta’sir etmaganda, F=0 bo‘lganda tezlanish nolga teng, ya’ni jism tekis va to‘g‘ri chiziqli harakat qiladi yoki tinch holatda bo‘lishga asoslangan. Ammo, harakat birinchi qonunning ahamiyati bunga olib kelmaydi. Bu qonunni o‘rganishda ma’lum bo‘lgan qiyinchilik an’anaga aylanib qolgan ta’riflashdir. “Agar jismga boshqa jismlar ta’sir etmasa, u tinch turgan bo‘lsa, tinch holatning to‘g‘ri chiziqli tekis harakatlanayotgan bo‘lsa, o‘zining to‘g‘ri chiziqli tekis harakat holatini saqlaydi”- deyiladi.

Xulosa

Xulosa qilib Gettengen universitetining professori G.N.Lixtenberg aytganidek: “Kim-dan-kim men faqat fizikani bilaman desa, bilinki u fizikani ham bilmaydi”,-degan fikri juda qo‘l keladi. Haqiqiy bilimli inson, u olimmi, yoki o‘qituvchi o‘z bilimini tor doiradagina oshirmay, balki keng sohani qamrab olib amalga oshiradi. Bugungi talabalarimizga esa bu narsa biroz yetishmaydi. Ularning fikrlash doiralari ancha tor bo‘lib, ma’lum bir fanlar bo‘yicha cheklangan bilimlarga egadir va, mustaqil fikirlash ko‘nikma va malakalari anchagina past darajada. O`qituvchi va o`quvchi – talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida bo`lib, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgandir, bunda o`qituvchi talaba – o`quvchilarning bilim saviyasi, guruh saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi, masalan, natijaga erishish uchun kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki film, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologoyasi kerak bo`ladi, bular o`qituvchi va talaba – o`quvchilarga bog`liq.



Shu bilan bir qatorda o`qitish jarayonini oldindan loyihalash zarur, bu jarayonda o`quv predmetining o`ziga xos tomonini, joy va sharoitini, O`TV ni, eng asosiysi, o`qituvchi – talabaning imkoniyati va ehtiyojini hamda hamkorlikdagi tashkil eta olishini hisobga olish kerakdir, shundagina, kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqa qilib aytganda, o`qituvchi – talabaning ta`limning markaziga olib chiqishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Taylaqov N.I. Ta`lim texnologiyasi yaratishga qo'yiladigan talablar. Xalq ta'limi. - 2005. -№2. -B.17-20.

  1. Tursunov Q.SH. Toshpo`latov Ch.X, Qorjovov M.J ”Fizika ta`limi texnologiyasi”. Toshkent 2013.

  2. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni. Toshkent. “Sharq” 2001.

  3. Saidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. – T.: «Moliya», 2003.

  4. Ziyomuhammedov B., M. Tojiyev. Pedagogik texnologiya – zamonaviy o‘zbek milliy modeli. Toshkent «Lider press» 2009.

  5. Sachencho I.P. Diagnostika razvitiya pedagogicheskogo tvorchestva uchitelY. – Pyatigorsk, 2002.

  6. Uzoqova G.S., Tursunov. Q. SH., Qurbonov M. Fizika o‘qitishning nazariy asoslari.-T., O‘zbekiston, 2008.

Internet saytlari

  1. www.plekhanov.ru

  2. www.tgeu.uz

  3. www.tatu.



Download 131 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish