Plazma yoyi yordamida purkash. Metall qoplama xosil qilishning bu usulida metallni detalning sirtiga purkash va yopishtirish uchun plazmali oqimning issiqlik (xarorat 15000-30000 0S) va dinamik xossalaridan
foydalaniladi.
Purkaladigan ashyo sifatida metall kukuni ishlatiladi.Kukun meyorlagichdan plazmotronning soplasiga vaqt birligida aniq miqdorda
berib turiladi.Metall kukuni plazma oqimiga tushib, suyuqlashadi va
oqimga qo’shilib, detal sirtiga yopishadi.
Purkash quyidagi tartibda bajariladi: tok kuchi 350-400 A, kuchlanish 60-70 V, plazma xosil qiluvchi gaz sarfi 30-35 l min, kukun sarfi 5-28 kg soat, detal sirtigacha bo’lgan oraliq 1,25 sm dan-150 sm gacha bo’lishi mumkin.
Purkashning bu usuli (rasm 1.11.) eng istiqbolli xisoblanadi. Uning afzalliklari: jarayon yuqori unumli bo’ladi , qoplama detalning sirtiga juda mustaxkam yopishadi (50 MP a gacha boradi), jarayonni boshqarish to’liq avtomatlashtiriladi, xar qanday metall va qotishmalarni purkab qoplama hosil qilish mumkin.
Rasm 1.11. yoyi yordamida detallarning tiklash jarayoni.
Detallarning metall purkab tiklash texnologik jarayoni uchta asosiy
ishdan: detall sirtini metall purkab qoplashga tayyorlash; purkash, purkalgandan keyin detallarga ishlov berishdan iborat. Metall purkash oldidan detall sirtiga purkab ishlov beriladi, shunda detall sirti g`adir-budir bo’lib, qoplamaning detalga mustaxkam yopishishi taminlanadi.
Detallar sirtiga qoplama yotqizish qayta jixozlangan tokarlik stanoklarda yoki maxsus kameralarda bajariladi.
Plazmali purkashning kamchiliklari.
1.Qoplangan qatlamning qalinligi 0,3 mm dan oshmaydi;
2.Plazma xosil qiluvchi va ximoyalovchi gazlarning savfi ancha yuqori (40 l/min gacha);
3.Qayta tiklanadigan detallarning turlari chegaralangan;
4.Qoplanadigan materiallarning xossalarini qoplash jarayonida o’zgartirish imkoniyati yo’q. Plazma yoyi yordamida qoplash. Plazma yoyi yordamida eyilgan detallarni yuzalariga qoplashda metall kukunlaridan va simlardan foydalanish xozirgi kunda juda katta qiziqish uyg`otmoqda. Bu usulda detallarni tiklash jaryonida bir qator afzalliklar mavjud:
-usulning ish unumining yuqoriligi va avtomatlashtirish imkoniyati borligi;
-talab etilayotgan qoplama qatlamini qalinligini bir o’tishda (0,3mm dan-12 mm gacha) ta`minlab berishligi;
-xoxlagan turdagi materiallarni (sim, kukun, lenta) qoplash imkoni mavjudligi,
- qoplash jarayonida kerakli darajada ligerlangan qatlam olish mumkinligi;
- qoplash jarayonini kuzatib borish imkoniyati borligi;
-yo’nalishi o’zgarib turuvchi yuklanishga chidamliligi,
-mustahkam birikma hosil qilishligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |