san’at sohasi). Dizaynerlik ta’limi bo‘yicha 1964 yilda halqaro seminarda tashkil
qilingan ta’rif: “Dizayn – bu ijodiy faoliyat, uning maqsadi sanoat mahsulotlarining
formal sifatini aniqlash hisoblanadi. Bu sifat mahsulotning tashqi tuzilishini o‘z
ichiga oladi, ammo eng muhimi iste’molchi nuqtai nazarida bo‘lgani kabi, xuddi
shunday ishlab chiqaruvchi qarashida ham mahsulotni
yagona butunlikga
aylantiradigan tuzilmaviy va funksional bog‘liqlikdir”. Dizayn – inson uchun turar
joy, ishlab chiqarish va boshqa predmet muhitlarini shinam tashkil qilish maqsadida
yuqori talab va estetik sifatlar bilan sanoat mahsulotlariga ishlov berish bo‘yicha
loyihaviy-badiiy faoliyat hisoblanadi. Dizaynning nazariy bazasi texnik estetika
hisoblanadi – sanoat mahsulotlarini konstruksiyalash va ishlab chiqarish bilan
bog‘liq badiiy ijod sohasi. Tashkilotlarda turlicha sanoat mahsulotlarini ishlab
chiqish jarayonida
rassom-konstruktorlar, muhandiskonstruktorlar va texnologlar
bilan yaqindan ishlashadi Dizaynning maqsadi sanoat mahsulotlarining funksional
xossalari va estetik xususiyatlari uyg‘unligini ta’minlash hisoblanadi.
Dizaynerlik faoliyatida asosiy mezonlar mahsulot arzonligi va uning shakli
mukammal o‘ylanganligi bilan birgalikda qulaylik va shinamlik hisoblanadi. Qoida
sifatida, biror-bir sanoat mahsulotining barcha qismlari yagona butunlikni tashkil
etishi va firmaga yaratilgan ushbu sanoat mahsulotini taqdim qilishi kerak (masalan,
avtomashina). Yuqorida keltirilgan mezonlarning ilmiy jihatdan o‘rganilishi
ergonomika (grek. “ergon” - ish, “nomos” - qonun) hisoblanadi, ya’ni inson uchun
shinam muhit yaratish. Ergonomika majmuaviy fan hisoblanadi. U o‘zida quyidagi
fanlarni qamrab oladi:
psixologiya, fiziologiya, anatomiya, biomexanika va b.
Majmuaviy, funksional mahsulotlar ergonomik nomlanadilar. Bunga shinam kreslo,
telefon, kompyuter va doim kerak bo‘ladigan kanselyariya materiallarining qulay
joylashuvini qamrab olgan xodimning ish o‘rnini misol sifatida keltirish mumkin.
Birinchi dizaynerlar rassomlar bo‘lishgan, keyinchalik
bu kasb rivojlandi va
dizaynerdan nafaqat loyihalanayotgan mahsulotning nusxasini chizish malakasi,
balki dizaynerlarga xos fikrlash va obyektlarni murakkab loyihalashga bo‘lgan talab
ortdi.
Professional dizayner tafakkurini shartli ravishda uchburchakga joylashtirish
mumkin, uning qirralari rassomning tasavvurga xos fikrlashi, olimning tizimli
fikrlashi va ixtirochining innovasion fikrlashi hisoblanadi (1-rasm).
Bundan
tashqari, dizayner texnologiyalarni soddalashtirish va ancha foydali materiallarni
qo‘llash hisobiga turlicha mahsulotlar ishlab chiqarish qiymatini pasaytirishga
harakat qilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: