harakashiga o‗rtacha bitta molekulaning ilgarilanma harakatiga to‗g‗ri keladigan
kT energiya to‗gri keladi. Bu jihatdan har qanday makroskopik jism o‘zini
22
Keltirilgan mulohazalar kinitik energiyaning erkinlik darajalari bo‘ylab
teng taqsimlanishiga oid klassik teoremaning to‗g‗riligiga ishonchli argumentlar
bo‗lishi va xususiy xollarda uning ma‘nosini tushuntirishi mumkin.
Issiklik muvozanatida atom-molekulyar sistemaniig bir erkinlik darajasiga
to’g’ri keladigan o‘rtacha kinetik energiya ½
kT ga teng. Agar ko‗rilayotgan
sistema xuddi shu temperaturadagi bir atomli gaz bilan issiqlik kontaktida bo‗ladi
deb olinsa bunga oson ishonch hosil qilish mumkin. Gaz uchun bu energiya ½ kT
ga teng bo‗lgani uchun tekis taksimlanish teoremasiga muvofiq ko‗rilayotgan
sistemaning istalgan erkinlik darajasi uchun ham shunday bo‗ladi.
Suyuqlikda muallaq bo‗lgan barcha eng mayda zarralar uzluksiz titrash
holatida bo‗ladi. Bunday harakat hech vaqt to‗xtamaydi. Hamma tomonidan berk
bo‗lgan idishda bunday harakatni kunlar, oylar va yillar davomida kuzatish
mumkin. Bu harakat minglab yillardan mavjud bo‗lgan kvarsning suyuq
birikmalarida kuzatilishi mumkin. Harakat abadiy va o‗z-o‗zidan amalga oshadi.
Suyuqlikning qovushoqligi qancha kichik bo‗lsa, Broun harakati unda
shuncha gavjum bo‗ladi. Uni glitserinda ar'ang kuzatish mumkin bo‗lsa, gazlar da
bu harakat aksincha favqulodda intensiv. Perren broun harakatini sovun
ko‗pigining «qora dog‗larida» (ya‘ni sovun pardasining eng yupqa qismlaridagi
tomchilarda) ham kuzatishga muvaffaq bo‗ldi. Bu tomchilarning diametri sovun
pardasining qalinligidan 100—1000 marta katta. Pardaga perpendikulyar bo‗lgan
Broun harakatini nazarga olmaslik mumkin, biroq parda tekisligida bu harakat
favqulodda intensiv bo‗ladi. Ayni bir suyuqlikda Broun zarralarining o‗lchamlari
qancha kichik bo‗lsa, broun harakati shuncha intensiv bo‗ladi., Suyuqlik
temperaturasi ortishi bilan harakatning inteneivligi ham ortadi. Zarralarning
o‗zining materialiga Broun harakati mutlaqo bogliq bo‗lmaydi. Agar ikki zarraning
o‗lchamlari va shakllari birday bo‗lsa, ayni bir suyuqlikda bu zarralar birday
harakat qiladi: zarralarning moddasi ham, uning zichligi ham bu yerda hech
qanday rol o‗ynamaydi.
Bir-biriga nihoyatda yaqin joylashgan Broun zarralarining harakati ham bir-
biriga bog‘liq emas, shuning u chun biror oqim haqida. ya‘ni harakatning
23
qandaydir konvektiv kelib chiqishi haqida gap bo‗lishi mumkin emas. Broun
Harakati muallaq zarralarga ularni o‗rab turgan issiqlik harakatidagi
molekulalarning turtkilari tufayli yuzaga keladi. Turtkilar hech vaqt bir-birini aniq
muvozanatlamaydi. Vaqtning har bir momentida zarra muayyan yo‗nalishda
harakatlanadi. Qisqa vaqt o‗tgandan so‗ng atrofdagi molekulalarning zarbalari teng
ta‘sir etuvchi kuchining yo‗nalishi o‗zgaradi, zarra boshqa yo‗nalishda harakatlana
boshlaydi. Shunday qilib, atrof-muhit molekulalarining zarbalari ta‘sirida Broun
zarrasining tezligi kattalik jihatidan ham, yo‗nalish jihatidan ham uzluksiz va
tartibsiz o‗zgarib turadi. Bu Broun harakatidir. (1.11) formula Broun harakati
miqdoriy nazariyasi asosida yotadi. Agar Broun zarrasining oniy tezligini o‗lchash
mumkin bo‗lganda edi, u holda bu formula bo‗yicha Bolsman doimiysi k ni, undan
esa Avogadro soni N=
Do'stlaringiz bilan baham: