keladi. Boshqa barcha nuktalarda, odatda shkalalar mos kelmaydi. Bu turli
termometrik kattalik deb, gazning o‗zini esa termometrik jism deb qabul
temperaturalar shkalalaridan afzalligi shundaki, tajribalarning ko‗rsatishich
(1.26) formula bilan aniqlangan T temperatura gaz termometri rezervuari
to‗ldirilgan gazning ximiyaviy tabiatiga juda zaif bogliq bo‗ladi. Ayni bir
37
ko‗rsatishlari bir-biridan juda kam farq qiladi. Shuning uchun T temperatura
deganda ideal gaz termometri yordamida o‗lchangan kattalikni tushunamiz.
Amalda gaz termometrini ikki usul bilan yasash mumkin. Bir usulda
gazning V hajmi doimiy saqlab turiladi va temperatura indikatori bo‗lib P
bosim xizmat qiladi. Ikkinchi usulda gazning bosimi doimiy saqlab turiladi,
temperaturani o‗lchash V hajmni o‗lchashga keltiriladi. Prinsip jihatidan har
ikkala usul ham teng huquqli. Biroq birinchi usul qulayroq, shuning uchun
amalda shu usul qo‗llaniladi.
Gaz termometrining tuzilishini 1.4- sxematik rasmdan tushunib olish
mumkin. Manometrning chap tirsagidagi simob sathi o‗lchashlarda doimiy
O belgiga keltiriladi va shu bilan A ballondagi gazning hajmi doimiy
saqlanadi. Aslida gaz termometri anchagina murakkab qurilma, bu
termometr yordamida temperaturani o‗lchash esa katta diqqat talab
qiladigan ancha qiyin eksperimental proseduradir. Bu masalalarga
to‗xtalmasdan, shu narsani ta‘kidlash bilan cheklanamizki, gaz termomet ri
o‗zgarmas hajmli shisha, kvars yoki metall ballon bo‗lib, unga real gaz
to‗ldirilgan va kapillyar yordamida manometrga ulangan bo‗ladi. Termometr
gazi sifatida avval vodorod qo‗llanilar edi. Hozirgi vaqtda geliy va azot
ishlatiladi (odatda azot yuqori temperaturalarda, geliy ballonning devori
orqali o‗tib ketadigan hollarda ishlatiladi). Gazning bosimi standart
temperaturada turgan manometr bilan o‗lchanadi. Gazning bosimi bo‗yicha
o‗lchanadigan temperatura ballon hajmining o‗zgarishiga, gazning
noidyoaldigiga doyr tuzatmalarni e‘tiborga olgan holda hisoblab topiladi.
T=0 bo‗lganida (1.25) tenglama pV = 0 ni beradi. Shu asosda bunday
temperaturada P= 0 deb olinadi, chunki V nolga aylanishi mumkin emas.
So‗ngra bu temperatura mumkin bo‗lgan barcha temperaturalarning eng
pasti bo‗lib, temperashuraning absolyut noli deb yuritiladi. Bunday xulosa
garchi to‗g‗ri bo‗lsa ham, biroq keltirilgan dalil ekstropolyasiyaga
asoslangan va tasdiqlovchi kuchga ega emas. Absolyut nolga yaqinlashgan
38
sari ideal gaz qonunlaridan chetga chiqish tobora sezilarli bo‗la boradi.
Barcha gazlar hali absolyut nolga yetmasdanoq kondensasiyalana boshlaydi.
1.5-rasm
Absolyut
nol
temperatura
mavjudligining
qat‘iy
tasdig‗i
Do'stlaringiz bilan baham: