I BOB. Suyuqliklarda yorug‘lik sochilishining fizik asoslari
1.1.Suyuqliklarda yorug‘likning sochilishi.
A.Eynshteyn nazariyasi
Elektronlarning majburiy tebranishlari tufayli paydo bо‘ladigan ikkilamchi
tо‘lqinlar yorug‘lik tо‘lqini olib kelayotgan energiyaning bir qismini chetga sochib
yuboradi. Boshqacha qilib aytganda, moddada yorug‘lik tarqalayotganda yorug‘lik
tо‘lqinining о‘zgaruvchi maydoni ta’siri ostida tebrana oladigan elektronlar
bо‘lishi yetarlidir, bunday elektronlar esa har qanday moddiy muhitda yetarli
miqdorda bor. Biroq shuni esda tutish kerakki, bu ikkilamchi tо‘lqinlar о‘zaro
kogerent bо‘ladi va demak chetga sochib yuborilgan yorug‘likning intensivligini
hisob qilishda ularning о‘zaro interferensiyasini e’tiborga olish kerak.
Haqiqatdan ham, agar muhit optik jihatdan bir jinsli bо‘lsa, ya’ni uning
sindirish kо‘rsatkichini nuqtadan nuqtaga о‘tilganda о‘zgarmasa, u holda bir xil
hajmlarda yorug‘lik tо‘lqini bir xil elektr momentlari induksiyalaydi, bu
momentlarning vaqt о‘tishi bilan о‘zgarishi oqibatida bir xil amplitudali ikkilamchi
kogerent tо‘lqinlar chiqadi [4,5].
Yassi monoxromatik tо‘lqinning bir jinsli muhitda tarqalish holi 1.1-rasmda
kо‘rsatilgan.
tо‘lqin frontida chiziqli о‘lchamlari tushayotgan yorug‘likning
tо‘lqin uzunligiga nisbatan juda kichik bо‘lgan
hajm ajratamiz, biroq bu hajm
ichida molekulalar ancha kо‘p bо‘lib, muhitni yaxlit muhit deb hisoblash mumkin.
burchak bilan xarakterlanadigan yо‘nalishda
hajm ma’lum amplitudada va
fazali ikkilamchi tо‘lqin chiqaradi.
tо‘lqin frontida hamisha boshqa bir
hajm ajratish mumkinki, u ham о‘sha yо‘nalishda shunday amplitudali ikkilamchi
tо‘lqin chiqaradi, biroq u tо‘lqin yо‘l farqi tufayli kuzatish nuqtasiga
dan
chiqqan tо‘lqin fazasiga qarama-qarshi fazali bо‘lib keladi.
,
ÀÀ
*
1
V
*
1
V
,
AA
*
2
V
*
1
V
8
1.1-rasm. Yorug‘likni muhitda tarqalishi
Ajratilgan hajmlar orasidagi masofa
(1.1)
bо‘lishi 1.1-rasmdan kо‘rinib turibdi. Agar muhit mutlaqo bir jinsli bо‘lsa, tо‘lqin
frontida bir-biridan masofada joylashgan tengdosh hajmlarning ixtiyoriy ikkitasi
chiqarayotgan ikkilamchi tо‘lqinlar bir-birini sо‘ndiradi.
Bir jinsli muhitda yorug‘lik sochilmay faqat dastlabki yо‘nalishda tarqaladi
degan da’voni yuqoridagi fikr tasdiqlaydi.
burchakdan boshqa har qanday
burchakka oid yо‘nalishlarda ikkilamchi tо‘lqinlar bir-birini butunlay sо‘ndiradi,
chunki tushuvchi tо‘lqinning
yо‘nalishda tarqalishida ham ikkilamchi
tо‘lqinlar sinfazali qо‘shilib, о‘tuvchi tо‘lqin hosil qiladi.
Shunday qilib, muhitning bir jinsli va ikkilamchi tо‘lqinlarning kogerent
bо‘lishi yorug‘lik sochilmasligining zaruriy va yetarli shartidir. Haqiqatda esa
ideal bir jinsli muhitlar bо‘lmaydi. Real muhitlarda turli sababdan paydo
Do'stlaringiz bilan baham: |