Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti


O‘ZBEK TILI VA UNING BOSHQA TILLAR



Download 327,91 Kb.
bet5/92
Sana01.06.2022
Hajmi327,91 Kb.
#626300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti

O‘ZBEK TILI VA UNING BOSHQA TILLAR
BILAN ALOQASI

O‘zbek tili o‘tmishda faqat qarindosh turkiy tillar bilangina emas, balki bir necha noturkiy tillar bilan ham munosabatda bo‘lib kelgan. Asrlar bo‘yi davom etib kelayotgan turkiy va noturkiy tillar aloqalaridan biri qardoshlik asosiga qurilgan o‘zbek va tojik tillari o‘zaro aloqasidir.


Tojik xalqi bilan o‘zbek xalqi O‘rta Osiyoning eng qadimgi va mahalliy aholilaridandir. Bu ikki xalq, ular umumiy hududiy yaqinlikka ega bo‘lganligi sababli ham, ishlab chiqarish, iqtisodiy turmush, madaniy sohalarda, davlatni idora etish va chet el bosqinchilaridan o‘lkani birgalikda himoya qilishda doim va uzluksiz hamkorlik qilib kelgan. Bu hamkorlik o‘zbek va tojik xalqlarining tillarida, tilning lug‘at tarkibi, grammatik qurilishida o‘z aksini topgan. O‘zbek xalqi bilan tojik xalqi o‘rtasidagi o‘zaro munosabat faqat til qurilishining ayrim jihatlariga bo‘lgan ta’sir doirasi bilan chegaralanmaydi. Bu xalqlar bir­biri bilan shu qadar aralashib, chatishib ketganki, o‘zbek xalqining etnik tarkibiga tojik urug‘lari, tojik xalqining etnik tarkibiga o‘zbek urug‘lari kirib, singishib ketgan. Shuningdek, til qurilishida ba’zi bir o‘xshashliklar vujudga kelgan, o‘zbek tilidan anchagina so‘z va iboralar tojik tiliga, tojik tilidan o‘zbek tiliga o‘tgan.
Shubhasiz, o‘zbek va tojik tillari o‘rtasidagi bu munosabat O‘zbekiston va Tojikiston respublikalarining barcha hududlarida bir xil emas. Har ikki respublika hududining qaysi rayonlarida o‘zbek va tojik xalqlariga mansub kishilar birga yashab, ijtimoiy ishlab chiqarishda birga ishtirok etishayotgan bo‘lsa, shunday joylarda o‘zbek va tojik xalqlari hamkorligi ham, o‘zbek va tojik tillari o‘zaro aloqalari ham keng rivojlangan. Buning misoli sifatida O‘zbekistonning Farqona vodiysi, Samarqand va Buxoro shaharlari, Tojikistonning Leninobod viloyati va Qo‘rqontepa, Qobadiyon guruh rayonlarini aytish mumkin. Tojikistonning Panhs rayonidagi jamoa xo‘jaliklarida birga yashab, birga ishlaydigan o‘zbeklar tojiklar bilan bevosita tojik tilida, tojiklar esa o‘zbek tilida muloqotda bo‘la oladilar. Bu ikki qardosh xalq va qardosh til hamdo‘stligi va hamkorligining namunasidir.
O‘zbek va tojik tillari o‘rtasidagi bu ko‘p asrlik hamda o‘zaro tenglik aloqalari chegaralangan ayrim rayonlarda o‘zbek va tojik ikkitilligi namunalarining kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Ikki tillilik faqat jonli so‘zlashuvda emas, balki ilmiy, badiiy asarlarda ham o‘z ifodasini topgan. Bunga buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiyning quyidagi fikrlari yorqin izoh bo‘la oladi: “...turkning ulug‘din kichigiga degincha va navkardin begiga degincha sort tilida bahramanddurlar. Andoqkim, o‘z xurd ahvolig‘a ko‘ra ayta olurlar, balki ba’zi fasohat va balog‘at bila ham takallum qilurlar. Hatto turk shuarosikim, forsiy til bila rangin ash’or va shirin guftor zohir qilurlar...”.
Noturkiy tillar aloqasida arab tili bilan o‘zbek tili o‘rtasidagi munosabatni tojik tili bilan o‘zbek tili o‘rtasidagi munosabat kabi sharhlab bo‘lmaydi. To‘g‘ri, o‘zbek va boshqa turkiy, noturkiy tillarda arab tilining ta’siri kuchli bo‘lgan, lekin arab tili bilan boshqa tillar, jumladan, o‘zbek tili bilan bo‘lgan munosabat mohiyat jihatidan qardosh tillar o‘rtasidagi munosabatdan tamoman farqlangan.
Arablar O‘rta Osiyoni zabt qilganlaridan keyin, bu yerda mahalliy xalqlar o‘rtasida islom dinini majburiy ravishda singdira boshladilar. Yerli xalqlarni mahalliy aholi uchun mutlaqo yot bo‘lgan arab tilini o‘rganishga majbur qildilar. “Qur’on” tilini muqaddaslashtirish va ijtimoiy­siyosiy hukmronlikni mustahkamlash maqsadida arablashtirish faqat maktab va madrasalarda emas, butun yozma adabiyotlarda, ma’muriy idoralarning yozishmalarida ham misli ko‘rilmagan darajada jadallashtirildi. Bu harakat ayniqsa, IX asr va X asrning boshlarida kuchayib ketdi. Shu davrda yuzaga kelgan ilmiy­falsafiy asarlar deyarli arab tilida yaratildi.
Arab tili-tovush tomoni va grammatik qurilishi jihatidan o‘ta murakkab til. Shuning uchun arab tili qurilishi boshqa tizimda bo‘lgan tillarga faqat leksik jihatdangina kuchli ta’sir ko‘rsata oldi. Arab tilining boshqa tillarga tayziqi qancha kuchli bo‘lmasin, arablar hukmronligi ostida bo‘lgan xalq va elat tillarining fonetikasi va grammatik qurilishiga deyarli hech qanday o‘zgartish kirita olmadi. Lekin arabcha so‘zlar hamma tillarning leksik qatlamida anchagina keng o‘rin egalladi.
Arab tili leksik elementlari IX-X asrlardan to hozirgacha ko‘pgina fors­tojik va turkiy tillarda, jumladan, o‘zbek tilida ma’lum darajada saqlanib qolgan bo‘lishiga qaramasdan, arab tili ta’sirida bo‘lgan hamma tillar kabi o‘zbek tili ham o‘zining asosiy xususiyatini saqlab qoldi. Bu sohada o‘zbek tili har qanday tayziqqa chidash beradigan barqaror til ekanini va u har qanday siquvga bardosh berib, unga qattiq qarshilik ko‘rsatish kuchiga ega ekanligini amalda ko‘rsatdi. Hozirgi o‘zbek tili o‘ziga xos, hamma xususiyatlarini mustahkam saqlab qolgan, eng taraqqiy etgan tilga aylandi.
Noturkiy tillar bilan o‘zbek tili o‘rtasidagi aloqalar, haqida gap borganda, o‘zbek va rus tillari aloqalarini ham chetlab o‘tib bo‘lmaydi. XIX asrning II yarimlaridan boshlab ruslar bilan O‘rta Osiyo xalqlari o‘rtasida paydo bo‘la boshlagan turli munosabatlar asta­sekin bu xalqlar tillariga, jumladan, o‘zbek tiliga ham ruscha elementlarning kirib kela boshlashiga sabab bo‘ldi.
Rus tili bilan boshqa tillar, rus tili bilan o‘zbek tili o‘rtasidagi bu jarayon, ayniqsa, XX asrda, deyarli butun asr davom etdi. Rus tilining barcha tillarga, shubhasiz, o‘zbek tiliga ham ta’siri kuchli bo‘ldi. Butun davlat siyosatining rus tilida olib borilishi bu jarayonni yanada tezlashtiradi. Hatto rus tili ikkinchi “ona” tili sifatida ta’riflandi.
Tarix guvohlik beradiki, hech bir hukmron til boshqa bir tilni o‘ziga tamoman singdirib ololmagan. Har qanday kuch ijtimoiy tuzumlarni o‘zgartirishi mumkin, lekin tilni o‘zgartirish qiyin. Har bir tilning o‘z ichki taraqqiyot qonunlari bor, u har vaqt ana shu qonunlar asosida harakatda bo‘ladi, o‘sadi, o‘zgaradi, taraqqiy etadi.

Download 327,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish