Qarshi Davlat universiteti
Filоlоgiya fakulьteti
Ta’lim tili ― o’zbek, ta’lim turi ― kunduzgi
III kurs, V semestr
“O’zbek adabiy tili tarixi” fanidan yakuniy bahоlash varianti
28-variant
1.O’zbek adabiy tilining shakllanishida bоshqa tizimdagi tillarning ishtirоki (Tayanch tushunchalar: arab, fоrs va mo’g’ul tillaridan o’zlashgan unsurlar)
O’zbek yozma adabiy tili XIII asrlardayoq shakllana boshlagan bo’lib, eski o’zbek adabiy tili sifatida XIVXV asrlarda takomiliga yetkazildi. O’zbek adabiy tilining tarixiy taraqqiyot yo’lini uch asosiy bosqichga bo’lib ko’rsa ish mumkin:
1) qadimgi turkiy adabiy til;
2) eski o’zbek adabiy tili;
3) Hozirgi o’zbek tili.
Ma’lumki, tilning leksikasi uning eng o’zgaruvchan qismidir. Shuning uchun keyingi qariyb bir asr davomida o’zbek tili leksikasi juda katta o’zgarishlarga uchradi. Bu o’zgarishlarni quyidagicha sharhlash mumkin: a) Hozirgi o’zbek tilida ko’pgina so’zlarning ma’no doirasi kengaydi, ko’pgina so’zlar o’z ma’nosi bilan birga yangi, qo’shimcha ma’nolar kasb etdi, so’z ma’nosida kengayish va torayish yuz berdi: vatan-uy, hovli; mamlakat, onaVatan kabi,
b) ayrim so’zlarda ma’no jihatdan differensiyalanish (farqlanish) yuz berdi: yonilg’i (suyuq modda: neft), benzin; yoqilg’i (o’tin, ko’mir) kabi;
c) sinonimlarda kengayish yuz berdi: zo’r, buyuk, katta, ulkan-gigant kabi;
d) yangi tipdagi barqaror so’z birikmalarining ko’lami kengaydi: oq oltin, tinchliksevar xalqlar kabi;
e) rus tilidan qabul qilingan so’zlar o’zbek tilining lug’at tarkibini boyitish bilan birga ayrim so’zlarning lug’at tarkibidan chiqib ketishiga ham sabab bo’ldi.
2.Оltin O’rda adabiy tili va unda bitilgan asarlar (Tayanch tushunchalar:bu tilga qadimgi kitоbiy til hamda o’g’uz va qipchоq tillari unsurlarining qоrishganligi)
Turkiy tillarning sharqiy guruhiga qadimgi uyg`ur, tuva, yoqut, xakas, sho`r, chulem, altay, qirg`iz tillari kiradi. O`zbek tili tarixi bilan bevosita aloqador bo`lgan g`arbiy tarmoq turkiy tillar quyidagicha guruhlanadi:
o`g`uz guruhi.
Bu guruhga turkman, gagauz, ozarbayjon, turk tillari kiradi. O`g`uz guruhiga kirgan tillarning asosiy xususiyati:
so`z oxirida g, g` tovushlari saqlanadi: beg, dag`.
so`z boshida t,k, q tovushlari jaranglashadi:til-dil, kor- gor;
bo`l o`rnida o`l shakli ishlatiladi;
tushum –i , qaratqich kelishigi –in shaklida qo`llaniladi, jo`nalish kelishigining –a, ya shakllari bor;
singarmoniya , asosan, saqlanadi;
sifatdoshning –asi, -mish, -an shakllari qo`llaniladi.
2. Qipchoq guruhi yoki g`arbiy va shimoliy –g`arbiy guruhi.
Bu guruhga tatar, boshqird, qarayim, qumiq, qoraqalpoq, qozoq, qirg`iz, altay, no`g`ay tillari kiradi. Qipchoq guruhiga mansub turkiy tillarning xususiyatlari:
unlilar 8-9 gacha boradi ;
t,k tovushlari so`z boshida jaranglashmaydi: (til, kel);
q tovushi x ga , ba’zi o`rinlarda y tovushi i ga o`tadi;
ch>sh, sh>s : qash so`zi o`rnida qach , qis so`zi qish o`rnida ( qozoq va qoraqalpoq tilida)
Tarixiy grammatika va adabiy til tarixi fanlarining o’rganish mavzusi qaysi jihatdan farq qiladi? (Tayanch tushunchalar: adabiy til tarixi lisоniy birliklarinng adabiy tilga munоsabati bilan bоg’liq hоlda o’rganilishi)
O`zbek adabiy tili tarixini o`rganadigan sohasi, uning tarixiy grammatika bilan bog`liqligi va undan farqlanadigan tomonlari quyidagilardan iborat:
Tarixiy grammatika o`zbek tili hodisalarini, tildagi xilma-xil narsalar majmuini o`rganadi. O`zbek adabiy tili tarixi esa faqat o`zbek adabiy tiliga xos uslublarni, uslubiy hodisalarni o`rganadi.
Tarixiy grammatika til hodisalari ma`lum bir tizimda olib qaraydi, ularni umumlashtirish, mavhumlashtirish (abstraksiya qilish) asosida o`rganadi. O`zbek adabiy tili tarixi esa yozma yodgorliklar tili tarixi bo`lganligidan o`zbek tili hodisalarini, undagi narsalarni matn ichida olib qaraydi. O`zbek adabiy tili tarixi bu matnlarni tili bo`yicha mavhumlashtirmaydi, balki ularni faqat jamlaydi, ma`lum guruhga kirgan matnlar tilining o`xshash xususiyatlarini umumlashtiradi, boshqa guruh matnlaridan farqini aniqlaydi, adabiy tilning turli uslublarini ularning vazifasi doirasini va rivojlanishini tekshiradi.
Tarixiy grammatika til tuzilmasini, til qurilishini tekshiradi. O`zbek adabiy tili tarixi esa o`zbek tilining «adabiy bo`lmagan» forma va uslublar bilan o`zaro munosabatda bo`lish tarixini hamda adabiy tilning ijtimoiy vazifalari tarixini o`rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |