Amaliy mashg`ulot ishi №11
Mavzu: Microsoft Wordda hujjatlar tayorlash.
Ishning maqsadi: : Talabalarga Microsoft Wordda hujjatlar bilan ishlashni o’rgatish.
Qisqacha nazariy ma'lumotlar: Word da yangi hujjat hosil qilish. Avvalo Word dasturini ishga tushirishimiz. Yangi hujjat oynasi hosil bo‘ladi. Unga matn kiritilgach, yana boshqa mavzudagi ma’lumotlarni kiritish zaruriyati tug‘ilsa, boshqa yangi xujjat (Word fayli) hosil qilish kerak bo‘ladi.
Yangi xujjatga matnlar kiritishda ba’zi bir kerakli funktsional tugmachalarini ketirib o‘tamiz, Masalan:
Abzatsda joy qoldirib yozish uchun TAB tugmasidan foydalaniladi.
Har bir abzatsni oxirida Enter tugmasi bosilib, yangi abzatsga o‘tiladi. Agar bir abzatsni ichida yangi satrga o‘tmoqchi bo‘lsak, Shift+Enter tugmalarini bosing.
Keyingi abzatsni yoki yangi mavzuni yangi sahifadan boshlamoqchi bo‘lsangiz, Ctrl+Enter tugmachalarini birgalikda bosing.
Bir necha ustunli matnlar (ФорматКолонки) bilan ishlayotganda, yangi ustunga o‘tish uchun Ctrl+Shift+Enter bosiladi.
Agar matn kiritishda biror amalni noto‘g‘ri bajarsak, Стандартная asboblar panelidan (ПравкаОтменить) tugmasini bosib bekor qilishimiz, orqaga qaytarishimiz mumkin. Buni vazifani klaviatura yordamida Ctrl+Z yoki Alt+Backspase tugmalaridan foydalanib bajarishimiz ham mumkin. Bekor qilingan vazifalarni o‘z holatiga qaytarish uchun (ПравкаВернуть) tugmasini sichqoncha bilan bosish yoki klaviaturadan Ctrl+Y yoki F4 tugmalaridan foydalanishimiz mumkin.
Hujjatni xotiraga saqlash. Kiritilgan matnni Word dasturida tayyorlangan hujjati hisoblanadi. Hujjat esa fayl ko‘rinishida xotiraga yozilishi (saqlab qo‘yilishi) kerak bo‘ladi. Agar hujjat hali nomlanmagan, ya’ni yangi hosil qilingan bo‘lsa, uni Файл menyusidan Сохранить buyrug‘i yoki asboblar panelidagi (дискета пиктограммаси) belgisini bosish, klaviaturadan Shift+F12 tugmalarini birgalikda bosish yordamida hujjatga nom berib xotiraga saqlanadi. Lekin hujjat xotirada biror nom bilan saqlangan bo‘lsa, biz unga kiritilgan o‘zgarishlarni yana saqlab qo‘ymoqchi bo‘lsak, u hyech qanday so‘rovlarsiz shu nom bilan xotiraga saqlanib boradi.
Agar hujjatini boshqa nom bilan saqlamoqchi bo‘lsak, menyudan Файл-Сохранить как buyrug‘i tanlanadi. Hujjatga nom berish uchun alohida muloqat oynasi ochiladi. Xullas hujjatga nom berish uchun deyarli barcha dasturlarda (masalan, Excel, Power Point, WordPad va h.k.) ochilgan muloqat oynasi ko‘rinishi va uning quyidagi parametrlariga e’tibor berish kerak (10-rasm):
- hujjat saqlanadigan joy, ya’ni xotiradagi biror papka tanlanishi kerak, bu muloqat oynasining Папка qismining o‘ng tomonidagi belgi orqali ko‘rsatiladi.
- hujjatning nomi – unda kiritilgan matn mazmuniga mos ravishda oynaning Имя файла qismida yoziladi;
- hujjatning turi (masalan, rtf turga mansub hujjat ixtiyoriy komgyuterga ko‘chirilganda moslashadi) oynaning Тип файла qismidan tanlanadi.
1-rasm. Hujjatni xotiraga saqlash muloqat oynasi.
Hujjatni diskdan yuklash. Xotiraga saqlangan ixtiyoriy hujjatni ochib, uning ma’lumotlarini o‘qishimiz, foydalanishimiz, o‘zgartirishimiz mumkin. Buning uchun menyudan Файл-Открыть buyrug‘i, klaviaturadan Ctrl+O tugmachalarini bosish yoki Стандарт asboblar panelidagi belgini bosish yordamida hosil bo‘ladigan muloqot oynada ko‘rsatilgan mavjud hujjatlarning keraklisi tanlanib Открыть tugmasi, hujjatni ochishga zaruriyat bo‘lmasa Отмена tugmasi bosiladi.
Hujjatni ochish oynasi ham saqlash oynasiga o‘xshash bo‘ladi, lekin uning sarlavhasida Сохранение документа yozuvining o‘rniga Открытие документа yozuvi ko‘rinib turadi.
Odatda fayl qaysi dasturda xotiraga saqlangan bo‘lsa, shu faylni o‘z dasturi yordamida ochilishi ma’qul bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |