Qarshi davlat universiteti amaliy matematika va informatika kafedrasi


Mavzu-10. Elektron pochta.Elektron pochtada axborotlarni uzatish va qabul qilish usullari



Download 9,74 Mb.
bet61/218
Sana31.12.2021
Hajmi9,74 Mb.
#246579
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   218
Bog'liq
informatika va axborot texnologiyalari fanidan oquv metodik majmua

Mavzu-10. Elektron pochta.Elektron pochtada axborotlarni uzatish va qabul qilish usullari.

R E J A:
1.Elektron pochta haqida ma’lumot.

2.Elektron pochta orqali axborotlarni uzatish usullari

3.Elektron pochta orqali axborotlarni qabul qilish usullari.
Elektron pochta (email — electrоnic mail) oddiy pochta vazifasini bajaradi. U bir manzildan ikkinchisiga ma’lumotlarni jo’natilishini ta’minlaydi. Uning eng asosiy afzalligi, vaqtga bog’liq emasligida. Elektron hatlar jo’natilgan zahotiyoq manzilga boradi va egasi olgo’nga qadar uning pochta qutisida saqlanadi. Matnli hat, grafikli va tovushli fayllarni, programm fayllarni o’z ichiga olishi mumkin.

Elektron hatlar bir vaqtning o’zida bir necha adreslar bo’yicha jo’natilishi mumkin. Internet foydalanuvchisi elektron pochta orqali tarmog’ning turli xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi, chunki Internetning asosiy xizmat programmalari bilan interfeysga ega. Bunday yondoshuvning mohiyati shundaki, xost kompyuterga talab elektron hat ko’rinishida jo’natiladi. Hat matni zarur funktsiyalarga kirishni ta’minlovchi standart yozuvlar to’plamidan to’ziladi. Bunday axborotni kompyuter komanda sifatida qabul qiladi va bajaradi.

Elektron pochta bilan ishlash uchun programmalar yaratilgan, ularni mail umumlashma nomi bilan birlashtirish mumkin. MS DOSda foydalanuvchilar uchun bml programmasi qo’llanilsa, Unix tizimlar uchun elm programmasi kengroq tarqalgan. Eng qulay va foydalanishga oson programma — Microsoft Windows uchun Europa dan foydalaniladi. Windows 95 operatsion tizimida elektron pochta bilan ishlashni asosan Microsoft Outlook Express ilovasi ta’minlaydi.
Bu programmalar quyidagi vazifalarni bajaradi:


  • matnni yaratadi;

  • hat-xabarlarni (korrespondentsiyalarni) o’qish va saqlash;

  • hat-xabarlarni o’chirish;

  • adresni kiritish;

  • hat-xabarlarni qabul qilish va jo’natish;

  • turli hujjatlarni, jadvallarni, rasmlarni va boshqa fayllarni import (qabul qilish va kerakli formatga o’zgartirish), hatga ilova qilish;

  • hatlarni mavzusiga qarab ajratish.

Odatda, elektron pochta programmalari ASCII kodidagi matnlarni ikkilik formatda ham jo’natadi. ASCII kodida faqat matnlarni yozish mumkin.

Ikkilik fayllarda har qanday axborotni saqlash mumkin, shu bois aralash xabarlarni (grafika va matn) va programmalarni uzatish uchun ikkilik tizim qo’llaniladi.
Unutmang! Munozaralarda ishtirok etish yoki yuborilgan hat-hujjatlar ro’yxatini to’zishda xabarni ASCII kodida yozish lozim.
Xost kompyuterdagi har bir foydalanuvchiga elektron pochta orqali xabarlarni qabul qilish uchun alohida katalog ochilishi mumkin.

Internet pochtasining ko’p vazifali yoyilmasi - MIME (Multipurpose Internet Mail Extension) maxsus standarti istalgan ikkilik fayllarni, shu jumladan grafika, audio va videofayllarni belgili xabarga aylantirishga xizmat qiladi.

Internetga chiqish imkoniyatiga ega bo’lgan foydalanuvchi elektron pochtani tarmoqning shlyo’zlar yordamida ulangan boshqa adreslari bo’yicha hat jo’natishi ham mumkin. Bu holda turli tarmoqlar turlicha yuborish usullaridan foydalanishlarini hisobga olish darkor. Elektron pochta orqali boshqa tarmoqqa habar jo’natishda unda qabul qilingan adreslar tizimini qo’llash lozim.

Internet taqdim etadigan mashhur, ommabop xizmat turi sanaladi. Uning xususiyati shundaki, elektron pochta ma’lumotlarni kompyuter orqali junatadi va qabul qiladi. Pochta bilan ishlash uchun (o’qish, saqlash, yangi elektron pochta junatmasi) siz mijoz dasturini kiritasiz. Sizning host kompyuteringiz server-pochta rolini bajaradi.


Konkret server turi uchun siz turli xil mijozlardan foydalanishingiz mumkin.
Ma’lumotlarni elektron pochta orqali junatishda Internet kompyuterlari urtasida TCP/IP ning bir qismi xisoblangan SMTP protokolidan (Simple Mail Transfer Protocol) foydalaniladi. Xabarlar papkasiga kirishga ruxsat olish uchun olislashgan kompyuterlarda IMAP (Internet Message Access Protocol) kirish protokollaridan foydalaniladi. Odatda e-mail xabarlari faqat matndan iborat bo’ladi, lekin unga ikkilik - fayl, grafik tasvirni, shuningdek, audio va video faylni kiritish mumkin. Buning uchun mijoz ham, server ham MIME (Multi purpose Internet Mail Extension - Internetning ko’p maqsadli pochta kengayishi) bilan ishlay olishi kerak. MIME standarti Internetga ma’lumotlarni uzatishni ta’minlay olishi uchun ishlab chiqilgan. Bu ma’lumotlar sof matndan tashqari ma’lumotlarning ikkilik tizimini o’z ichiga oladi.

Hozirda elektron pochtaning ko’plab dastur-mijozlari mavjud: mail, elm, pine, Europa, Netscape va hokazolar. Agar Internetga kirishga ruxsatingiz bo’lsa, demak sizning o’z pochta manzilgohingiz mavjud (E-mail adres). Internetdagi pochta manzilgohi bir-biridan @ (ampersand) belgisi bilan ajratilgan ikkita qismdan iborat bo’ladi, @ gacha turgan pochta manzilgohi - bu pochta qutisini bildiradi, @ dan keyingisi esa host-kompyuter manzilgohidir.


Elektron pochta manzilgohi shakli quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
@ manzilgoh, host-kompyuterdan foydalanuvchining nomi.
Masalan:

johnb@yoyodyn.com

Olim@cs.msu.ru
Internetda marshrutlovchi faqat @ belgisidan o’ngda turadigan komanda qatorini ishlab chiqadi. Foydalanuvchi nomini kompyuterning o’zi o’qiydi.


Tarqatish ruyxati.
Elektron pochta keng ko’lamdagi vazifalarni bajarish imkonini beradi. U turli xil axborotni olish vositasi bo’lib xizmat qilishi mumkin. Elektron pochta orqali axborot olishning oddiy yo’li javob bera oladigan kishiga savol berishdir.

Ko’plab tezkor munozaralarda qatnashish pochta junatmasining elektron ruyxatini tashkil qilish imkonini beradi. Fikrlar almashuvi shaklining bunday qoidasi elektron pochtani turli mavzular bo’yicha yigish va tarqatishga asoslangan. Shu maqsadda ma’lum bir munozara ishtirokchilari bitta ruyxatga kiradi. Junatma ruyxati (mailing lists) aniq mavzu qiziqtiradigan va u haqda pochta olishni xoxlagan kishilar ruyxatidir. Elektron pochta guruhining mavzui keng yoki tor bo’lishi mumkin. Mavzu bo’yicha mazkur ruyxatga mos keluvchi barcha ma’lumotlar ishtirokchilar urtasida tarqaladi. Agar keladigan ma’lumotlarga harh yoki javob yoziladigan bo’lsa, bu javob ham ruyxat bo’yicha ishtirokchilarga tarqatiladi.


Elektron pochta guruhi boshqariladigan va boshqarilmaydigan bo’lishi mumkin.
Boshqariladigan guruhning ma’lumot junatuvchi ma’muri bo’ladi. U o’z kompyuteridagi resurslarni muhokama ishtirokchilariga taqdim qiladi. U keladigan xabarlarni qayta ishlaydi, har bir xabarni ko’rib chiqadi va mavzuga tegishli bo’lsagina junatadi.

Boshqarilmaydigan guruh a’zolari (bunday guruhlar keng tarqalgan) mazkur adres ruyxati bo’yicha hamma ma’lumotlarni oladi. Junatma ruyxatining dasturiy ta’minoti ichida LISTSERV va Majardomo dasturlari nisbatan keng tarqalgan. Bu dasturlar junatmalarni ruyxatga qo’shish, uchirish uchun eski ma’lumotlar ichidan berilgan axborotlarni qidirish, standart fayllarga o’zgartirishlar junatish uchun foydalaniladi.

Masalan, LISTSERV da barcha ruyxatlar Listserv xizmat nomiga ega. Siz o’z so’rovingizni Listserv@bitnic.bit.net (AQSH) yoki Listserv@listserv.net (Evropa) manzilgohi bo’yicha junatishingiz mumkin. Net harrening junatmasi Internetda ruy berayotgan barcha voqealardan xabardor bo’lish imkonini beradi.
Obuna bulish uchun qquyidagicha xat junatish lozim:
Manzilgoh: Listserv@is.internic.net
Mazmuni: SUBSCRIBE NET-HAPPENINGS


Download 9,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish