Laboratoriya ish №1
Mavzu: Shaxsiy kompyutеrning asosiy va qo`shimcha qurilmalari
Ishning maqsadi: Talabalarga shaxsiy kompyutеrning asosiy va qo`shimcha qurilmalari haqida umumiy ko`nikmalarni hosil qilish va bu qurilmalar haqida kеngroq tasavvur hosil qilishdan iborat.
Kеrakli jihozlar: sistеmali blok (protsеssor) va uning ichki qismi tasvirlangan rasmlar, monitor, klaviatura, sichqoncha, printеr, skanеr, multmеdiya vositalari, modеm, CD-ROM, kompakt disk va diskеtalar, ko`rgazmali qurollar qurilmalarning bog`lanish kabеllari.
Qisqacha nazariy ma'lumotlar
Topshiriqlar:
Shaxsiy kompyutеr qurilmalari necha turga bo`linadi?
-Shaxsiy kompyutеr qurilmalari ikki turga bo`linadi. Ular asosoy va qo`shimcha qurilmalardir
Shaxsiy kompyutеr qanday qurilmalardan tashkil topgan.
-sistema bloki;
-monitor;
-klaviatura;
-sichqoncha;
Sistema bloki qanday ko`rinishlarda bo`ladi?
-Desttor (yassi)
-Town (minora) ko`rinishlarda bo`ladi.
Tashqi qurilmalar qanday uskunalardan tashkil topgan?
-printer;
-skaner;
-modem;
-smrimer;
-grafik quruvchi va boshqalar;
Modem qurilmasi necha turga bo`linadi?
-Modem ikki turi mavjud. Ichki va tashqi modem. Ichki modem plata ko`rinishida kompyuter ichiga mahsus joyga o`rnatiladi. Tashqi modem esa, ham faks, ham modem rolini o`ynaydi va alohida qurilma sifatida kompyuterga o`lanadi.
Sichqncha haqida ma`lumot bering.
-Sichqoncha, odatda , ikki yoki uch klavishli bo`ladi: chap,o`ng va o`rta. Chap va o`ng klavishlar dastur asosida almashtirilishi mumkin. Odatda, chap klavish yordamida asosiy amallar (ajratish, surish, bajarish va h.k.) bajariladi. O`ng klavish kontekst meny deb ataluvchi amallarni bajarish uchun xizmat qiladi.
Printer va uning xususiyatlari.
-Printerlar kompyuterda olingan natijalarni, dastur va berilganlarni bosmaga chiqarish uchun ishlatiladi. Printer yordamida matnlarni, grafiklarni, rasmlarni rangli va rangsiz ko`rinishda bosmaga chiqarish mumkin. Printerlar asosan uch xil bo`ladi: Matritsali, oqimli va lazerli.
-Matritsali printerlar ma`lumotlarni nuqtalar yoradamida bosmaga choqaradi. Shuning uchun ham ularni nuqta-matritsali printerlar deb ham atashadi. Bunday printerlar nisbatan sekin ishlaydi, chop qilish sifati uncha yaxshi emas va chop qilish tezligi ham katta emas. Ular keng (A3) va oddiy (A4) chop etish formatiga ega. 24, 48 ignali (nuqtali) printerlar mavjud bo`lub, albatta ignalar soni ko`pligi yaxshi ekanligi tushunarlidir.
- Oqimli printerlar maxsus (rangli va rangsiz) siyoxlarni purkash yo`li bilan ishlagani uchun ular oqimli deb ataladi. Bu printerlarning turli ranglarda chop qilish sifati tiniq va ravshan bo`lib, ularning kamchiligi siyoxning tez tamom bo`lib, qolishi va uning nozikligidir.
-Lazer printerlar ham sifati, ham tezligi jihatidan eng yaxshi printer hisoblanadi. Ular rangli va rangsiz bo`ladi. Bunday printerlarning andazasi sifatida Hewlett-Packard (HP) firmasi chiqaradigan HP laserJet rusumli printerlar qabul qilingan.
Klaviaturaning maxsus vazifalarni bajaruvchi tugmachalarini sanab o`ting.
-Esc – ochilgan muloqat oynasi, menyu, kontekst menyu (buyruqlari) kabilarni ekrandan yuqotadi. (OTMENA, inglizchada CANCEL)
Do'stlaringiz bilan baham: |