Qarshi davlat universiteti amaliy matematika va informatika kafedrasi


Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi



Download 9,74 Mb.
bet13/218
Sana31.12.2021
Hajmi9,74 Mb.
#246579
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   218
Bog'liq
informatika va axborot texnologiyalari fanidan oquv metodik majmua

Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi.

Shaxsiy kompyuterlar (inglizcha Personal Computers, PC) quyidagi qurilmalardan iborat, ya’ni:

1). Asosiy qurilmalar:


  • sistema bloki (3 – rasm);

  • monitor (4 – rasm);

  • klaviatura va sichqoncha (5,6,7 – rasmlar);

2). Qo’shimcha qurilmalar:

  • printerlar;

  • skaner;

  • modemlar;

  • strimmer va boshqalardan tashkil topgan.

IBM firmasiga tegishli Shaxsiy kompyuterlarlar inglizcha IBM PC kompyuterlari deb yuritiladi va hozirda ular eng ko‘p tarqalgan hisoblanadi. Quyida qurilmalar bilan kengroq tanishamiz:

Sistema bloki

Sistema bloki asosan ikki xil ko‘rinishda, ya’ni disktop (yassi) yoki fown (minora) shaklda bo‘ladi. Kompyuterlarning asosiy qismlari sistema blokida joylashgan.



3 - rasm
Bular: tezkor xotira (RAM-Random Acceess Memory, ixtiyoriy kirish mumkin bo‘lgan), mikroprosessor, qurilmalar nazoratchilari (kontroller, adapterlar, elektr bilan ta’minlash bloki), yumshoq disk qurilmasi (FDD-Floppy Disk Driver) qattiq disk qurilmasi (HDD-Hard Disk Driver), faqat o'q’sh uchun mo'ljallangan lazer disk qurilmasi (CD ROM-Compact Disk Read Only Memory), ichki modem va boshqa qurilmalar.

Mikroprotsessor - mikroprotsessor kompyuterlarlarning amal bajaradigan qismi hisoblanadi va u ma’lumotlarni berilgan dastur asosida qaytaa ishlaydi.

Mikroprotsessorlarni asosan IBM rusumli kompyuterlarda "Intel" firmasi tomonidan "intel" tipida ishlab chiqarmoqda. Bu firma tomonidan intel-8080, 80286, 80386, 80486, Pentium, Pentium Pro mikroprotsessorlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, hozirda faqat zamon talablariga javob beradigan Pentium-3, Pentium-4, protsessorlarinigina bozorga chiqarmoqda. Shuni ham aytish joijki, protsessorlar faqat "Intel" da ishlab chiqarilishi shart emas. Uning litsenziyasi asosida Janubiy Osiyo mamlakatlarida ham yig’ilmoqda). Lekin, boshqa firmalar ishlab chiqargan protsessorlar, masalan MMX protsessorli kompyuterlar, kuchsizroq hisoblanadi. Protsessorlarning tezligi Megagers sekundlar (Mgs) da o‘lchanadi.



Xotira. Xotira kompyuterda dasturlar, ma’lumotlar va amal natijalarini saqlaydigan qurilmadir.

Xotiraning bir nechta turlari mavjud: tezkor, doimiy, tashqi, video va boshqalar.



Tezkor xotira. Tezkor xotira kompyuterlarning muhim qismi hisoblanadi, ya’ni prosessor xotirada amallarni bajarib, natijani unda saqlaydi. Kompyuter o‘chirilsa, tezkor xotiradagi dasturlar va boshqa ma’lumotlar yo‘q bo‘lib ketadi. Shuning uchun ularni qattiq diskda yoki disketlarda saqlab qo‘yish tavsiya etiladi. Kompyuterlardagi xotiralar uchun uning hajmi muhim tushunchadir.

Tezkor (Operativ) xotira qurilmasi 2 qismdan iborat bo’ladi. Birinchi qismi 640 Kbayt xotira bo’lib, operatsion sistema va amaliy dasturlar uchun muljallangan. Ikkinchi qismi tashqi xotira bo’lib, xizmat uchun foydalaniladi. Buning uchun qo’shimcha xotira bloklari ishlab chiqarilgan.

Tezkor xotira qurilmasi (TXQ-ОЗУ) ning sig’imlari quydagicha bo’lishi mumkin: 640 Kb, 1024 Kb, 4 Mb, 8 Mb, 32 Mb, 64 Mb, 128 Mb, 256 Mb, 512 Mb, 1024 Mb va hokozo.

Xotiraning o‘lchov birligi sifatida bayt qabul qilingan. 1 bayt 8 bit (ikkili raqam) ga teng. 1 bayt bir simvolni (belgini) tasvirlaydi. Masalan, familiyangiz nechta harfdan iborat bo‘lsa, u xotirada shuncha bayt joy egallaydi.

Xotira hajmining birligi sifatida kilobayt qabul qilingan va Kb bilan belgilangan. 1 kilobayt-1024 baytga teng. 1024 kilobayt-1 Megobayt (Mb) ga teng va 1024 Mb-1 Gbaytga teng deb qabul qilingan.

1 Mbayt xotiraga ega bo‘lgan kompyuterlarda faqat DOS da ishlash mumkin bo‘ladi. 4 Mbaytli kompyuterlarda Windows 3.1, 3.11 OS dasturini ishlatish mumkin.

Masalan, Windows–95 uchun 16 Mbayt xotira va kamida 486 prosessorli kompyuterlar, Windows–98, 2000, XP operatsion sistemasida ishlash uchun esa 32, 64, 128, 256, 512- Mbayt xotirali va Pentium - 2.3 prosessorli kompyuterlar lozim bo’ladi.

Doimiy xotira. Kompyuterlarda ma’lumotlar yoki berilganlar o’nga avvaldan joylashtirilgan doimiy xotira mavjud. Bunday xotiradan faqat o‘qish mumkin. Shuning uchun ham u ROM(Read Only Memory-faqat o‘qish uchun) deb ataladi. IBM PC kompyuterlarida doimiy xotira kompyuter jihozlarinining ishlashini tekshirish, operatsion sistemaning yuklanishini ta’minlash, qurilmalarga xizmat ko‘rsatishning asosiy funksiyalarini bajarish uchun ishlatiladi. Doimiy xotira qurilmasi elektr tokiga bog’liq bo’lmaydi. U Mop-sturuktura asosida tayyorlangan bo’lib, unda BIOS.COM (Basic Input Output System) kiritish-chiqarish sistemalari asosi joylashgan.

Kompyuter elektr tarmoqqa ulansa, dastlab BIOS.COM ishga tushadi va kompyuterga ulangan barcha qurilmalarning ishga yaroqliligi tekshiriladi. So’ng boshqarish DOS ni yuklash dasturiga uzatiladi.



Tashqi xotira.

Tashqi xotira qurilmasi asosan:



  • Egiluvchan magnit disklarga;

  • (Vinchestr tipli) kattik disklarga;

  • Optik disklarga bulinadi.

  • Egiluvchan magnit disklari o’lchamiga ko’ra 2 ga bo’linadi.

A) 5.25 dyumli disklar;

B) 3.5 dyumli disklar.

Egiluvchan magnit disklari sig’imiga ku’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:


  • SSSD (Single Side Single Density)-bir tomonli, oddiy zichlikli, disklar; Maksimum 360 Kbayt sig’imga ega bo’ladi.

  • DSDD (Double Side Double Density)-ikki tomonli, ikkilangan zichlikli disklar.

Maksimum 720 Kbayt sig’imga ega bo’ladi.

  • DSHD (Double Side Hight Density)-ikki tomonli yuqori zichlikli disklar. Maksimum 1.2 Mbayt sig’imga ega bo’ladi.

  • 3.5 dyumli disklar mos holda 720 Kbayt yoki 1.44 Mbayt sig’imga ega bo’ladi.

Egiluvchan magnit disklarda va vinchestr tipli qattiq disklarda axborotni saqlash va qayta ishlash moddalarning magnitlanish prinsipiga asoslangan bo’ladi.

Vinchestr tipli qattiq disklar (HDD- Hard Disk Drive) bir necha duralyuminiy (дъюральюминий) materialdan tayyorlangan, dastlab sirti izolirlangan va sirtiga magnit modda surtilgan, yagona o’q atrofida yuqori tezlik bilan aylanish imkoniyatiga ega bo’lgan disklardan, ularning soniga mos magnit boshoqlari bo’lgan germetik idish ichida joylashgan sistemadir. Vinchestr va egiluvchan magnit disklari foydalanishdan oldin formatlangan bo’ladi. Diskning sirtidagi magnit moddalar yulakchalarga, ular o’z navbatida sektorlarga bo’lingan bo’ladi. Axborotlar shu sektorlarga yoziladi va qayta o’qiladi. Vinchestrdagi magnit boshoqlarining soni odatda uning disklar soniga bog’liq bo’ladi. Magnit boshoqlari disklardagi axborotlarni parallel o’qish va qayta ishlash imkoniga egadirlar.

Ma’naviy eskirib borayotgan kompyuterlardagi vinchestrlarning sig’imi 20 Mbayt, 40 Mbayt va 1.08 Gbayt tartibidadir. Zamonaviy kompyuterlardagi vinchestlar sig’imi esa 4.3 Gbayt 9.6 Gbaytni tashkil qiladi.

Optik disklarda axborotlarni saqlash dielektrik moddalarning dielektrik qutblanuvchanlik prinsipiga asoslangan. Modullashgan kogorent lazer nurlari dielektrik modda sirtiga tushirilsa, u qoldiq qutblanish-dielektrik dipol hosil qiladi. Bunday disklardagi yozilgan axborotlarni faqat o’qish mumkin.

Optik disklarni CD ROM (COMPACT DISK READ ONLIY MEMORY)–Faqat o’qish uchun tayinlangan kompakt disklari deb yuritiladi.

Optik disklarning sig’imi odatda 850 Mbayt tartibida bo’ladi.



Monitor.

Monitor (displey) kompyuterda matn va grafik ma’lumotlarni tasvirlash (ko‘rish) uchun xizmat qiladi (4-rasm).

Ular 2 xil ish tartibida ishlaydi:

1. Matnli ish tartibi – 80x25 simvol sig’imiga ega;

2 .Grafik ish tartibi -1024x640 pixel sig’imga ega;

Monitorlarni quydagi guruhlarga ajiratish mumkin:

1). MGA (Monochrom graphic adapter)-oq qora rangli grafik adapterli monitorlar;

2). CGA (Color graphic adapter) rangli grafik adapterli manitorlar;

3). MCGA (MultiColor graphic adapter) Kichik rangli grafik adapterli manitorlar;

4). EGA (Extended graphic adapter)-kengaytirilgan grafik adapterli monitorlar;

5). VGA (Video graphic adapter) – video grafik adapterli monitorler;

6). SVGA (Supper Video graphic adapter)-Super video grafik adapterli monitorlar.

Monitorning asosiy harakteristikalaridan biri uning tasvirlash qobiliyatidir.

Masalan, 14 dyumli monitorda tasvirlash qobiliyati 800x600, 15 dyumli monitor 1600x1200 pixel (nuqtalar soni), 17 dyumli monitor 3200x2400 va hakoza tasvirlash qobiliyatlariga ega.


4 - rasm


Download 9,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish