Amaliy mashg`ulot ishi №9
Mavzu: Adobe Photoshop programmasi bilan ishlash.
Ishning maqsadi:Talabalarga Adobe Photoshop programmasi bilan ishlash bo`yicha amaliy bilim va ko`nikmalarni hosil qilish.
Kеrakli jihozlar:
Qisqacha nazariy ma'lumotlar: ADOBE PHOTOSHOP - Windows muhitida ishlovchi Macintosh va IBM PC kompyuterlari uchun muljallangan elektron ko`rinishdagi fototasvirlarni tashrir qiluvchi dasturdir. Adobe Photoshop dasturi Adobe system, Inc kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bilib, ishlatishdagi aloshida qulayliklari bilan mashshur.
Adobe Photoshop tasvir tahrir qiluvchisi yordamida fotosuratlarga qo`shimcha kiritish, fotosuratdagi dog`larni o`chirish va eski rasmlarni qayta ishlash va tiklash, rasmlarga matn kiritish, qo`shimcha maxsus effektlar bilan boyitish, bir fotosuratdagi elementlarni o`zgartirish, almashtirish mumkin. Adobe Photoshop imkoniyatlari keng qamrovli bo`lib, u gazeta va jurnallarni turli-tuman rasmlar bilan boyitishda katta qo`layliklar yaratadi.
Adobe Photoshop ayniqsa jurnalistlarning, rassomlarning ijodiy imkoniyatlarini to`la amalga oshirishlarida yordam beradi. Jurnalistika va bevosita matbuot yoki nashriyot sohasiga aloqador bo`lgan shaxslarning mazkur dastur bilan ishlashni bilishi ular uchun qo`shimcha imkoniyatlarni yaratib beradi. Adobe Photoshop juda murakkab dasturdir. Foydalanuvchilar uning asosiy imkoniyatlaridangina foydalanadilar, xolos.
Adobe Photoshop 6.0 dasturi quyidagicha ishga tushiriladi :
1. Пуск menyusi Программы bandining Photoshop belgisida «sichqoncha» ni
ikki marta bosiladi.
2. Ekrandagi mavjud Adobe Photoshop uchun maxsus belgida «sichqoncha» ning chap tugmasi ikki marta bosiladi.
Adobe Photoshop 5.0 dasturidan chiqish uchun quyidagi usullarni biridan foydalanish mumkin :
1. Alt +F4 tugmalarini bosish.
2. Файл menyusi Выход buyrug`ini tanlash.
3. Ekranning yuqori qismiing burchagida joylashgan X belgisini bosish yoki Закрыть buyrug`ini bajarish.
Topshiriqlar:
Dasturni ishga tuhirish..
“Adobe Photoshop” dasturi quyidagi tartibda ishga tushiriladi: “Adobe Photoshop” ni yuklash va undan chiqish.
“Adobe Photoshop” dasturini ishga tushirish uchun sichqoncha Photoshop belgisida ikki marta bosiladi.(1-rasm)
Ekrandagi mavjud “Adobe Photoshop” uchun maxsus belgida sichqonchaning chap tugmasi ikki marta bosiladi. (2-rasm)
(1-rasm) (2-rasm)
“Adobe Photoshop 5.0” dasturidan chiqish.
-“Adobe Photoshop 5.0” dasturidan chiqish uchun quyidagi usullarning biridan foydalanish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |