Amaliy mashg`ulot ishi №8
Mavzu: Paint programmasi bilan ishlash.
Ishning maqsadi:Talabalarga paint programmasi bilan ishlash bo`yicha amaliy bilim va ko`nikmalarni hosil qilish.
Kеrakli jihozlar: Turli tasvirlar, ranglar va geometrik figuralar
Qisqacha nazariy ma'lumotlar: Paint grafik muharriri rastrli tasvirlar bilab ishlashga mo’ljallangan. U quyidagi buyruqlar ketma-ketligini bajarish bilan ishga tushiriladi.
ПУСК->Программы->Стандартные->Paint
(1-rasm)
menyular ketma-ketligi orqali ishga tushiriladi..
Ayrim hollarda Paint yorlig’I WINDOWS ish stoliga ko'chirilgan bo'ladi. Bunday holda Paint yorlig’I ustida sichqoncha tugmachasini bosish orqali dasturni tezda ishga tushirish mumkin.
Shundan so’ng ekranda Paint dasturining ishchi oynasi (darchasi) ochiladi. (1-rasm). U bir necha soxalaridan iborat.
Asboblar to’plami va ranglar palitrasi. Оynaning asosiy qismini ish soxasi egallaydi. Uning chap yonida uskunalar paneli joylashgan. Unda tasvir yaratishda ishlatiladigan uskunalar tugmachalari (razmiy belgilari) joylashtirilgan. Ayrim uskunalar tanlaganda panelning pastida ushbu uskunaning xossalarini qo’shimcha sozlash uchun darcha paydo bo’ladi. Ish soxasining pastida ranglar palitrasi joylashgan. U rasm chizishda ishlatiladigan ranglar to’plamini o’z ichiga olgan .
Dastavval, ekranning quyi qismida joylashgan ranglar palitrasidan “sichqoncha”ning chap tugmasi yordamida bo’yash rangini, o’ng tugmasi yordamida esa fon rangini tanlab oling. So’ngra, ekranning chap tomonida joylashgan asboblar to’plamidan kerakli bo’lgan asbobni tanlang. Asboblar to’plamida siz, shuningdek, boshqa ish qurollarini ham topasiz, jumladan:
Ranglar palitrasi ranglari o’zgarib turuvchi kvadratchalardan iborat. Rangni o’zgartirish uchun sichqoncha belgisini tanlangan rang ustiga olib borib, tugmachasini bosish kerak.
Agar chap tugmacha bosilsa asosiy rang (yuqori kvadratcha rangi), o’ng tugmachabosilsa fon rangi (quyi kvadratcha rangi) o’zgaradi.
Topshiriqlar:
Paint dasturini ishga tushirish.
-ПУСК->Программы->Стандартные->Paint
2. Yangi shakl yoki rasmni ekranda chizish.
-Paint yuklangach, ekranda uning darchasi hosil bo‘ladi. Ekranning yuqori qismida dastur menyusi, quyi qismida rasm yoki shakl chizish uchun rasm va fon tanlanadigan bandlari, chap tomonida shakl chizishda ishlatiladigan jihozlar hosil bo‘ladi. Chizish uchun kerakli jihoz sichqoncha ko‘rsatkichi yordamida tanlanadi.
3. Ekrandagi rasmni xotiraga fayl ko‘rinishida yozish.
-Buning uchun “Файл” buyruqlar to‘plamiga kirib, undan “Сохранить” bandi tanlanadi va sichqoncha tugmasi bosiladi. Hosil bo‘lgan komputer so‘roviga faylning nomi klaviatura orqali kiritiladi va “Enter” bosiladi. Natijada ekrandagi rasm xotiraga yoziladi.
4. Rasm qismini kesib olish yoki nusxasini olish.
-Sichqoncha ko‘rsatkichi yordamida rasmning qirqib olinishi lozim bo‘lgan qismi ajratilib, “Правка” buyruqlar to‘plamidan “Вырезать” bandi tanlanadi va sichqoncha chap tugmasi bosiladi. Nusxasini olish uchun esa “Правка” menyusidagi “Копировать” buyrug‘I ishlatiladi.
5. Rasm qismini maxsus joyga o‘rnatish.
-Rasmni ko‘rsatilgan boshqa joyga ko‘chirib qo‘yish “Правка” menyusidagi “Вставить” buyrug‘i yordamida amalga oshiriladi.
6. Rasm o‘lchamini o‘zgartirish.
-Rasm o‘lchamini o‘zgartirish uchun “Вид” buyruqlar to‘plamiga kirib, “Масштаб” bandi tanlanadi va kerakli parametrlar o‘zgartiriladi.
7. Chiziqlar qalinligini tanlash.
-Chiziqlar qalinligini tanlash uchun jihozlar majmuasida chiziqlarga oid tugma bosiladi va majmuaning pastki qismidan kerakli qalinlikdagi chiziq tanlanadi.
8. Bo‘yoqlarni (ranglarni) tanlash.
-Bo‘yoq (rang)ni tanlash “Палитра” menyusiga murojaat qilinadi. Hosil bo‘lgan paneldan foydalanib, undagi mavjud istalgan rangni tanlash yoki ranglarni aralashtirib yangi rang olish ham mumkin.
9. Rasm tevaragiga (ustiga, ostiga, yon tomoniga)yozish.
-Rasm tevaragiga yozish uchun dastlab ko‘rsatkich orqali jihozlar to‘plamidagi belgi faollashtiriladi. So‘ngra sichqonchaning ko‘rsatkichi yozish kerak bo‘lgan joyga keltirilib, chap tugmasi bosiladi. Natijada hosil bo‘ladigan “Шрифты” panelchasidan kerakli shrift turi biror o‘lchamda tanlanadi va harflar klaviaturadan teriladi.
10. Paintda ishni tugatish.
-Dasturdan chiqish uchun: a) “Файл”ga kirib, “Выход” bandi ustida sichqoncha tugmasi bosiladi; b) dastur oynasini yopuvchi tugmaga murojaat qilinadi; c) masalalar panelidagi dasturga tegishli tugma ustida kontekst menyu ochilib, undan “Закрыть” buyrug‘i tanlanadi; d) klaviaturadan [Alt]+[F4] klavishlar kombinatsiyasi ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |