MBBS bilan ishlash texnologiyasi
Ma’lumotlar bazasini yaratish texnologiyasi quyidagi bosqichlardan tashkil topadi:
1. Muammoning qo’yilishi.
Bu bosqichda MB ni yaratish uchun vazifa shakllantiriladi. Unda bazaning tarkibi, nima uchun ishlatilishi, yaratish maqsadi batafsil bayon etiladi. Shuningdek, ushbu MB da qanday turdagi ishlarni bajarish muljallanayotganligi (tanlash, qo’shish, ma’lumotlarni o’zgartirish, hisobotni ekranda chikarish yoki chop etish va hokazo) sanab o’tiladi.
2. Ob’ektning tahlili.
Bu bosqichda MB qanday ob’ektlardan to’zilishi mumkinligi va ularning xususiyatlari, ya’ni ob’ekt qanday parametrlar bilan aniqlanishi ko’rib chiqiladi. Barcha ma’lumotlarni alohida yozuvlar yoki jadvallar ko’rinishida joylashtirish mumkin. Shundan so’ng har bir alohida yozuv birligining turi (matnli, sonli va hokazo) aniqlanadi.
3. Model sintezi.
Bu bosqichda yuqoridagi tahlil asosida MB modeli tanlanadi (relyatsion, ierarxik, tarmoqli). U xar bir modelning yutuqlari, kamchiliklari aniqlanib, yaratilayotgan MB ning 1-bosqichda quyilgan talablarga javob berish-bermasligi, quyilgan masalani yechish imkoniyatiga ega bo’lishligi ko’rib chiqiladi. Model tanlangandan so’ng, uning sxemasi jadvallar va tugunlar orasidagi bog’lanishlar ko’rsatilgan holda chizib chiqiladi.
4. Axborotni tasvirlash usullari, dasturiy uskuna.
Model yaratilgandan so’ng, dasturiy maxsulotga bog’lik holda axborotni tasvirlash usuli aniqlanadi. Ko’pchilik MBBS da ma’lumotlar quyidagi ko’rinishda saqlanadi:
shakllardan foydalanib;
shakllardan foydalanmasdan.
Shakl-foydalanuvchi tomonidan bazaga ma’lumotlarni kiritish uchun yaratilgan grafik interfeysdir.
5. Ob’ektning kompyuter modelining sintezi va uni yaratish texnologiyasi.
Tanlab olingan dasturiy maxsulotning uskunaviy imkoniyatlarini ko’rib chiqib, kompyuterda MB ni bevosita yaratishga kirishish mumkin. MB ning kompyuter modelini yaratish jarayonida har qanday MBBS uchun tipik bo’lgan quyidagi bosqichlar ajratiladi:
a) MBBS ni ishga tushirish, MB ning yangi faylini yaratish yoki oldindan yaratilgan bazani ochish;
b) dastlabki jadval yoki jadvallarni yaratish;
v) ekran shakllarini yaratish;
g) MB ni to’ldirish.
MB ni to’ldirish ikki ko’rinishda olib boriladi: jadval ko’rinishida va shakl ko’rinishida. Bunda sonli va matnli maydonlarni jadval ko’rinishda, Memo va Ole turidagi maydonlarni shakl ko’rinishda tuldirish lozim.
6. Yaratilgan MB bilan ishlash.
MB bilan ishlash deganda quyidagi imkoniyatlar nazarda tutiladi:
kerakli axborotlarni izlash;
ma’lumotlarni saralash;
ma’lumotlarni tanlab olish;
chop etish;
ma’lumotlarni uzgartirish va to’ldirish.
MB yaratish bosqichlari va unda ishlash tamoyillari bilan quyida Microsoft Access MBBS misolida tanishib chiqamiz.
MBBS bilan ishlaganda ekranga ishchi maydon va boshqaruv darchasi chiqariladi. Boshqaruv darchasi menyuni, yordamchi boshqaruv sohasini va yordam berish satrini o’z ichiga oladi. Ularning ekranda joylashishi turlicha bo’lib, konkret dastur xususiyatlariga bog’lik.
MBBS ning muhim xususiyati-ayrim amallarni bajarish uchun oraliq saqlash buferidan foydalanishidir. Almashish buferi nusxalash yoki ko’chirish amallarini bajarishda nusxa olinayotgan yoki ko’chirilayotgan ma’lumotlarni vaqtincha saqlab turish uchun ishlatiladi. Ma’lumotlar yo’qotilgandan so’ng ham ular buferga joylashtiriladi va yangi ma’lumotlar qismi yozilguncha u yerda saqlanib turadi.
MBBS dasturlari yetarli sondagi buyruqlarga ega bo’lib, ularning har birida turli parametrlar (optsiyalar) bo’lishi mumkin. Buyruqlarning bunday sistemai qo’shimcha optsiyalari bilan birgalikda MBBSning har bir turi uchun o’iga xos menyuni tashkil etadi. Menyudan bir buyruqni tanlash quyidagi usullar orqali amalga oshiriladi:
kursorni boshqarish tugmachalari yordamida tanlangan buyruq ustiga olib borish va «Enter» tugmachasini bosish;
tanlangan buyruqning birinchi Рarfini klaviaturadan kiritish.
MBBS larining o’ziga xos xususiyatlariga qaramasdan, foydalanuvchi ixtiyoriga beriladigan buyruqlar to’plami quyidagi guruhlarga bo’linadi:
fayllar bilan ishlash buyruqlari;
taxrirlash buyruqlari;
bichimlash buyruqlari;
oynalar bilan ishlash buyruqlari;
MBBS ning asosiy holatlarida (jadval, shakl, hisobot, so’rov) ishlash buyruqlari;
qo’shimcha ma’lumot olish buyruqlari.
Microsoft Office keng tarqalgan ofis ishlarini avtomatlashtiruvchi dasturlar paketidir. Uning tarkibiga kiruvchi MS Access nomli dasturlar paketi hozirda MBBS sifatida keng urganilmoqda va qo’llanilmoqda.
MS Access ning dastlabki oynasi soddaligi va tushunarliligi bilan ajralib turadi. Keyingi sahifalarda dastur bilan to’liq tanishamiz.
1.Ma’lumotlar bazasi nima?
2.Ma’lumotlar bazasining qanday turlari bor? Ularning farqlari nimalardan iborat?
3.Ma’lumotlar bazasini boshqarish sistemai (MBBS) nima?
4.MBBSning qanday dasturlarini bilasiz?
5.Jadval strukturasiga ega MB larda ustun va satrlar nima deb ataladi?
6.Maydonlarning xususiyatlari nimalardan iborat?
7.Ob’ekt deganda nimani tushunasiz?
8.Maydon va yozuvlar deganda nimani tushunasiz?
9.Unikal maydon nima?
10.Giperbog’lanish maydoni nima?
11.MB ning qanday modellari mavjud?
12.MBBS da ma’lumotlar qanday ko’rinishga ega bo’ladi?
13.MBBS da foydalanuvchi ixtiyoriga qaysi guruhdagi buyruqlar to’plami kiradi?
14.MB strukturasini yaratishda qaysi ob’ektlardan foydalaniladi?
15.Zamonaviy MBBS ga qaysilar kiradi?
16.MB ni yaratish texnologiyasi qanday bosqichlardan tashkil topadi?
17.MB ni tasvirlash modeli qanday talablarga javob berishi lozim?
18.MB bilan ishlash deganda nima tushuniladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |