А1 yachеyкаdan boshlanib, F5 yachеyкаga tugaydigan yachеyкаlar blокini belgilang.
-Sichqoncha ko’rsatkichini А1 yachеyкаga joylashtirib,sichqoncha chap tugmasini bоsgan hоlda F5 yachеyкаgachа tortаmiz.
Amaliy mashg`ulot ishi №13
Mavzu: MS Accessda ma`lumotlar bazalarini tashkil etish.
Ishning maqsadi: : Talabalarga Microsoft Accessda ma`lumotlar bazalarini tashkil etish bo`yicha amaliy ishlashlarni o’rgatish.
Qisqacha nazariy ma'lumotlar: Microsoft Office keng tarqalgan ofis ishlarini avtomatlashtiruvchi dasturlar paketidir. Uning tarkibiga kiruvchi Access nimli dasturlar majmuasi hozirda MOBT sifatida keng o`rganilmoqda va qo`llanilmoqda.
MOning dastlabki oynasi soddaligi va tushunarliligi bilan ajralib turadi. Undagi oltita ilova, dasturda ishlaydigan ilti ob`ektni tasvirlaydi. Bular “Таблица”(Jadvallar), “Запросы”(So`rovlar), “Формы”(Shakllar), “Отчёты”(Hisobotlar), “Макросы”(Makroslar), “Модули” (Modullar).
Ularning har biri haqida qisqacha to`xtalib o`tamiz:
“Таблица”(Jadvallar)-MO ning asosiy ob`ekti. Unda ma`lumotlar saqlanadi.
“Запросы”(So`rovlar)-bu ob`ekt ma’lumotlarga ishlov berish,jumladan ularni saralash, ajratish, birlashtirish, o`zgartirish kabi vazifalarni bajarishga mo`ljallangan.
“Формы”(Shakllar)- bu ob`ekt ma`lumotlarni tartibli ravishda oson kiritish yoki kiritilganlarni ko`rib chiqish imkonini beradi. Shakl tuzilishi bir qancha matnli maydonlar, tugmalardan iborat bo`lishi mumkin.
“Отчёты”(Hisobotlar)- bu ob`ekt yordamida sarlangan ma`lumotlar qulay va ko`rgazmali ravishda qog`ozga chop etiladi.
“Макросы”(Makroslar)- makrobuyruqlardan iborat ob`ekt. Murakkab va tez-tez murojat qilinadigan amallarni bitta makrosga guruhlab, unga ajratilgan tugmacha belgilanadi va ana shu amallarni bajarish o`rniga ushbu tugmacha bosiladi. Bunda amallar bajarish tezligi oshadi.
“Модули” (Modullar)-Microsoft Access dasturining imkoniyatini oshirish maqsadida ichki Vizual Basic tilida yozilgan dasturlarni o`z ichiga oluvchi ob`ekt.
Bundan tashqari, “Страницы” (Sahifalar) nomli alohida ob`ekt ham mavjud. Bu ob`ekt HTML kodida bajarilgan, Web- sahifada joylashtiriladigan va tarmoq orqali mijozga uzatiladigan alohida ob`ektdir.
Topshiriqlar:
Microsoft Access dasturini ishga tushirish.
-Microsoft Office tarkibidagi Microsoft Access piktogrammasi ustida «sichqoncha» chap tugmasini 2 marta bossak, ekranda Access darchasi paydo bo’ladi.
Darchaning birinchi satrida MBBT nomi Microsoft Access deb ifodalangan, 2-nchi satrda esa tavsiyanoma punktlari:
Do'stlaringiz bilan baham: |