Qarshi davlat universiteti a dabiyotshunoslik kafedrasi bibliografiyashunoslik



Download 370,55 Kb.
bet13/36
Sana15.06.2022
Hajmi370,55 Kb.
#672549
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
Bog'liq
Мажмуа BIBLIOGRAF to`g`ri

Bibliografik ishlov – bibliografik yozuvni kutubxonaning an’anaviy katalogida, kartotekalarda, bibliografik kо‘rsatkichlarda, qо‘llanmalarda va zamonaviy elektron katalogda aks ettirish uchun bajariladigan jarayonlar yig‘indisi. Bibliografik ishlov bibliografik tavsifni tuzish, bibliografik yozuv elementlarini aniqlash, tavsif boshini shakllantirish, indekslash, annotatsiyalash yoki referat tuzish va boshqa elementlarni berish va bosh maqsadi hujjatni tanlash, о‘rganish, о‘qish, kо‘rib chiqish, qо‘shimcha materillar bilan tanishish, asar haqidagi ma’lumotlardan foydalanish, tanqidiy maqolalarni kо‘rib chiqish jarayonida u haqda tо‘liq axborot tayyorlash va uni iste’molchiga yetkazish maqsadida chiqish ma’lumotlarini tayyorlashdan iborat.
3-Mavzu: Bibliografiya nazariyasi
Reja:
1.О‘zbekiston bibliografiyasi nazariy va uslubiy masalalarining о‘ziga xos xususiyati. Milliy bibliografiya, sohalar bibliografiyasi, о‘lkashunoslik bibliografiyasini tashkil etish.
2.Kutubxona о‘lkashunosligi: mohiyati, yо‘nalishlari, tarkibiy qismi.
3. Fan tarmoqlariga oid bibliografiyalarning nazariy masalalari, muammolari. Tarmoq bibliografiyasini tashkil etishning dolzarb masalalari, ularning predmeti, obyekti, vazifasi, maqsadi, ijtimoiy ahamiyati.
Bibliografiya nazariyasi — bibliografiyaning mohiyatini va ijtimoiy ahamiyatini о‘rganadi, ilmiy konsepsiyasini va tushunchalar tizimini ishlab chiqadi, hozirgi zamon bibliografik amaliyotni ilmiy tahlil qilishning metodologik negizini ishlab chiqadi, bibliografiyaning va bibliografik fanlarning axborot faoliyati va informatika, kutubxonachilik ishi va kutubxonashunoslik, kitob ishi va kitobshunoslik bilan о‘zaro aloqasini tahlil qiladi.
XIX asr oxirida bibliografiyaning rivojlanishida yangi bosqich boshlandi. Fransuz inqilobi davrida bibliografiyaning nazariyasi ko‘zga tashlanadigan darajada rivojlandi. Fransuz revolyusionerlarining nazariy qarashlari bu davrda keng tarqaldi.
Inqilob tufayli tubdan qayta tashkil etilgan kutubxonachilik ishi kataloglashtirish va bibliografiya ishiga ham katta ta’sir etdi. Joylarda vaqtinchalik “adabiyotlarni saqlash joylari” tashkil etildi. Bu muassasalar o‘zlariga kelib tushgan adabiyotdarning katalogini 2 nusxada tuzishlari kerak edi. Katalogning 1-chi kartochkali nusxasi Parijda 1791 yil tashkil etilgan “Bibliografiya byurosi”ga tushishi zarur edi. Bu kartochkali kataloglar asosida “Bibliografiya byurosi”ga umumfransuz yig‘ma katalogini tuzishi yuklatilgan edi. Byuro zarur kartochkani ololmagani sababli bu vazifani bajara olmadi.
Bu byuro boshlig‘i Yurben Domerg 1793 yilda “Umumiy bibliografiya to‘g‘risida” (“Ob obshey bibliografii”) nomli ma’ruzasi bilan Ijtimoiy ta’lim qo‘mitasiga chiqdi. Unda u belgilangan tadbirlarning tashkiliy tuzilishi va ketma-ketligini yoritgan edi.
1794 yili Ijtimoiy ta’lim qo‘mitasining yana bir xodimi abbat Greguar “Bibliografiya haqida ma’ruza” (“Doklad o bibliografii”) bilan chiqdi. Lekin u sharoitda ularda qo‘yilgan taklif va vazifalarni bajarish qiyin edi.
Ulardan keyin Donu, Yuber Ameyon Kamyu, Ler, Gabriel Penyo, Sh.Ashar, Jak Sharl kabilar bibliografiyani tashkil etish va tuzilishi haqida nazariy materiallar – maqolalar yozgan va ma’ruzalar qilganlar. Ulardan Ler 2 yilliy kutubxonachilarni o‘qitish kursini tashkil etdi va uning dasturini ishlab chiqdi. Gabriel Penyo esa “Kitobshunoslik bo‘yicha izohli lug‘at” (“Tol’koviy slovar po knigovedeniyu”) nomli asarini yozdi. Unda u kitobshunoslik va bibliografiyaning o‘zaro munosabati masalalarini yoritishga urindi.
Nashriyotchi va kitob savdogari Bular “Bibliografiya to‘g‘risida oddiy traktat” (“Elementarniy traktat o bibliografii”) nomli asarini yozdi. “ Kitobning adabiy va tijorat qimmatini o‘rganish bilan shug‘ullanadigan shaxs bibliograf bo‘la oladi. Bibliograflar 3 toifaga bo‘linadi: kitobni sevuvchilar, kutubxonachilar va kitob savdogarlari”, deb yozgan Bular.
Fransuz nazariyotchilarining asarlari boshqa davlatlar bibliograf - nazariyasiga kirib kelayotgan shaxslarni ham bu maydonga kelishini tezlatdi. Masalan, 1814 yilda Angliyada T.X.Xornning “Bibliografiyani o‘rganishga kirish” (“Vvedeniye v izucheniye bibliografii”) kitobi chiqdi. Polshada I.Lelevel yozgan “Bibliografiya haqida ikki kitob” (“Dve knigi o bibliografii”) nomli kitob chiqdi.
XIX asr boshida Germaniyada bibliografiya nazariyasi rivojlandi. Fridrix Adolf Ebert – yirik nazariyotchi bo‘lib, “Umumiy bibliografik lug‘at” (“Vseobiiy bibliograficheskiy slovar’”) kitobini yozgan. Unda o‘ziga qadar hali xech bir mutaxassis tomonidan ko‘rilmagan nazariy masalalarni yoritdi. U “Bibliografiya mamlakat yozuv madaniyatini uning tarixiy rivojlanishi bilan darajasini o‘lchashning eng ishonchli vositasidir ”, deb yozgan.
Shunday qilib, bu ko‘rib o‘tilgan davr bibliografiya tarixida juda ulkan o‘zgarishlar, jumladan bibliografiyada ham turli (universal kundalik va retrospektiv, tarmoq, vaqtli nashrlarga tuzilgan) yirik – yirik bibliografik qo‘llanmalarning yaratilishi, bibliografiyaning nazariy masalalari jiddiy ko‘rilgan davr bo‘lib qoldi.

Rus bibliografiyasining, jumladan, hamdо‘stlik mamlakatlari bibliografiyasining rivojlanishida munosib hissa qо‘shgan A. I. Barsuk, M. G. Voxrisheva, N. E. Dobrinina, Y. S. Zubov, O. P. Korshunov, A. V. Mamontov, I. G. Morgenshtern, I. I. Reshetinskiy, N. A. Slyadneva, A. V. Sokolov, S. A. Trubnikov, Y. M. Tugov, V. A. Fokeyevlar faoliyatini о‘rganadi. Bibliografiya tarixi — uning qonuniyatlari va rivojlanish tendensiyalarini о‘rganadi. Bunda bibliografiya tarixi jamiyatlar tarixi, siyosat tarixi, jamiyatning iqtisodiy, madaniy-ma’naviy hayoti bilan bog‘liq holda о‘rganiladi.


Rus bibliografiyasi tarixi masalalarini mashhur bibliograflar N.V. Zdobnov, M. V. Mashkova, L.M.Ravich, S.A.Reyser, B.A.Semyonovker, K. R. Simonlar о‘rganganlar. О‘zbekiston bibliografiyasi, umuman, О‘rta Osiyo bibliografiyasi tarixini о‘zbek bibliograf olimlaridan M. M. Turopov, SH. M. Shamsiyev, E. O. Oxunjonov, H. Mamatraimova, turkmanistonlik olim A. Yazberdiyevlar tadqiq qilib о‘rganganlar. Bibliografiya texnologiyasi — axborot resurslarini, bibliografik mahsulotlarni qayta ishlab chiqish mahorati. U axborotni yig‘ish, tashkil etish, saqlash, tо‘plash, qayta ishlov berish, qidirish, xulosa qilish, nusxa kо‘paytirish, uni uzatish va tarqatishni ta’minlovchi texnologik komplekslarni takomillashtirishda ishtirok etadi. Bibliografiyaning metodikasi — bibliografiyaning nazariyasi, tarixi, texnologiyasi, amaliyoti bilan uzviy bog‘liq. U bibliografik axborot tayyorlash va iste’molchilarga yetkazishning maqsadga yо‘naltirilgan usullari va uslublari yig‘indisidir. Bibliografiyaning metodikasini ishlab chiqishda bibliograflardan M. A. Briskman, M. P. Bronshteyn, M. P.Gastfer, M. A. Sakdova, S. P. Bavin, S. V. Bushuev, G. E. Mironov, A. M. Gorbunov, O. A. Gurbolikova, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimi M. Y. Nosirova, M. Turopov, SH. M. Shamsiyev, H. Mamatraimovalar faoliyat kо‘rsatadilar. Bibliografiyani tashkil etish — mamlakatda kutubxonachilik va axborot markazlarini tashkil etish, bibliografiya xizmati tizimini yaratish, rejalashtirish, muvofiqlashtirish, mehnatni ilmiy asosda tashkil etish, jamiyatning axborotga bо‘lgan talabini tо‘la qondirish imkonini yaratish uchun xizmat qiladi.
Bibliografiyaning ahamiyati Har bir davrda jamiyat taraqqiyoti madaniyatsiz, ma’naviyatsiz amalga oshmaydi, doimo insoniyat ma’naviy bilimga, dunyoni bilishga, ilm olishga, о‘zligini anglash uchun hayotni tushunishga ehtiyoj sezadi. Tevarak-atrof, voqea va hodisalar, ularning mohiyati, mazmuni, maqsadi, ijtimoiy-siyosiy voqealar, ularning asl mazmuni, maqsadi, foyda va zarari haqida bilim beruvchi, kishilarni ezgulikka, yaxshilikka chaqiruvchi, ruhiy ozuqa beruvchi adabiyotlar haqida tezkorlik bilan, maqsadga mos holda ma’lumot beruvchi ikkinchi darajali hujjatlar — bibliografik mahsulotlardir.
Turli xil yо‘nalishda tuzilgan bibliografiyalarning ahamiyati quyidagilarda kо‘rinadi:
1. Bibliografiya undan oldingi davrda yaratilgan madaniy boyliklarimiz, kitobatchilik, nashriyotchilik ishi tarixi haqida, rivoji haqida ma’lumot beradi.
2. Adabiyotlarning mazmuni, maqsadi, undagi asosiy masalalar, muammolar bilan tanishtiradi.
3. Kitobxon uchun yangi ma’lumot beradi.
4.Kitobxonga о‘qish uchun eng zarur adabiyotlarni tavsiya qiladi.
5. Kitobxonga adabiyot tanlashda yordam beradi.
6. Adabiyot tavsiya etadi.
7. Jamiyat hayotida faol ishtirok etishga, biror-bir sohada muvaffaqiyatlarga erishishda turtki bо‘ladi.
8. Shaxsiy hayotida о‘zgarishlar bо‘lishi uchun zamin yaratadi.
9. Kitobxonda о‘qish madaniyatini, axborot bilan ishlash madaniyatini tarbiyalaydi.
10. Ilmiy-tadqiqot ishlari, tarixni о‘rganish uchun muhim manba bо‘lib qoladi.
Savol va topshiriqlar
1. „Bibliografiya“ sо‘zining ma’nosi nima?
2. Qog‘oz va uning paydo bо‘lishi, ahamiyati haqida tо‘xtaling.
3. Axborot infratuzilmasi nima?
4. Bibliografiya nazariyasi nimani о‘rganadi?
5. Bibliografik axborot nima? 6. Bibliografiyaning texnologiyasi nima?
7. Bibliografiyaning metodikasi nimadan iborat?
8. Bibliografiya tarixi nimani о‘rgatadi? 9. Bibliografiyani tashkil etishdan maqsad nima?
10. Bibliografiyaning ahamiyati haqida gapiring.
hujjatlar haqidagi ma’lumotlar yig‘indisi- bibliografik axborot. Bibliografiyaning obyekti - hujjatdir.
Hujjat – bu sotsial axborot manbai bо‘lib, saqlash va tarqatishga mо‘ljallanadi.
Hujjat xususiyati undagi axborotning ijtimoiy ahamiyatga egaligi, uning yaratilayotgan tarixiy davr, shart-sharoit bilan uzviy bog‘liqligida kо‘rinadi.
1964 yil hujjat sо‘zi axborotning moddiy tashuvchisi sifatida belgilab berildi. Hozirda hujjat sо‘zi axborot bilan bog‘liq, kishilar tomonidan ularni tо‘plash, foydalanish, uzatish, saqlash va hisobga olish bilan bog‘liq moddiy obyekt sifatida tushuniladi. Hujjat sо‘zi ahamiyatiga kо‘ra keng tushuncha. Hujjatlarda real hayot voqeliklari, faktlari va barcha ma’lumotlar о‘z aksini topadi, hujjatda u yaratilayotgan davrning ma’lum bir qirrasi haqidagi axborot tо‘planadi.
Hujjat” atamasii qog‘oz, kinolenta, turli xil kо‘rinishdagi tasmalar, elektron disklar, kompakt disklar kо‘rinishidagi axborot tashuvchi materialni anglatadi. Davr о‘tishi bilan, taraqqiyot natijasida yangi-yangi axborot tashuvchilar qо‘shilib boraveradi. Har bir axborot tashuvchi yoki axborot resurslari о‘ziga xos xususiyatga ega va bular axborotni tayyorlashda hisobga olinadi. Shu bois belgilari, ahamiyati, mazmuni va shakliga kо‘ra turlanadi.

Download 370,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish