Ma’ruza rejasi:
“Milliy g‘oya asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti.
Mafkura tushunchasining mazmuni va shakllari.
Milliy g‘oya tushunchasi, uning tuzilishi va namoyon bo‘lish xususi-yatlari.
Jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ta’sirida g‘oyalarning differensiallashuvi.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: diologik yondashuv, muammoli ta’lim. Blits, munozara, savol-javob, o‘z-o‘zini nazorat.
Adabiyotlar: A1;A4;A5;A6;A7;Q2;Q4;Q5;Q6;Q7
“MILLIY G‘OYA: ASOSIY TUSHUNCHA VA TAMOYILLAR”
FANINING TARIXIY ILDIZLARI, SHAKLLANISH BOSQICHLARI
Insoniyat tarixida g‘oya va mafkuralar namoyon bo‘lishining asosiy bosqichlari. Tarixiy taraqqiyot jarayonida g‘oya va mafkuralarning o‘zgaruvchan xarakteri. Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” kitobida g‘oyalar tarixi va falsafasi, milliy g‘oyaning mazmun-mohiyati, shakllanishi va namoyon bo‘lishi haqida. Mifologiya, teologiya va xalq ma’naviy-madaniy qadriyatlarida milliy g‘oya va mafkuraning ifodalanishi. “Avesto” va Zardushtiylikda g‘oyalar takomili.
G‘arb mamlakatlarida ilk g‘oyaviy qarashlar va ularning takomil bosqichlari. Sokrat, Platon, Aristotel, Geraklit, Pifagor va boshqa mutafakkirlarning g‘oyalari va ularning ahamiyati. Afina va Rim imperiyasi g‘oyalar tizimi va mafkurasi. Sharq va Markaziy Osiyoda g‘oyalarning namoyon bo‘lishi, ularning gumanistik mohiyati. O‘rta Osiyoda islom dini g‘oyalarining yoyilishi. Xorazmiy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino merosida g‘oyalar masalasi. Temuriylar davri g‘oyalari, Amir Temur, Ulug‘bek, Navoiy, Boburning milliy va umuminsoniy g‘oyalar to‘g‘risidagi fikrlari. G‘arb mamlakatlarida g‘oyaviy qarashlarning takomil bosqichlari. Yevropa ilk o‘rta asrlar va Renessans davri g‘oyalari. Xristianlik g‘oyalari. Xristianlikning salb yurishlari. Tomazo Kampanella, Tomas Morning “Quyosh shahri” haqidagi utopik g‘oyasi. Marks va Engelsning sotsializm g‘oyasi tanazzuli. Yevropada o‘rta asrlarda umumiy makon, milliy mumtozlik, imperial, kolonial va milliy taraqqiyot yo‘llari to‘g‘risidagi g‘oyalar. XV-XVII asrlardagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar va XVIII va XIX asrlardagi yangi zamon g‘oyalarining shakllanishi. O‘rta Osiyoda XVI-XVIII asrlardagi xonlik va amirliklar davrida g‘oyalar tizimi. XIX asr oxiri va XX asrning 90 yillarida shakllangan g‘oyalar tizimi. Mafkuraning XIX asr o‘rtalaridan boshlangan takomil bosqichlari. G‘oya va mafkura muammosiga obyektiv, subyektiv, evolyutsion va inqilobiy, siyosiy yondoshuvlar. XIX asr oxiri va XX asr mafkurasi, uning o‘ziga xos xususiyatlari. Deideologiya va reideologiya yo‘nalishlari. XX asrning oxiri – XXI asr boshidagi mafkuraviy jarayonlar.
Sovet davrida kommunistik partiya g‘oyalarining gegemonligi va uningoqibatlari. Sotsializm tuzumining g‘oyaviy inqirozida milliy o‘z-o‘zini anglashning o‘rni. SHo‘rolar davrida mafkuraviy qatag‘onning fojiaviy oqibatlari. Departatsiya (quvg‘in) qilingan xalqlarning ma’naviy-ruhiy holati va ularda milliy o‘zlikni saqlashning tarixiy jihatlari. Mustaqillik – milliy g‘oya fanining bosh mavzusi. Ma’naviy jasorat- millat g‘oyasi va ruhining ifodasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |