IV. IQTISODIY QISM
XXI asr axborot texnologiyalari asri deb bejiz aytishmagan. Darhaqiqat ushbu davr dunyo miqyosida taraqqiyot davri bo’ldi. Har bir kasb rivojlanishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ymoqda. Axborot texnologiyalari o’z taraqqiyotini mana shu davrda yuksaltirishga intildi. Masalan kompyuter texnalogiyasi ,turli qurilmalar, ularga yangicha ko’rinish va yangicha tub o’zgartirishlar kiritildi. Asosiy maqsadga o’tadigan bo’lsak kompyuterlar hatto odamlar qiladigan ishlarni ham bemalol bajarishmoqda bu albatta ishchi kuchini va moddiy chiqimni qisqartiradi. Ishchi kuchiga sarflanadigan mablag’ sohaning boshqa bir yangilanish yo’loga sarflanmoqda, Natijada esa ma’lum sohaning taraqqiyoti va taraqqiy etish davom etmoqda. Kompyuterlar ishlashi uchun avvalo ularga yaxshi xizmat ko’rsatish kerak . masalan texnik yoki dasturiy tomondan. Dasturiy tomondan xizmat ko’rsatish borasida fikr yurtisak. Kompyuterlarning ishlashi uchun dasturiy ta’minot ayniqsa operatsion tizim juda ham muhim. Biz kutilgan natijaga erishishimiz uchun sifatli xizmat ko’rsatishga harakat qilishimiz kerak. Ko’cha ko’ylardagi disk sotuvlarida, cinemalarda kompyuterlar uchun bir qancha dasturlarga ko’zimiz tushadi. Ulardagi bezaklar va yangiliklar foydalanuvchini , mijozni o’ziga tortadi. Lekin afsusuki ularning hammasi ham sifatli dasturlar hisoblanmaydi. Juda ko’p qismi ko’chirmalar bo’ladi. Ko’chirma dasturlar sifatsiz va yaroqsiz hisoblanadi va ularni or’natish va ishlatish jarayonlarida bir qancha muammolarga va xatoliklarga duch kelishimiz mumkin. Natijada foydalanuvchida ana shu dastur xususida noto’g’ri fikr uyg’onishi mumkin. Bularning barchasi tijorat yo’lida noqonuniy ishlarni olib borayotgan ayrim kimsalar tufaylidir. Operatsion tizomlarning haqiqiy litsenziyali versiyalarini Internet orqali qidirganimizda ularda haqidagi haqiqiy ma’lumotlarga ega bo’lishimiz mumkin. Masalan Windows Xp dasturining litsenziyali versiyasi 10-19$ atrofida bo’ladi. Windows Vista operatsion tizimi esa 20-32$ qiymatga ega. Windows Seven operatsion tizimi 48-50-65$ qiymatga ega. Qolgan operatsion tizimlar ham shularga o’xshab litsenziyali va sifatli, ular ham shunga qarab narxlanagan. Ana endi xuddi shu raqamlarni biz sotib olayotgan qiymat bilan hududimizdagi pul aylanishini hisobga olgan holda taqqoslab chiqsak. Windows XP OT litsenziyali versiyasi 10-15 ming so’m, Windows Vista 20 ming so’m, Windows Seven 40 ming so’m bolishi kerak. Endi bu raqamlar bizda boshqacharoq
Windows XP 4 ming so’m, Windows Vista 4 ming so’m, Windows Seven 4 ming so’m qolganlari ham xuddu shunday qiymatga ega. Ushbu qiymatni bo’lib chiqadigan bo’lsak ular bo’sh disk, Disk uchun mahsus g’ilof, g’ilof yuzidagi reklama va yo’qotilgan vaqtga bo’linib ketadi. Quyidagi grafikka qarab taqqoslash natijasida kelib chiqqan farqlarni ko'rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |