16-mavzu: Marketing tushunchasi va uning mohiyati.
REJA:
16.1. Marketing maqsadlari va zarurati
16.2. Marketing asoslari.
16.3. Marketing konsepsiyasi
MARKETING MAQSADLARI VA ZARURATI
Marketing — inglizcha market (bozor) so‘zidan kelib chiq- qan «marketing kalka» so‘zidir. Uning so‘zma-so‘z tarjimasi
«bozorni tuzish» yoki «bozorni tashkil qilish» ma’nolarini bildiradi.
Marketing XIX—XX asrlar bo‘sag‘asida AQSHda o‘sha vaqtdagi yirik kompaniyalarning o‘zlari ishlab chiqargan mahsu- lotlarini sotish davomida paydo bo‘lgan muammolarni hal qilish yo‘lida olib borgan amaliy tadqiqotlari shaklida vujudga kelgan. Shundan so‘ng marketing bo‘yicha mutaxassislar amaliy masalalardan umumiy nazorat muammolariga o‘tdilar va XX asrning boshlaridayoq marketing bo‘yicha dastlabki universitet darsliklari paydo bo‘ldi, universitet kurslarining birinchilari vujudga keldi.
50-yillarda marketing nazariyasi korxonalarni boshqarish bo‘yicha tadbirlarga joriy qilina boshladi. 60—70-yillarda niho- yatda ommalashib ketgan marketingga «kompaniyaning alohida falsafasi», «nima ishlab chiqarilayotgan bo‘lsa, shuni sotish emas, nima sotilayotgan bo‘lsa, shuni ishlab chiqarish» tamoyi- liga amal qilishga intiladigan korxonani tashkil qilishning va faoliyatini boshqarishning alohida shakli sifatida qaraladigan bo‘ldi. Marketingning bir nechta ta’rifi bor.
1. «Marketing — marketing konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, g‘oyalar, tovar va xizmatlarning narxlarini bel- gilash, bozorga o‘tkazish (harakatlantirish), sotishni qamrab oluvchi hamda ayrim shaxslar va tashkilotlarning maqsadlariga javob beruvchi almashinuvni ta’minlashga da’vat etilgan jarayondir».
2. «Marketing — nuqtayi nazarlar tizimi, tijorat faoliyati- ning turli yo‘nalishlarini muvofiqlashtirish funksiyasi, ish faolli- gini o‘zaro bog‘liq unsur (element)larining majmuasi, biznesning maqsadi ortiqcha ishlab chiqarish, inqirozni yumshatish bo‘lgan falsafasi, nihoyat talab va taklifning muvozanatlashishi jarayoni- dir».
3. «Marketing — inson ehtiyojlarini almashinuv vositasida qondiradigan insoniy faoliyat turidir».
Istalgan ishlab chiqaruvchining ish faolligini tashkil qilish- dagi nisbatan mustaqil yo‘nalish sifatida marketing bozorining murakkablashishi, raqobatning kuchayishi natijasida paydo bo‘ldi va o‘z rivojlanishida ma’lum bir bosqichlarni bosib o‘tdi.
MARKETING ASOSLARI
Marketingning asosini tovar ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish, bozorni o‘rganish, kommunikatsiyalarni yo‘lga qo‘yish, mahsulotni yetkazib kelishni tashkil qilish, narxlarni belgilash servis xizmatini uyushtirish va hokazolar tashkil qiladi.
Marketing bilan sotuvchilar ham, xaridorlar ham shu- g‘ullanishadi.
Sotuvchining bozori — differensiyalashgan bozor bo‘lib, unda sotuvchilar ko‘proq hokimiyatga egadirlar va bu yerda bozorning eng faol «arboblari» sifatida xaridorlar chiqariladi.
Xaridorning bozori bu asosan, to‘yingan bozor bo‘lib, unda ko‘proq hokimiyatga xaridor ega va bu yerda sotuvchilar bozor- ning eng faol «arboblari» bo‘lib qoladilar.
Bozorni o‘rganish ikki pozitsiyadan:
– uning talablarining o‘ziga xos xususiyatlari pozitsiyasi;
– uning hajmi to‘yintirilgan (to‘ydirilgan)lik darajasi, raqo- batning ahvoli, xuddi shunday analog-tovarlar va almashtiruvchi (o‘rnini bosuvchi) tovarlarning paydo bo‘lish ehtimoli pozi- tsiyasidan turib amalga oshiriladi.
Mahsulotga mo‘ljal qilingan marketing. Korxona faoliyati yangi mahsulot yaratishga yoki chiqarilayotganini takomil- lashtirishga yo‘naltirilganda qo‘llaniladi.
Iste’molchiga mo‘ljal olingan marketing agar korxona faoli- yati bozordan kelib chiqadigan talablarni qondirishga yo‘nalti- rilgan hollarda qo‘llaniladi.
Bunda marketingning bosh vazifasi — potensial talablarni o‘rganish, bozor «tirqishi»ni izlash. Sanoat korxonasining xo‘jalik faoliyati uchun marketingning ikkala turini bir vaqtning o‘zida qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Mana shunda kombina- tsiyalashgan marketing faoliyati integrallangan marketing nomi- ni olgan.
Demarketing — ishlab chiqarish quvvatlarining yetarli dara- jada emasligi, tovar resurslari va xomashyoning cheklanganligi tufayli tovar yoki xizmatlarga bo‘lgan talabni kamaytirishga yo‘naltirilgan marketing turi. Demarketing asosan kamyob tovarlar va xizmatlar bo‘yicha qo‘llaniladi. Talabni pasaytirish uchun narxlarni ko‘tarish, reklamadan voz kechish va boshqa usullar qo‘llanilishi mumkin.
Talab salbiy bo‘lganda konversiya marketingidan foydalani- ladi.
Konversiya marketingi — talab salbiy bo‘lgan, ya’ni bozor- ning tobora ko‘proq segmentlari ushbu tovar yoki xizmatni rad etayotgan, ularni olishdan, foydalanishdan voz kechayotgan vaziyatlarda qo‘llaniladigan marketing turidir.
Talabning turiga qarab marketingning boshqa turlari ham qo‘llaniladi. Bular:
Qarshilik ko‘rsatuvchi marketing — bir qator tovarlarga talab foydali emas — irrotsional hisoblangan hollarda iste’- molchi yoki jamiyatning farovonligi va manfaatini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
Rivojlanayotgan marketing — tovarlarga talablar shakllana- yotgan sharoitlarda qo‘llanilishi mumkin.
Remarketing — tovarlarning hamma turi va tovarning hayot sikli fazalariga qarab, vaqtning istalgan davri uchun xos bo‘lgan talabning pasayishi holatlarida zarurdir.
Sinxromarketing — talab ishlab chiqarish quvvatlaridan sezilarli darajada baland yoki aksincha, ushbu tovarni ishlab chiqarish hajmi bozorning talabidan ko‘p bo‘lgan sharoitlarga yo‘naltirilgan.
Konsentritsiyalangan marketing — marketing harakatlarini bir yoki bir nechta kichik bozorda jamlashni ko‘zda tutadi.
Ommaviy marketing — bir tovarning o‘zini turli xaridorlar uchun ommaviy ishlab chiqarish, tarqatish va sotishni ta’minlash bilan bog‘liq.
Sanoat marketingi — firmaning tovar va xizmatlarini ular- dan ishlab chiqarishda foydalanish yoki boshqa iste’molchilarga sotish uchun sotib oluvchi iste’molchi tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi.
Sinov marketingi — mahsulotni bir yoki bir nechta mintaqa- da sotish va voqealarning ko‘zda tutilayotgan marketing rejasi doirasida rivojlanishi ustidan nazorat qilish bilan bog‘liq.
Sanab o‘tilgan marketing turlaridan har qaysisini ishlatish doimo ishlab chiqaruvchi uchun ma’lum darajada tavakkal bilan bog‘liq bo‘ladi. Ammo bozor strategiyasida marketing faoliyati- ning hamma turlarini bir butun ishlab optimal birlashtirishga erishilsa, bu tavakkal o‘zini ortig‘i bilan oqlaydi.
Shunday qilib firma obro‘li tansiq tovarni ortiqcha harakat- lar qo‘llanilmasa ham sotilishiga bemalol ishonsa bo‘ladigan asr boshidan beri marketing radikal ravishda o‘zgardi. Raqobatning kuchayishi, iste’molchilarning qarashlarining o‘zgarishi, omma- viy axborot vositalarining rivojlanishi — bularning hammasi marketing tadriji (evolyutsiyasi)ga yordam beradi.
Marketing boshlang‘ich, eskirgan chizma — tovar ishlab chiqarish va uni iste’molchi olishi mumkin qilinadigan, o‘z ichi- ga bozor tokchalarini izlash va ularni iste’molchiga zarur bo‘lgan tovarlar bilan to‘ldirishni mujassamlashtirgan zamonaviy, oliy darajada raqobatga bardoshli marketing strategiyalarigacha rivoj- lana borib keskin, radikal ravishda o‘zgardi. (1-rasm)
Ishlab chiqarish davri
|
Sotish davri
|
Iste’molchilarning talab va takliflarini o‘rganish
|
Marketing konsep- siyasini qo‘llash
|
Reklama
|
Reklama
|
Savdo xodimlarini tayyorlash
|
Savdo xodimlarini tayyorlash
|
Buyurtma olish
|
Buyurtma olish
|
Buyurtma olish
|
Tovarlarni yetkazib berish. Xizmatlarni bajarish
|
Tovarlarni yetkazib berish. Xizmatlarni taqdim etish
|
Tovarlarni yetkazib berish. Xizmatlarni ko‘rsatish
|
Sanoat inqilobi
|
1930-yillar. Ikkinchi jahon urushi
|
Bizning kunlarda
|
1-rasm. Marketing tadriji.
MARKETING KONSEPSIYASI
Do'stlaringiz bilan baham: |