Qарши-2007 Taqrizchilar: I f. n dots. Sh. Karimov


- Mavzu. Ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarish



Download 0,9 Mb.
bet73/208
Sana31.12.2021
Hajmi0,9 Mb.
#247267
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   208
Bog'liq
Ekologiya

11 - Mavzu. Ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarish.
11.1. Xodimning mehnat salohiyati.

11.2. Tashkilotlarda mehnat resurslaridan foydalanish.

11.3. AQSh va Yaponiya firmalarida xodimlarni boqarish tamoyillarining o’ziga xos xususiyatlari.

11.1. Xodimning mehnat salohiyati.

Xodimning mehnat salohiyati bir tomondan ishlab chiqarish faoliyatida ma’lum shartlarda ma’lum natijalarga erishishga qaratilgan jismoniy va ma’naviy imkoniyatlari to’plami bo’lsa, ikkinchi tomondan mehnat jarayonida takomillashish, ishlab chiqarishda o’zgarishlar bo’lishi oqibatida yuzaga kelgan yangi vazifalar, masalalarni yechish imkoniyatlaridir. Xodimning kelajakdagi mehnat hulqini uning mehnat salohiyati belgilab beradi.

Xodimning salohiyatlarini ayirboshlash muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Xodimlar mehnati malakaviy, ruhiy va shaxsiy salohiyatlari orasidagi uyg’unlik darajasiga bog’liq ravishda natija beradi. Ushbu salohiyatlarni boshqarish mexanizmlari bir-biridan farq qiladi.

Korxona xodimlarining mehnat salohiyati tavsiflari shartli ravishda ikki guruhga ajratiladi:

* har bir (alohida) xodimni hamda umuman korxona mehnat jamoasining mehnat va ishlab chiqarish jarayonlarida qatnashish imkoniyatlarini miqdor jihatidan o’lchash imkonini beruvchi miqdoriy tavsiflari;

* korxonadagi har bir (alohida) xodimning imkoniyat va qobiliyatlarini aks ettiruvchi sifat tavsiflari.

Miqdoriy tavsif ma’lum davrda korxona ixtiyoridagi xodimlar soni bilan ifodalanishi mumkin. O’zgaruvchan bozor sharoitida korxona ish o’rinlarining xodimlar bilan to’liq bandligini, xodimlarning korxonaga uzoq muddatga bog’liqligini, ishlab chiqarish faoliyatining uzluksiz va iqtisodiy jihatdan samarali ishlashini tashkil etish uchun korxona tarkibidagi bo’limlar ichida kadrlarni to’g’ri joylashtirishni ta’minlash juda muhimdir. Korxona xodimlarining ratsional tarkibi va tuzilishi ishlab chiqarish masalalarini o’z kuchlari bilan va operativ ravishda hal etish imkoniyatini beradi.

Mehnat salohiyatining sifat tavsiflari tarkibi jihatidan ancha murakkabdir. Mehnat salohiyatining uch tarkibiy elementini tavsiflovchi uch tur sifat tavsiflari guruhini ajratish mumkin:

1. Psixofiziologik salohiyat insoniyat imkoniyatlari va moyilliklari, sog’lig’i, ishchanligi, chidamliligi, asab tizimi turi va hokazolardir, ya’ni xodimning ishlab chiqarish jarayonida unumli qatnashish imkoniyatini aks ettiradi.

2. Kasbiy salohiyat xodimni ma’lum mohiyat va marukkablik darajasida ishni bajarish imkoniyatini bog’lovchi umumiy va maxsus bilimlar, mehnat ko’nikmalarining hajmi, chuqurligi ko’p qirraligini aks ettiradi.

3. Ijtimoiy-ruhiy salohiyat (shaxs salohiyati) inson ehtiyojlari ierarxiyasidan kelib chiqqan holda fuqarolik ongi va ijtimoiy yetuklik darajasi, qadriyatlar, manfaatlar mehnat sohasidagi ehtiyoj va istaklarini aks ettiradi, ya’ni xodimning shaxsiy xususiyatlarini ishga solish, ulardan mehnat jarayonida foydalana olish imkoniyat darajasini ifodolovchi ko’rsatkich orqali ifoda etiladi.

Maslou piramidasi shuni ko’rsatadiki, inson qancha tartibli va motivatsiyalangan bo’lsa, uning mehnat salohiyati ham shunchalik yuqori bo’ladi.

Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida mehnat salohiyatining alohida sifat tavsiflarining ahamiyati vaqt o’tishi bilan o’zgarib turadi, masalan, mehnat salohiyati tavsiflari orasida ma’lumot darajasining ahamiyati. Ta’lim tizimi texnologik rivojlanishni belgilab beradi, chunki ta’limga qilingan xarajatlar inson kapitali zaxirasini o’stiradi, insonning rivojlanishini ta’minlaydi va natijada iqtisodiyotning yangi g’oyalar ishlab chiqish qobiliyatini oshirish orqali yangi intensiv texnologiyalar sohasida ma’lum darajada ustunliklarga erishish imkoniyatini beradi.

Shu boisdan kasbiy ta’lim mehnat salohiyatini kasbiy-malakaviy tarkibidagi o’zgarishlarni shakllantiruvchi asosiy omildir. Bu xususiyat ta’limning iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurishda asos bo’lishiga yo’l ochib beradi.

Mehnat salohiyati tarkibida ijtimoiy shaxsiy jihatni alohida ko’rib chiqilishidan maqsad xodimning ijtimoiy imkoniyatlariga e’tiborni qaratishdir. Ushbu jihat insonning o’zini o’zi o’zgartirish va rivojlantirish imkoniyatlarini tavsiflaydi.

Shaxsiy salohiyat quyidagi asosiy elementlarni o’z ichiga oladi:

* hamkorlik qilish, jamoada ishlash qobiliyatlari (kommunikativ salohiyat);

* ijodiy qobiliyatlar (ijodiy salohiyat); qiymat va motivatsion sifatlar ( ma’naviy salohiyat).


Xodimning mehnat salohiyatini baholash korxonaning maqsadlariga muvofiq bu salohiyatning miqdori, sifati, layoqati va foydalanish darajalarini aniqlanishini ko’zda tutishi kerak.

Korxonaning mehnat salohiyati xodimning mehnat salohiyatidan farq qiladi, chunki tizimni tashkil etuvchi tarkibiy qismlarni oddiy yig’indisi emas, ya’ni korxonani mehnat salohiyati unda ishlovchi xodimlarni mehnat salohiyatlari yig’indisi emas, chunki tizimni tashkil etuvchi elementlarning o’zaro ta’siri natijasida sinergetik yuzaga keladi.

Ishlab chiqarish korxonasining mehnat salohiyati quyidagi omillarning aloqadorligi shaklida yuzaga keladi: xodimlarning umumiy va alohida kategoriyalar bo’yicha soni; belgilangan ish vaqti miqdori; mehnat intensivligi darajasi; ish kuchi sifati ( umumta’lim va kasbiy tayyorgarlik, jismoniy salomatlik darajalari); ijtimoiy fiziologik omillar (mehnat muhofazasi, kasbiy kasalliklar darajasi va ishlab chiqarish jamoasi); ijtimoiy- psixologik omillar (mehnatdan qoniqish darajasi shaxslararo munosabatlar shakli); ijtimoiy-iqtisodiy omillar (iqtisodiy vositalar va rag’batlarning amaldagi tizimi, kadrlar ko’nimsizligi darajasi).

Korxonaning mehnat salohiyati, ishlab chiqarishning ma’lum tashkiliy-texnik, ijtimoiy-iqtisodiy shartlarida mehnat borasida amalda foydalanilayotgan va hali tadbiq etilmagan jami imkoniyatlarini tavsiflaydi. Korxonaning mehnat salohiyati jamoaning mavjud shartlarida ma’lum iqtisodiy natijaga erishish imkoniyatlarini ifoda etadi.

Korxona mehnat salohiyatining tarkibiy tuzilishi xodimlar guruhlarini va ular o’rtasidagi munosabatlarning turli demografik, ijtimoiy funksional, kasbiy va boshqa tavsiflarining nisbati shaklida namoyon bo’ladi. Odegov Yu.G. korxona mehnat salohiyatini tarkibiy jihatdan quyidagi qismlardan iborat deb hisoblaydi:4


Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish