Kuchli davlat – omma faoliyatiga asoslangan kuchli boshqaruv tizimiga, rivojlangan iqtisodiyot, yuksak ma’naviyatga ega bo’lgan davlat. Bunday davlat mustahkam iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy asosga ega bo’ladi. Uning qudrati fuqarolar hamjihatligi, jamiyatdagi do’stlik va bag’rikenglik, har bir fuqaroning onglilik darajasi, davlat boshqaruvidagi faol ishtirokiga asoslanadi.
Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari – mustahkam iqtisodiy asosga ega bo’lgan, demokratik qadriyatlar qaror topgan, ma’naviy–ma’rifiy yuksaklikka erishgan va boshqaruvning demokratik uslublari shakllangan davlatdan jamoat va nodavlat tashkilotlari hal qiluvchi o’rin tutadigan jamoatchilik fikri, tashabbusi va davlat idoralari ustidan nazorati ustuvor ahamiyat kasb etadigan, fuqarolar o’zini-o’zi boshqarish idoralarining roli muttasil ortib boradigan jamiyatga o’tish konsepsiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |