Inventarizatsiya – korxonalar, firmalar, tashkilotlarda naqd mulk va tovarlarni ro’yxatdan o’tkazish; natura holidagi boyliklarning mavjudligi yoki holatini, mablag’larni muntazam tekshirib turish, shuningdek, ularning moddiy boyliklarni hisobga olish qaydnomalariga muvofiqligini aniqlash maqsadlarida davriy qayta hisobga olish.
Investitsion kreditlar – ishlab chiqarishni kengaytirish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish, yangi bino va inshootlarni qurish uchun zarur bo’lgan vositalar hamda qimmatli qog’ozlarni sotib olish maqsadida olingan uzoq muddatli kreditlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |