1920-yillar. Radioreklamalar
1920 – yillarda radiodetallar va radio apparatlar ishlab chiqaruvchilar soni ortib ketdi. Ular o‘z mahsulotlari sotuv hajmini oshirish uchun o‘z radiostansiyalari ochadilar va unda o‘z mahsulotlarini reklama qila boshladilar. Vaqt o‘tishi bilan turli klublar, xususiy maktab va notijorat uyushmalar radioda reklamalar bera boshladilar. Radiodasturlarga homiylik qilish tobora kengayib borgani sari har bir radiodastur o‘z homiysiga ega bo‘la boshladi. Buning evaziga esa o‘sha radiodastur davomida homiy kompaniyani ko‘klarga ko‘tarib maqtashi kerak edi.Vaqt o‘tishi bilan radiostansiya egalari radiodasturlarga homiylik qilish huquqlarini qisqa muddatga avvalgidan kattaroq pul evaziga sota boshladilar. Keyinchalik esa bitta radioeshittirish davomida bir necha kompaniyalar va ularning mahsulot va xizmatlari yangray boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |