Boshkaruv usullari – bu xodimlarga va umuman ishlab chikarish jamoalariga ta‘sir ko’rsatish usullari bo’lib, bu usullar ko’yilgan maksadlarga erishish jarayonida mazkur xodimlar va jamoalarning faoliyatini uygunlashtirishni nazarda tutadi.
Boshkarish usullari ishlab chikarish yoki xizmat ko’rsatish jarayonidagi mavjud munosabatlardan obektiv tarzda kelib chikadi.
Boshqarish usullari – boshqarish maqsadlariga erishish usullari yig’indisidir. Umumiy ko’rinishda boshqarishning maqsadi mavjud cheklangan resurslar bilan reja, topshiriqlarini to’liq hajmda o’z vaqtida va sifatli bajarishdir. Boshqarish usullari boshqarish tizimi pillapoyasida tegishli pog’onani egallovchi bir mavqedagi barcha rahbarlar uchun yagona qoidadir. Biroq, tegishli lavozimlar haqidagi yo’riqnomalar, qoida va malakaga oid ma’lumotnomalarda alohida rahbarning boshqarish usullari uning boshqarish obyekti o’ziga xosligini hisobga olgan holda aniqlashtiriladi.
Boshqarish nazariyasi va amaliyotida boshqarishning uch – ma’muriy, iqtisodiy hamda tarbiyaviy usullari mavjud.
Boshqarish usullari haqida so’z borar ekan, birinchi navbatda biz “usul” terminologiyasi mazmunini, “usullar” to’g’risidagi tushunchaga ega bo’lishimiz lozim.
Usul — bu tadqiqot qilish yoki ta’sir ko’rsatish usulidir.
Tadqiqot qilish nuqtai nazaridan uslub deganda menejmentini o’rganish jarayonida qo’llaniladigan usullar tushuniladi, ya’ni:
* sistema (tizim)li yondashuv;
* kompleks yondashuv;
* tarkibiy yondashuv;
* integratsion yondashuv;
* modellashtirish;
* iqtisodiy matematik yondashuv;
* kuzatish;
* eksperiment
* ijtimoiy kuzatuv kabi tahlilning ilmiy usullari tushuniladi.
Ta’sir ko’rsatish nuqtai nazardan uslub deganda, menejment funksiyalarini amalga oshirish uchun boshqaruv obyektiga ta‘sir o’tkazish usullari tushuniladi. Bunday usullarga quyidagilar kiradi:
* funksional tizimosti obyektlarini boshqarish usuli;
* menejment funksiyalarini bajarish usullari;
* menejment qarorlarini qabul qilish usullari .
Har xil yondashuvlar, yo’llar yordamida amalga oshiriladigan turli-tuman boshqaruv ishlarining majmui — menejmentnin aniq va o’ziga xos usullari, deb yuritiladi.
Shunday qilib, menejment usullari — boshqarish maqsadlariga erishish usullar yig’indisidir.
Boshqarish usullari ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish jarayonidagi mavjud munosabatlardan obyektiv tarzda kelib chiqadi. Masalan:
Funksional tizimosti bo’limlarni boshqarish usuli boshqariladigan obyektlarning tuzilishi bilan bog’liq bo’lib, uning tarkibidagi bo’limlarni boshqarishda qo’llaniladigan o’ziga xos usullarni o’z ichiga oladi.
Ularni quyidagi tizimosti bo’limlar misolida ko’rish mumkin.
“Ishlab chiqarish bo’limi” :
* mahsulotni pishiq (ishonchliligini) tahlil qilish;
* mahsulot sifatini nazorat qilish;
* omilli tahlil;
* funksional tahlil;
* ishchi kuchi, uskuna va materiallardan foydalanishni nazorat qilish;
Marketing bo’limi:
* tovarlar bozorida korxonaning mavqeini diagnostika qilish;
* korxonaning bozorga chiqish imkoniyatlarini tahlil qilish;
* yangi mahsulot va yangi bozorlarga chiqish bo’yicha ehtiyojlarni aniqlash;
* marketing konsepsiyasini ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |