«Fitch Reytings», «Mudis», «Standart end Purs» xalqaro reyting kompaniyasi – faoliyati banklar, moliyaviy institutlar, investitsiya va aksionerlik kompaniyalarining kredit layoqatini o’z vaqtida va aniq baholashga yo’naltirilgan xalqaro reyting agentliklari.
Fond bozori – qimmatli qog’ozlar va boshqa moliyaviy vositalarning oldi-sotdi jarayonlari amalga oshiriluvchi maxsus tashkillashtirilgan bozor.
Fuqarolik jamiyati – Konstitusiyaviy huquq nazariyasida ijtimoiy hayotning huquq va demokratiyaga asoslangan zaruriy va oqilona usuli, insonga uning iqtisodiy va siyosiy borliqning shakllarini erkin tanlash huquqi kafolatlanadigan, inson huquqlari qaror topadigan, mafkuraviy plyuralizm ta’minlanadigan ijtimoiy tuzum.
Do'stlaringiz bilan baham: |