«Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat banki – qishloq qiyofasini va qishloq aholisining uy-joy sharoitlarini sifatli yaxshilash, qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, uy-joy qurilishini uzoq muddatli imtiyozli kreditlash tizimini keng joriy etish maqsadida hamda «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturiga muvofiq 2009 yil 30 martda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to’g’risida»gi qaroriga muvofiq «G’alla-bank» aksiyadorlik tijorat banki negizida tashkil etilgan. «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat bankining ustav kapitali 150 milliard so’m miqdorida shakillantirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |