Kompyuter grafikasi – bu EHM yordamida ob’ektlar modellari va ularning tasvirlarini yaratish, saqlash va qayta ishlash demakdir. Ushbu texnologiya iqtisodiy tahlil, turli xil konstruksiyalarni modellashtirish sohasiga kirib boradi. Ishlab chiqarishda uning o‘rnini hech nima bosa olmaydi. U reklama faoliyatiga ham kirib borgan. Raqamli protsessor yordamida shakl-lantiriladigan va qayta ishlanadigan tasvirlar namoyish qilinadi-gan va animatsion bo‘lishi mumkin. Birinchi guruhga odatda, tijorat (tadbirkorlik va illyustratsiya grafikasi, ikkinchi guruhga – muhandislik va ilmiy grafika, shuningdek, yakka tasvirlar emas, film ko‘rinishida ketma-ket beriluvchi tasvirlardan. iborat reklama, san’at va o‘yinlar grafikasi (interaktiv variant) ham kiradi. Interaktiv mashina grafikasi zamonaviy axborot texnologiyalari ichida nisbatan ilg‘or yo‘nalishlardan biri sanaladi.
Mazkur yo‘nalish yangi grafik stansiyalar hamda ixtisoslashgan jadal rivojlanmoqda. Ixtisoslashgan dasturiy vositalar sifat jihatidan videofilm kadrlari bilan tenglashadigan harakatlanuvchi tasvirlar yaratish imkonini beradi.
Kompyuter bilan matnli, grafik, audio va video axborot almashuvini dasturiy-texnik tashkil etish multimedia-texnologiya deb nom olgan. Bunday texnologiyani multimedia yordamida ega bo‘lgan va kasb faoliyatida, o‘quv, ta’lim, ilmiy ommabop, uyin sohalarida foydalanish imkonini beruvchi maxsus dasturiy vositalar amalga oshiradi. Mazkur texnologiyani iqtisodiy faoliyatda qo‘llash davomida kompyuterdan tasvirga ovoz berish, shuningdek, ular orqali inson nutqini tushunish, kompyuter orqali mutaxassisning ona tilida suhbat yuritish borasidagi imkoniyatlarga qo‘l ochiladi.
Bundan tashqari fayl ochish, axborotni yozib chiqarishga yuborish va boshqa operatsiyalar orqali yaqin kelajakda kompyuterning ayrim, uncha murakkab bo‘lmagan buyruqdarini ovoz orqali qabul qilish qobiliyatini yaratish borasida ham ma’lum bir yutuqlarga erishish mumkin.
Foydalaniladigan interfeys turi bo‘yicha AAT ni foydala-nuvchining axborot va hisoblash resurslariga kirib borish imkoniyati nuqtai nazardan ko‘rib chiqish mumkin.
Shunday qilib, paketli AAT axborotni qayta ishlash avtomat tarzda amalga oshirilayotgan paytda foydalanuvchining unga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini yarata olmaydi. Bu shu bilan izohlanadiki, axborot qayta ishlashni tashkil etish operatsiyaning dasturiy jihatdan ketma-ketligi bajarilishiga bog‘liq. Dialogli AAT paketli AATdan farqdi ravishda, tizimda saqlanadigan axborot resurslaridan ma’lum bir vaqt davomida foydalanish bo‘yicha cheksiz imkoniyatlar yaratib beradi. Ayni paytda tegishli masalalarni yechish va qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan barcha axborotga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |