5-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;
39-bandning oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
40-bandning uchinchi xatboshisidan “hamda zarur hollarda belgilangan tartibda qurilish qiymatining 30 foizigacha
bo‘lgan qismini Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish” so‘zlar chiqarib tashlansin;
41-bandning “b” kichik bandi chiqarib tashlansin;
7 va 8-boblar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
g) 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
d) 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
12. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi HQT, 2017-y., 3-son, 44-modda)
bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentining 33-bandida:
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi bilan — yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga bevosita yoki
bilvosita ta’sir qiladigan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari”;
yettinchi — o‘n yettinchi xatboshilar tegishlicha sakkizinchi — o‘n sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 265-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat
vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti to‘g‘risidagi nizomning 8-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. Departament joylashgan yeri (pochta manzili): 100017, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi,
2-uy.
Departament Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 2-uy manzilda joylashgan binoning 2 ta
qavatiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi”.
14. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 291-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2019-y., 15-son, 284-modda)
bilan tasdiqlangan Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
48-band “Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,” so‘zlaridan keyin “Yoshlar ishlari agentligi,” so‘zlari qo‘shilsin;
52-band “mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmalari,” so‘zlaridan keyin “Yoshlar ishlari agentligi va uning
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari” so‘zlari qo‘shilsin;
1-ilovaga quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmasi vakili”;
to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
15. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi 434-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida Ekologik
ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar rejasining 18-bandi “Moliyalashtirish manbai”
ustunidagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi mablag‘lari” so‘zlari “Davlat ekologiya qo‘mitasining budjetdan tashqari
mablag‘lari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-yanvardagi 3-son qarori bilan tasdiqlangan Tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir
etgan yoki sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarning zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturidan o‘tishi
tartibi to‘g‘risida nizomning 11-bandi oltinchi xatboshisidagi “Yoshlar ittifoqining hududiy bo‘linmalarida” so‘zlari “Yoshlar
ishlari agentligining hududiy boshqarmalarida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 58-son qarori bilan tasdiqlangan Surxondaryo viloyatining Bandixon
tumanida 2020 — 2022-yillarda yangi ish o‘rinlari yaratish hamda yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy
infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining 18-bandida:
“Moliyalashtirish manbai” ustunidagi “Yoshlar ittifoqi jamg‘armasi mablag‘lari” so‘zlari “Mahalliy budjetning qo‘shimcha
manba mablag‘lari hisobidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
18. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalariga
stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizomga quyidagi mazmundagi 20 -band qo‘shilsin:
“20 . Oliy ta’lim muassasalaridagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilot yetakchisi bo‘lgan bakalavr va
magistratura bosqichida ta’lim olayotgan talabalarga, ularning ta’lim olish turi (grant yoki to‘lov-shartnoma asosida) va
o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’i nazar, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan bazaviy stipendiyaning besh baravari miqdorida har
oylik qo‘shimcha haq to‘lanadi.”.
Do'stlaringiz bilan baham: