Qarori voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. Markazlarning asosiy vazifalari, funksiyalari va vakolatlari



Download 419,3 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/14
Sana21.02.2022
Hajmi419,3 Kb.
#461664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
490 03.08.2021

2-bob. Markazlarning asosiy vazifalari, funksiyalari va vakolatlari 
8. Markazlarning asosiy vazifalari: 
qabul qilingan voyaga yetmaganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish; 
voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-pedagogik yordam ko‘rsatish, ularning yoshiga xos bo‘lgan 
psixofiziologik xususiyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlari, ijtimoiy moslashuvi va reabilitatsiyasi 
bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; 
voyaga yetmaganlarda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini shakllantirish; 
voyaga yetmaganlarga tibbiy-pedagogik yordam ko‘rsatish, ularning hayoti va sog‘lig‘ini 
saqlash; 
ijtimoiy jihatdan og‘ir ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam 
ko‘rsatish; 


voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha 
yakka tartibdagi profilaktika ishlarini tashkil etish. 
Markazlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi 
mumkin. 
9. Markazlar o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: 
a) qabul qilingan voyaga yetmaganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish 
sohasida: 
voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni 
bajarmagan, ularning majburiy umumiy ta’lim olishiga to‘sqinlik qilgan ota-onalar yoki ularning 
o‘rnini bosuvchi shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishida qatnashadi; 
yetim bolalar va ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni qabul qilishda vasiylik va homiylik 
organlariga ko‘maklashadi; 
voyaga yetmaganlarning doimiy yoki vaqtincha yashash manzili bo‘yicha oilasini o‘rganish 
ishlarini tashkil etadi; 
shaxsi aniqlanmagan voyaga yetmaganlar bo‘yicha, uning ota-onasi yoki ularning o‘rnini 
bosuvchi shaxslar haqidagi ma’lumotlarni olish yuzasidan davlat organlari, nodavlat notijorat 
tashkilotlariga hamda fuqarolik jamiyati institutlariga so‘rovlar yuboradi; 
b) voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-pedagogik yordam ko‘rsatish, ularning yoshiga xos 
bo‘lgan psixofiziologik xususiyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlari, ijtimoiy moslashuvi va 
reabilitatsiyasi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish sohasida: 
vakolatli organlar bilan hamkorlikda Markazlarga joylashtirilgan ijtimoiy jihatdan og‘ir 
ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlar uchun ish joylari kvotasini belgilash bo‘yicha aniq maqsadga 
yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi; 
voyaga yetmaganlarning Markazlardan chiqarish davrida ularning voyaga yetganlari 
orasidan ishsiz bo‘lganlarni ishga joylashtiradi yoki mehnat bozorining real talablaridan kelib chiqqan 
holda kasb-hunarga tayyorlash choralarini ko‘rish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi; 
voyaga yetmaganlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga 
qiziqishlarini oshirish maqsadida ular bilan Markazlarda ishlash uchun ijod sohasidagi malakali 
mutaxassislarni jalb qiladi; 
voyaga yetmaganlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon 
qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi; 
v) voyaga yetmaganlarda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini shakllantirish sohasida: 
voyaga yetmaganlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, 
Konstitutsiya 
va qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini yetkazadi; 
voyaga yetmaganlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini oshirish choralarini 
ko‘radi; 
voyaga yetmaganlar ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odob-
axloq normalarini chuqur singdirib boradi; 
voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish bo‘yicha huquqiy-
ma’rifiy tadbirlarni tashkil qiladi, shuningdek, har bir voyaga yetmagan bilan unda davlat ramzlari 
bilan faxrlanish tuyg‘ularini shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini 
kuchaytirishga qaratilgan tarbiyaviy ishar olib borilishini ta’minlaydi; 
g) voyaga yetmaganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, ularning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash va 
muhofaza qilish sohasida: 
Markazlarni dori vositalari, tibbiy buyumlar va zarur tibbiy texnikalar bilan ta’minlash 
ishlarini sog‘liqni saqlash sohasidagi davlat boshqaruvi organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari 
bilan hamkorlikda tashkil etadi; 
respublika o‘quv-tarbiya muassasalariga yoxud vazirlik va idoralar tasarrufidagi 
umumta’lim, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga joylashtirilishi rejalashtirilgan voyaga 
yetmaganlarni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish yakuni bo‘yicha ma’lumotlarni belgilangan tartibda ish 
hujjatlariga qo‘shib yig‘ib boradi; 


d) ijtimoiy jihatdan og‘ir ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam 
ko‘rsatish sohasida: 
ijtimoiy jihatdan og‘ir ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlarning sog‘lom muhitda 
yashashini ta’minlash choralarini qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi; 
qabul qilingan voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi, qarovsizligiga, huquqbuzarliklar yoki 
boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishiga imkon beradigan sabablar va shart-sharoitlarni 
aniqlaydi 
qabul qilingan voyaga yetmaganlar to‘g‘risida tegishli davlat organlari va boshqa 
tashkilotlarni xabardor qiladi; 
e) voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha 
yakka tartibdagi profilaktika ishlarini tashkil etish sohasida: 
qabul qilingan voyaga yetmaganlar bilan profilaktika ishlarini olib borilishini tashkil etadi 
va nazorat qiladi; 
yakka tartibdagi profilaktika ishlarini tashkil etish samaradorligini oshirish choralarini 
ko‘radi. 
Markazlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi 
mumkin. 
10. Markazlar o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish doirasida quyidagi 
vakolatlarga ega: 
uch yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarning shaxsini aniqlash, 
hayoti, sog‘lig‘ini muhofaza qilish yoki ular tomonidan takroran huquqbuzarliklar sodir etilishining 
oldini olish maqsadida ularni kecha-kunduz qabul qilishni hamda vaqtincha saqlashni ta’minlash;
olib kelingan voyaga yetmaganlar bilan yakka tartibda profilaktika ishini olib borish, voyaga 
yetmaganlarning nazoratsizligi, qarovsizligi, huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-
harakatlar sodir etishiga imkon yaratadigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bu haqda 
tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlarni xabardor qilish; 
voyaga yetmaganlarni ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalariga olib borish, 
shuningdek, ushbu muassasalarda saqlanayotgan voyaga yetmaganlarni joylashtirish bo‘yicha boshqa 
chora-tadbirlarni amalga oshirish;
olib kelingan voyaga yetmaganlarni ijtimoiy himoya qilish choralarini ko‘rish, ular bo‘yicha 
davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat va notijorat tashkilotlariga tegishli so‘rovlar 
jo‘natish va zarur ma’lumotlarni olish; 
olib kelingan voyaga yetmaganlarni respublika o‘quv-tarbiya muassasalariga yoxud vazirlik 
va idoralar tasarrufidagi umumta’lim, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga yuborilishi maqsadga 
muvofiqligi yuzasidan voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyaga xulosa 
taqdim etish; 
qonunchilik hujjatlariga muvofiq xalqaro hamkorlikni amalga oshirish. 
Markaz qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 
Markazlar ularga olib kelingan voyaga yetmaganlar bo‘yicha yuborilgan so‘rovlar va boshqa 
ma’lumotlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda taqdim etmagan davlat organlari 
mas’ul shaxslarining harakati (harakatsizligi) to‘g‘risida tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 
viloyatlar yoki Toshkent shahar prokuraturasini xabardor qiladi. 

Download 419,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish