Qarori prezident maktablari to‘G‘risida nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Prezident maktablari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash



Download 291,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/17
Sana06.01.2022
Hajmi291,02 Kb.
#325187
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
526-сон 25.06.2019. Prezident maktablari to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida

7-bob. Prezident maktablari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash

63. Prezident maktablarida lavozimlar va shtat birliklarining namunaviy shtatlar jadvali

ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq kiritiladi.

64.  Prezident  maktablari  o‘qituvchilarining  pedagogik  yuklamalari  umumta’lim

muassasalari uchun o‘rnatilgan tartibda belgilanadi.

65. Prezident maktablari xodimlarining ish haqi ushbu Nizomda nazarda tutilgan asosiy

ish haqini, shuningdek, qo‘shimcha to‘lovlar va ustama haqni o‘z ichiga oladi.

66. Prezident maktablarining ma’muriy-boshqaruv, pedagogik, o‘quv-yordamchi, texnik

va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari lavozim maoshiga 100 foiz oylik ustama haq to‘lanadi.

67.  Prezident  maktablarining  ma’muriy-boshqaruv,  pedagogik,  o‘quv-yordamchi

xodimlarini yuqori malakali va samarali mehnatini moddiy rag‘batlantirish va mukofotlash, o‘z

kasbiga  sadoqatliligi,  tashabbuskorligi  va  professionalligini  oshirish  maqsadida  Prezident

maktablari  xodimlarini  moddiy  rag‘batlantirish  jamg‘armasidan  (keyingi  o‘rinlarda  Moddiy

rag‘batlantirish jamg‘armasi deb ataladi) to‘lanadigan tayanch lavozim maoshiga nisbatan har

oylik va bir martalik ustama haqlar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq belgilanadi.

68.  Moddiy  rag‘batlantirish  jamg‘armasi  barcha  Prezident  maktablarida  tashkil  etiladi

va Prezident maktabi ish haqi fondining 200 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda tuziladi.

69.  Agar  ish  shartlari  va  hajmi  bo‘yicha  ushbu  Nizom  bilan  tasdiqlangan  namunaviy

shtatlar  ularga  tatbiq  etilmasa,  vazirlik  mehnatga  haq  to‘lashning  tasdiqlangan  fondi  (10

foizdan  ko‘p  bo‘lmagan)  doirasida  Prezident  maktablarining  shtat  birliklari  soniga

o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega.

70.  Vazirlar  Mahkamasining  2019-yil  25-martdagi  244-son  qarori  bilan  tasdiqlangan

O‘zbekiston  Respublikasiga  xorijdan  ishchi  kuchini  jalb  qilish  va  undan  foydalanish  tartibi

to‘g‘risidagi nizomning 4-bandiga muvofiq yuqori malakali va (yoki) malakali mutaxassislarni,

shuningdek, Prezident maktablarida ishlash uchun o‘qituvchilar va mutaxassislarni jalb etishda

ish beruvchining ruxsatnoma olishi talab etilmaydi.

71. Xorijiy o‘qituvchi va mutaxassislarning (keyingi o‘rinlarda xorijiy mutaxassislar deb

ataladi)  mehnatiga  haq  to‘lash  ular  bilan  tuzilgan  shartnoma  asosida  amalga  oshiriladi.




Mehnatga haq to‘lash miqdori xorijiy mutaxassislarning malakasi va tajribasidan kelib chiqqan

holda,  shu  bilan  birga  mukofotning  chegaralangan  summasi  oyiga  5000  (besh  ming)  AQSh

dollari (yoki ekvivalent)dan oshmasligi lozim.

Xorijiy  mutaxassislarning  mehnatiga  haq  to‘lash  mehnat  shartnomasida  belgilangan

miqdorda erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada amalga oshiriladi.

72.  Xorijiy  mutaxassislar  bilan  tuzilgan  shartnomada  xorijiy  mutaxassislarni  va

ularning  oila  a’zolarini  (turmush  o‘rtog‘i  va  voyaga  yetmagan  farzandlari)  turar  joy  bilan

ta’minlash,  ikki  tomonga  aviachiptalarni  sotib  olish,  tibbiy  xizmat  ko‘rsatish  (tibbiy  sug‘urta)

xarajatlarini  Prezident  maktablari  tomonidan  qoplash  to‘g‘risida  (qisqa  muddatli  xorijiy

mutaxassislar  bundan  mustasno)  hamda  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  boshqa

shartlar nazarda tutilishi mumkin.


Download 291,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish