rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Prezident maktablarining mahalliy o‘qituvchilari va xodimlarini
(o‘rindosh xodimlar) qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.
2. Prezident maktablarining xodimlari uchun belgilanadigan rag‘batlantiruvchi
(qo‘shimcha) to‘lovlar va ustamalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa moddiy rag‘batlantirish
turlariga qo‘shimcha tarzda belgilanadi.
2-bob. Rag‘batlantiruvchi (qo‘shimcha) to‘lovlar va ustamalar hamda ularni to‘lash
shartlari
3. Prezident maktablari xodimlariga har oylik va bir martalik rag‘batlantiruvchi
(qo‘shimcha) to‘lovlar belgilanishi mumkin.
Mazkur Nizomda belgilangan rag‘batlantiruvchi (qo‘shimcha) to‘lovlar ro‘yxati va
miqdori Prezident maktabi Ijrochi direktorining buyrug‘i asosida belgilanadi.
4. Xodimlarga ustamalar quyidagicha belgilanadi:
asosiy ish joyidan shtat jadvaliga va Prezident maktabi tarifikatsiyasiga muvofiq bazaviy
ish haqiga nisbatan foiz hisobida;
o‘rindoshlik asosida soatbay ish haqiga nisbatan foiz hisobida.
5. Pedagog xodimlarga har oylik ustamalar quyidagi miqdorlarda va samaradorlik
mezonlari asosida belgilanishi mumkin:
a) o‘quvchilarning mustaqil nazorat ishlari (kirish, oraliq, yakuniy nazorat) natijalari
bo‘yicha pedagog xodim faoliyatining samaradorligini baholash. Samaradorlik mezonlari
pedagog dars olib boradigan barcha sinflarda barcha o‘quvchilarning o‘rtacha ballari bo‘yicha
hisoblanadi. Bunda:
yuqori natijalar (a’lo) uchun — asosiy ish haqining 100%;
yaxshi natijalar (yaxshi) uchun — asosiy ish haqining 50% miqdorida ustamalar
belgilanadi;
b) o‘quvchilarning mustaqil nazorat ishlari yakunlari (kirish, oraliq, yakuniy nazorat)
bo‘yicha pedagog xodimning ta’lim berish natijalari ijobiy dinamikasining samaradorlik
mezonlari ketma-ket ikki nazorat ishi natijalari bo‘yicha barcha o‘quvchilarning o‘rtacha ballari
o‘rtasidagi farq sifatida hisoblanadi. Bunda ijobiy o‘zgarishlarning aniq dinamikasi (o‘rtacha
ballning 10% dan ortiq o‘sishi) — 50% tayanch ish haqi sifatida belgilanadi;
Ushbu ustama pedagog xodimning natijalari ushbu bandning “a” kichik bandi bo‘yicha
qo‘shimcha haq to‘lash uchun yetarli bo‘lmagan holatda belgilanadi;
v) o‘quv yili yakunlariga ko‘ra, barcha Prezident maktablari o‘quvchilari o‘rtasida
o‘quvchilarning mustaqil nazorat ishlari (yakuniy nazorat) natijalari bo‘yicha pedagog xodim
faoliyatining samaradorligini baholash. Samaradorlik mezonlari pedagog dars olib boradigan
sinflarda barcha o‘quvchilarning o‘rtacha ballari bo‘yicha hisoblanadi. Bunda:
eng yaxshi natija (1-o‘rin) — asosiy ish haqining 60%;
ikkinchi eng yaxshi natija (2-o‘rin) — asosiy ish haqining 40%;
uchinchi eng yaxshi natija (3–o‘rin) — asosiy ish haqining 20% miqdorida ustamalar
belgilanadi;
g) oraliq va yakuniy nazoratlar uchun sinov materiallarini ishlab chiqish:
1 ta variant uchun — 15%;
2 ta variant uchun — 20%;
3 ta variant uchun — 25% miqdorida ustamalar belgilanadi;
d) o‘quvchining kurs yoki loyiha ishiga rahbarlik qilinadigan har bir loyiha ishi uchun
— 25%;
e) o‘quvchilarni qo‘shimcha va fakultativ darslarga jalb qilish bo‘yicha pedagog (sinf
rahbari) faoliyatining faolligi. Ushbu ko‘rsatkich o‘qituvchining sinf rahbarligi ostida sinfda
o‘quvchilarning umumiy soniga fakultativ, to‘garaklar va boshqa tizimli darslarga qatnaydigan
o‘quvchilarning ulushi sifatida hisoblanadi;
70 dan 100% gacha — asosiy ish haqining 30%;
40 dan 69% gacha — asosiy ish haqining 15%;
j) pedagogning ingliz tilini bilishi, xalqaro testlardan o‘tganlik to‘g‘risidagi tasdiqlangan
sertifikati:
IELTS 6,0 va undan yuqori ball /TOEFL IBT 60 dan 78 ballgacha/ CEFR B2 (yoki analog) —
asosiy ish haqining 60%;
IELTS 5,0 — 5,5 ball /TOEFL IBT 35 dan 59 ballgacha/ CEFR B1 (yoki analog) — asosiy ish
haqining 30% miqdorida ustamalar belgilanadi;
z) Times Nigher Education (TNE), QS World University Rankings universitetlari
reytingiga yoki pedagogika bo‘yicha milliy ta’lim va/yoki ilmiy muassasalar ilmiy darajasiga
ko‘ra TOP-1000 ro‘yxatiga kiritilgan yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarining diplomi
mavjudligi:
yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari magistri diplomi yoki unga tenglashtirilgan, milliy
ta’lim va/yoki ilmiy muassasalarning fan nomzodi darajasi — lavozim maoshining 50%;
yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarining PhD darajasi yoki unga tenglashtirilgan, milliy
ta’lim va/yoki ilmiy muassasalarning fan doktori darajasi — lavozim maoshining 100% ni
tashkil etadi.
Ushbu samaradorlik mezonlari uchun ustama pedagogning (ilmiy jihatdan asoslangan
yangi, ilg‘or o‘qitish usullarini ishlab chiqish (joriy etish) bo‘yicha) faol uslubiy ishlarini ko‘zda
tutadi. O‘qituvchining metodologik ishining qoniqarsiz natijalari yuzaga kelganda, ustama
bekor qilinishi mumkin. Anjumanlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etmaslik, nashrlarda
maqolalarning va o‘quv-uslubiy ishlanmalarning yo‘qligi qoniqarsiz natija hisoblanadi;
i) Olimpiada g‘oliblari va sovrindorlarini tayyorlash bo‘yicha pedagogning natijalari
(ustama miqdorini hisoblashning eng yaxshi uchta sovrinli o‘rni uchun qo‘shimcha to‘lovlar
bilan cheklangan):
shahar miqyosida (1 — 3 o‘rin uchun)
1- o‘rin uchun — asosiy ish haqining 45%;
2-o‘rin uchun — asosiy ish haqining 30%;
3-o‘rin uchun — asosiy ish haqining 15%;
viloyat (hududiy) miqyosida:
1-o‘rin uchun — asosiy ish haqining 60%;
2-o‘rin uchun — asosiy ish haqining 40%;
3-o‘rin uchun — asosiy ish haqining 20%;
respublika miqyosida (1 — 3 o‘rin uchun):
1-o‘rin uchun (oltin medal) — asosiy ish haqining 100%;
2-o‘rin uchun (kumush medal) — asosiy ish haqining 75%;
3-o‘rin uchun (bronza medal) — asosiy ish haqining 50%;
xalqaro miqyosda (1 — 3 o‘rin uchun):
1-o‘rin uchun (oltin medal) — asosiy ish haqining 200%;
2-o‘rin uchun (kumush medal) — asosiy ish haqining 175%;
3-o‘rin uchun (bronza medal) — asosiy ish haqining 150%.
6. Pedagog xodimlarga bir martalik ustama quyidagi samaradorlik mezonlari asosida va
quyidagi miqdorlarda belgilanishi mumkin:
a) o‘qituvchining professional tanlovlarda ishtirok etish natijasi:
shahar miqyosdagi mukofot — asosiy maoshning 50%;
respublika miqyosidagi sovrin — asosiy ish haqining 100%;
xalqaro miqyosdagi sovrin — asosiy ish haqining 150%;
b) umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi xalqaro manbalarda (Scopus, WoS yoki analog)
indekslangan jurnallarda maqola nashr etilishi — asosiy ish haqining 50% dan 200% gacha.
respublikada akkreditatsiyadan o‘tgan jurnallarda — 50%. Ushbu band bo‘yicha
jurnallarga qo‘yiladigan talablar Vazirlik tomonidan har o‘quv yili boshida belgilanadi;
v) ma’ruzachi sifatida umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi xalqaro konferensiya yoki
seminarda ma’ruzachi sifatida ishtirok etish — asosiy ish haqining 100%.
7. Ma’muriy-boshqaruv xodimlariga (ijrochi direktor, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor,
direktor o‘rinbosarlari) oylik ustamalar quyidagi samaradorlik mezonlari asosida va quyidagi
miqdorlarda belgilanishi mumkin:
a) rahbar xodimning ingliz tilini bilishi, xalqaro testlardan o‘tganlik to‘g‘risidagi
tasdiqlangan sertifikati:
IELTS 6,0 va undan yuqori ball /TOEFL IBT 60 dan 78 ballgacha / CEFR V2 (yoki analog)
— asosiy ish haqining 60%;
IELTS 5,0 — 5,5 ball/TOEFL IBT 35 dan 59 ballgacha / CEFR B1 (yoki analog) — asosiy ish
haqining 30%;
b) yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarining diplomi (TOP-1000 ro‘yxatiga kiritilgan Times
Nigher Education (TNE), QS World University Rankings) yoki pedagogika yoxud boshqaruv
(ma’muriyat) bo‘yicha milliy ta’lim va/yoki ilmiy muassasalarning ilmiy darajasi mavjudligi:
yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari magistri diplomi yoki unga tenglashtirilgan, milliy
ta’lim va/yoki ilmiy muassasalarning fan nomzodi darajasi — lavozim maoshining 50%;
yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarining PhD darajasi yoki unga tenglashtirilgan, milliy
ta’lim va/yoki ilmiy muassasalarning fan doktori darajasi — lavozim maoshining 100% ni
tashkil etadi.
v) mustaqil nazorat ishlari (kirish, oraliq, yakuniy nazorat) natijalari bo‘yicha Prezident
maktabi o‘quvchilarining o‘zlashtirish natijalarini baholash. Ishlash mezonlari barcha maktab
o‘quvchilarining o‘rtacha balli:
yuqori natijalar (a’lo) — asosiy ish haqining 60%;
yaxshi natijalar (yaxshi) — asosiy ish haqining 30%;
g) o‘qituvchilar uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash va o‘quvchilarni maktabda
o‘qitish. Ushbu ko‘rsatkich maktabda ta’lim jarayonini sifatli tashkil etishni hisobga oladi, shu
jumladan o‘quv jarayonida ishtirokchilar tomonidan rahbariyat faoliyatini baholash:
ta’lim jarayonlarini yuqori darajada sifatli tashkil qilish — asosiy ish haqining 60%;
ta’lim jarayonlarini yaxshi darajada sifatli tashkil qilish — asosiy ish haqining 30%;
d) Prezident maktablari reytingi natijalari. Reyting ko‘rsatkichlari hisobining tartibi va
mezonlari vazirlik tomonidan belgilanadi:
1) bitiruvchilarning universitetlarga kirishi;
yuqori ko‘rsatkichlar — 80%;
o‘rta ko‘rsatkichlar — 40%;
past ko‘rsatkichlar — 0%;
2) Olimpiadalar g‘oliblari soni va darajasi:
yuqori ko‘rsatkichlar — 70%;
o‘rta ko‘rsatkichlar — 40%;
past ko‘rsatkichlar — 0%;
3) o‘zlashtirish monitoringi natijalari:
yuqori ko‘rsatkichlar — 80%;
o‘rta ko‘rsatkichlar — 40%;
past ko‘rsatkichlar — 10%.
8. Ma’muriy-boshqaruv xodimlariga (ijrochi direktor, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor,
direktor o‘rinbosarlari) bir martalik to‘lovlar quyidagi samaradorlik mezonlari va miqdorlarda
belgilanishi mumkin:
a) umumiy o‘rta ta’lim sohasi bo‘yicha maqola nashr etish:
respublika jurnallarida — 50%;
xalqaro bazalarda indekslangan, taqriz qilingan jurnallarda — asosiy ish haqining 50%
dan 200% gacha (jurnal faktorining impaktiga qarab). Ushbu band bo‘yicha jurnallarga
qo‘yiladigan talablar vazirlik tomonidan har o‘quv yili boshida belgilanadi;
b) umumiy o‘rta ta’lim sohasiga anjuman yoki seminarda ma’ruza qilish;
viloyat (shahar) yoki respublika anjumanlarida — 50% (ma’ruzachi sifatida);
xalqaro anjumanda — 100% (ma’ruzachi sifatida).
9. O‘quv-yordamchi xodimlarga oylik ustama haqi quyidagi samaradorlik mezonlari va
miqdorlari asosida belgilanishi mumkin:
a) rahbar xodimning ingliz tilini bilishi, xalqaro testlardan o‘tish to‘g‘risidagi
tasdiqlangan sertifikati:
IELTS 6,0 va undan yuqori ball/TOEFL IBT 60 dan 78 ballgacha / CEFR B2 (yoki analog) —
asosiy ish haqining 50%;
IELTS 5,0 — 5,5 ball /TOEFL IBT 35 dan 59 ballgacha / CEFR B1 (yoki analog) — asosiy ish
haqining 30%;
b) yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarining diplomi (Times Nigher Education (TNE), QS
World University Rankings universitetlari reytingiga TOP-1000 ro‘yxatiga kiritilgan) yoki
mutaxassisligi bo‘yicha milliy ta’lim va/yoki ilmiy muassasalarning ilmiy darajasi mavjudligi:
yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari magistri diplomi yoki unga tenglashtirilgan, milliy
ta’lim va/yoki ilmiy muassasalarning fan nomzodi (falsafa doktori (PhD)) darajasi — lavozim
maoshining 50%;
yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarining PhD darajasi yoki unga tenglashtirilgan, milliy
ta’lim va/yoki ilmiy muassasalarning fan doktori (DSc) darajasi — lavozim maoshining 100% ni
tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |