O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QIZIL KITOBI” TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi hayvonlar va o‘simliklarning Qizil kitobi —
“O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi”ni yuritish O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy
universiteti, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi ishtirokida O‘zbekiston
Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga yuklatilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
Qizil kitob O‘zbekistonning yovvoyi hayvonlari va o‘simliklarini saqlab qolish va
ulardan oqilona foydalanish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan
bunday hayvonlar va o‘simliklarning noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlari (kenja
turlari, populyatsiyalari)ning ahvoli va ularni muhofaza qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi
ma’lumotlar majmuidan iborat bo‘lishi kerak.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 14-apreldagi 149-sonli qarori
tahririda)
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Davlat tabiatni muhofaza qilish
qo‘mitasi bilan birgalikda Qizil kitobni yuritish bilan bog‘liq ishlarni mablag‘ bilan ta’minlash
tartibini ishlab chiqsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi O‘zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda
“O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi” to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. Hayvonlar va o‘simliklar turlari holatini tahlil qilish va ularni Qizil kitobga kiritish
yoki undan chiqarish haqidagi tavsiyalarni ishlab chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi
Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi huzurida “O‘zbekiston Respublikasining Qizil
kitobi”ni yuritish bo‘yicha idoralararo komissiya tuzilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi Idoralararo
komissiyaning shaxsiy tarkibini va u haqdagi Nizomni tasdiqlasin. Idoralararo komissiyaning
taqdimi bo‘yicha hayvonlar va o‘simliklarni Qizil kitobga kiritish yoki undan chiqarish
to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi va
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan
kelishilgan holda qabul qilinadi.
Davlatlararo va Xalqaro Qizil kitoblarga kiritilgan hayvonlar va o‘simliklarning turlari,
agar hayvonlar va o‘simliklarning bu turlari respublika hududida vaqtincha yoki doimiy
yashasa yoki o‘ssa, “O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi”ga kiritilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekistonning butun hududida Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni ovlash va
o‘simliklarni yig‘ishtirib olish man etilsin, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda
tutilgan hollar bundan mustasnodir.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 14-
apreldagi 149-sonli qarori tahririda)
Ko‘rsatib o‘tilgan hayvonlar va o‘simliklarni, ularning inlari, tuxumlari, mevalari,
urug‘larini, shu hayvonlar va o‘simliklarning bo‘laklari hamda hayot faoliyati mahsulotlarini
ovlash (yig‘ishtirib olish), tashqariga olib ketish hamda Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar va
o‘simliklarga zarar yetkazadigan hayvonlar va o‘simliklarni olib kelish favqulodda hollarda va
faqat O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining ruxsati bilan
amalga oshirilishi mumkin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat
tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining buyurtmasiga ko‘ra Qizil kitobning 10 yilda kamida bir
marta qayta nashr etilishini ta’minlasin.
7. Davlat, kooperativ, boshqa jamoat tashkilotlari hamda fuqarolar Qizil kitobga
kiritilgan hayvonlar va o‘simliklarning nobud bo‘lishi haqidagi aniqlangan barcha hollar
haqida davlat tabiatni muhofaza qilish organlariga xabar qilishlari shart, bundan tashqari
hayvonlarning ommaviy nobud bo‘lishi yoki ommaviy kasallanishi hollari haqida esa zudlik
bilan veterinariya va sanitariya nazorati organlariga xabar berishlari kerak.
8. “O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi”ga kiritilgan hayvonlar va o‘simliklarni
g‘ayriqonuniy ovlash yoki yo‘q qilish natijasida yetkazilgan zarar miqdorini undirib olish
uchun qat’iy baholar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda
O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
9. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSRning kamdan-kam
uchraydigan va yo‘qolib ketishi xavfi bo‘lgan hayvon va o‘simliklari turlari daftari —
“O‘zbekiston SSRning Qizil daftari”ni ta’sis etish to‘g‘risida” 1978-yil 27-sentabrdagi 564-son
qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin (O‘zSSR QT, 1978-y., 9-son, 33-modda).
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 9-mart,
109-son