Qarori o‘zbekiston respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘G‘risida



Download 17,47 Kb.
bet2/2
Sana31.12.2021
Hajmi17,47 Kb.
#218056
1   2
Bog'liq
Majburiy mehnatga qarshi kurashish

Oldingi tahrirga qarang.

majburiy mehnat holatlari aniqlangan taqdirda ular to‘g‘risida prokuratura organlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalariga zudlik bilan ma’lum qilish;



(5-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son)

boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlikda ushbu sohadagi jamoatchilik nazoratini faollashtirish tavsiya etilsin.

6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘laridan nihoyatda samarasiz foydalanilayotganligi qayd etilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 5-oktabrdagi 799-son qarori talablariga muvofiq Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlagan holda haq to‘lanadigan jamoat ishlariga ishsizlar va band bo‘lmagan aholini keng jalb etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rsinlar.

Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli, samarali va rejali foydalanilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimlari faoliyati natijalarini baholashning muhim ko‘rsatkichlaridan biri sifatida belgilansin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Adliya vazirligi hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda:

fuqarolarni majburiy jamoat ishlariga noqonuniy jalb qilish yoki har qanday shakldagi majburiy mehnatdan foydalanishda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlik choralarini kuchaytirish;

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi vakolatlarini kengaytirish, shu jumladan, davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan mehnat qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirishga doir vakolatlarini kengaytirish;



(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son)

ushbu qaror talablarini hisobga olgan holda Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:

a) bir oy muddatda tumanlar (shaharlar) hokimliklarining obodonlashtirish boshqarmalari, tuman yo‘l ekspluatatsiya korxonalari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo‘llari bosh boshqarmalari huzuridagi ekspluatatsiya liniya korxonalarining faoliyatini tanqidiy tahlil qilsinlar;

b) o‘tkazilgan tahlil yakunlari, xalqaro tajribani o‘rganish asosida bir oy muddatda obodonlashtirish tizimini tubdan isloh qilishning quyidagilarni:

amaldagi infratuzilmani, obodonlashtirish tizimi xodimlari soni normativlarini, mehnatga haq to‘lash tarif setkasini va ularni moddiy rag‘batlantirishni qayta ko‘rib chiqishni;

xorijiy davlatlarning tajribasini joriy qilish va moslashtirish, tuman va shaharlarning yo‘l-ekspluatatsiya xizmatlarini va obodonlashtirish xizmatlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy ixtisoslashtirilgan texnikalar bilan jihozlashni;

tuman va shaharlar yo‘l-ekspluatatsiya xizmati va obodonlashtirish xizmatlari shtatlari sonini ko‘paytirish, ularning faoliyati samaradorligini sifatli oshirishni;

obodonlashtirish tizimini barqaror moliyalashtirishning samarali mexanizmlarini yaratishni va ushbu sohaga innovatsiyalarni joriy qilishni;

obodonlashtirish tizimi holatining har oylik monitoringini amalga oshirishni;

ixtisoslashgan xususiy tashkilotlarni ko‘rsatilgan ishlarni bajarishda davlat-xususiy sherikchilik va autsorsing mexanizmlarini jalb etishni joriy qilishni nazarda tutuvchi takliflar kiritsin.

9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda:

ikki oy muddatda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ushbu qarorni bajarilishi natijadorligini puxta tahlil qilsin;

yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga ushbu sohada qonunni qo‘llash amaliyoti holati to‘g‘risida axborot va qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan aniq takliflar kiritsin.

10. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga, shu jumladan, elektron ommaviy axborot vositalariga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa tegishli vazirliklari va idoralarining maslahati ko‘magida, aniqlangan majburiy mehnat holatlarini keng va tanqidiy yoritishni, shuningdek, majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlar va bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mazmun-mohiyatini tushuntirishni tashkil etish tavsiya etilsin.

11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, shahar va tumanlar hokimlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari o‘zlari qabul qilgan, ushbu qarorga zid bo‘lgan hujjatlarning bir hafta muddatda qayta ko‘rib chiqilishi va bekor qilinishini ta’minlasinlar.

12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh.D. Kudbiyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,



2018-yil 10-may,

349-son
Download 17,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish