Qarori o‘zbekiston respublikasi moliya vazirligining g‘aznachiligi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


IV. G‘aznachilikning huquq va majburiyatlari



Download 31,83 Kb.
bet4/5
Sana14.04.2022
Hajmi31,83 Kb.
#552038
1   2   3   4   5
Bog'liq
53 100222020809

IV. G‘aznachilikning huquq va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
10. G‘aznachilik quyidagi huquqlarga ega:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida va tijorat banklarida G‘aznachilikning bank hisob raqamlarini ochish va yopish;
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilardan Davlat budjetini ijro etish jarayonidagi daromadlar va xarajatlarning qisqa muddatli prognozini tuzish uchun zarur bo‘lgan hisobot ma’lumotlarini so‘rab olish;
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilardan ular tomonidan G‘aznachilikka ro‘yxatdan o‘tkazishga taqdim etiladigan shartnomalarning sifatini, maqsadga muvofiqligini va narx yechimlarini baholash uchun barcha zarur hujjatlarni belgilangan tartibda talab qilish;
belgilangan tartibda Davlat budjeti bo‘sh mablag‘larini bank depozitlariga va boshqa aktivlarga vaqtinchalik joylashtirish, shuningdek budjet ssudalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlariga o‘tkazish;
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga xarajatlar smetalarida, qurilishlarning manzilli va titul ro‘yxatlarida nazarda tutilgan budjet mablag‘lari hajmidan oshib ketadigan hajmda budjet mablag‘lari hisobiga haq to‘lanishini nazarda tutuvchi shartnomalarini, shuningdek budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning to‘lov jadvalisiz, sifati, maqsadga muvofiqligi va narx yechimlari bo‘yicha belgilangan talablarga javob bermaydigan shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish;
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning schyot-fakturalarsiz hamda tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berish faktini tasdiqlovchi yoki budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar zimmasiga budjet mablag‘larini o‘tkazishni yuklovchi boshqa hujjatlarsiz taqdim etilgan kapital qurilish yuzasidan majburiyatlari uchun pul to‘lamaslik;
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning ularning tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan G‘aznachilikda (uning hududiy bo‘linmalarida) ro‘yxatdan o‘tkazilmagan shartnomalaridan kelib chiqadigan kapital qurilish yuzasidan majburiyatlari to‘lovi bo‘yicha to‘lov hujjatlarini ijro etish uchun qabul qilmaslik;
narxlarining asossiz ravishda oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘yilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun to‘lovni budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning shartnomalarida nazarda tutilgan summa doirasida cheklash, shuningdek budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar shartnomalari predmetiga muvofiq bo‘lmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilgan hollarda to‘lovni to‘xtatib turish;
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan hisobotlar taqdim etilmagan taqdirda ularning budjet mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan xarajatlari to‘lovini moliya organlari topshirig‘iga binoan to‘xtatib qo‘yish, bu to‘g‘rida tegishli budjet mablag‘larini taqsimlovchilarni, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarni xabardor qilish;
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning G‘aznachilikda (uning bo‘linmalarida) ro‘yxatdan o‘tkazilmagan shartnomalar bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarini hisobga qabul qilmaslik, qonun hujjatlariga muvofiq budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslar bilan shartnoma tuzilmasdan moliyaviy majburiyatlar qabul qilinishi mumkin bo‘lgan hollar bundan mustasno;
korxonalar va tashkilotlardan bajarilmagan moliyaviy majburiyatlar bo‘yicha budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilardan to‘lov muddati o‘tgan qarzlar summasini budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning bajarilmagan moliyaviy majburiyatlar mavjudligini tasdiqlovchi zarur hujjatlar ilova qilingan yozma murojaatlari asosida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirib olish;
belgilangan tartibda insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish vositalari oluvchilaridan ularning shaxsiy bank hisob raqamlaridan ko‘chirmalar, shuningdek ular tomonidan olingan insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish vositalari, shu jumladan nomoddiy shakldagi vositalar to‘g‘risida hisobotlar va axborotlar olish;
davlat xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasining ishchi organi funksiyasini bajarish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlardan zarur materiallarni olish;
davlat xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasining ishchi organi funksiyasini bajarish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlardan zarur materiallarni olish.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
11. G‘aznachilik quyidagilarga majbur:
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat budjeti xarajatlarini yagona g‘azna hisob hisobvarag‘idan yoki G‘aznachilikning boshqa bank hisob raqamlaridan belgilangan muddatlarda va tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari qoldiqlari doirasida amalga oshirish;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirishda, shu jumladan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilinganda narxlarni oshirib yuborish mavjudligi, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan kreditorlik qarzlar summasining asossiz oshirib yuborilishi hollari aniqlangan taqdirda mavjud materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasiga va uning hududiy bo‘linmalariga berish.
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
o‘ziga berilgan huquqlardan qonun hujjatlariga muvofiq foydalanish hamda o‘z faoliyatida yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik.
G‘aznachilik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Download 31,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish