2-bob. Ilmiy unvon olish uchun qo‘yiladigan talablar
1-§. Umumiy talablar
7. Quyidagi umumiy talablarni bajargan shaxslar ilmiy unvonlarga talabgor bo‘lishlari mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
a) ilmiy loyiha, davlat granti, xo‘jalik shartnomasi yoki boshqa loyihalar doirasida ilmiy natijalar olgan;
(7-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2793-2, 23.06.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 570-modda)
b) ma’naviy-ma’rifiy ishlarda samarali ishtirok etayotgan;
Oldingi tahrirga qarang.
v) oxirgi 2 yil ichida oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimidagi attestatsiya jarayonida ishtirok etgan (taqrizchi, ilmiy seminar, ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash, malakaviy imtihonlarni qabul qilish komissiyasi a’zosi, rasmiy opponent va shu kabi shakllarda);
(7-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2793-6, 04.05.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/2793-6/0405-son)
Oldingi tahrirga qarang.
g) zamonaviy o‘qitish usullarini egallagan, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, ma’ruza kurslari va seminarlarni yuqori o‘quv-uslubiy va ilmiy saviyada olib borayotgan (ta’lim muassasasi mutaxassislari uchun).
(7-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2793-6, 04.05.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/2793-6/0405-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalarida ilmiy unvonlarga talabgorlar Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligi, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish hamda ijtimoiy rivojlanishning ilmiy asoslari va amaliy yo‘nalishlari fanidan maxsus imtihon topshiradilar.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2793-2, 23.06.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 570-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
81. Maxsus imtihon OAK tomonidan belgilangan muassasalarda o‘tkaziladi.
Maxsus imtihonni qabul qiladigan muassasada muassasa rahbarining buyrug‘i bilan OAK bilan kelishilgan holda ikki yil muddatga maxsus imtihonni qabul qilish komissiyasi (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) tuziladi.
Komissiya ilmiy darajaga ega bo‘lgan kamida yetti nafar a’zodan iborat bo‘ladi. Bunda komissiya a’zolari tarkibining yarmidan ko‘pini fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan mutaxassislar tashkil qilishi lozim.
Komissiya, agar uning ishida komissiya a’zolarining kamida yarmidan ko‘pi ishtirok etayotgan bo‘lsa, imtihon qabul qilishga haqli hisoblanadi.
82. Maxsus imtihonni qabul qilish sessiya shaklida fevral, may, noyabr va dekabr oylarida belgilangan reja asosida o‘tkaziladi.
83. Maxsus imtihon savollari quyidagi yo‘nalishda tuziladi:
birinchi savol — imtihon topshiruvchi faoliyat ko‘rsatayotgan sohada O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining mazmun-mohiyati bo‘yicha;
ikkinchi savol — O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va metodologiyasiga imtihon topshiruvchi olib borayotgan ilmiy izlanishlar yoki kasbiy faoliyatining muvofiqligi bo‘yicha;
uchinchi savol — maxsus fan dasturi bo‘yicha erkin savol.
Maxsus imtihon natijasi imtihonda ishtirok etayotgan komissiya a’zolarining uchdan ikki qismining ovozi bilan “o‘tdi” yoki “o‘tmadi” tarzida baholanadi. Ovoz berish ochiq va oshkora amalga oshiriladi.
84. Maxsus imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan talabgorga o‘n kun ichida imtihonni muvaffaqiyatli topshirganligini tasdiqlovchi hujjat beriladi. Mazkur hujjat komissiya raisi va tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi va besh yil muddatda amal qiladi.
(81 — 84-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/5-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2793-2, 23.06.2017-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 570-modda)
9. Talabgor tomonidan olib borilayotgan ma’ruza kurslari, ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar ilmiy unvon berish so‘ralayotgan ixtisoslikka mos bo‘lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Talabgor nashr ettirgan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar ta’lim muassasasining ilmiy-uslubiy kengashi hamda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan, boshqa o‘quv adabiyotlari esa, ta’lim muassasasining ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan pedagogik amaliyotda foydalanishga tavsiya etilgan bo‘lishi kerak.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2793-6, 04.05.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/2793-6/0405-son)
Dotsent yoki katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga talabgorning dissertatsiya himoyasidan keyin, shuningdek professor ilmiy unvoniga talabgorning dotsent yoki katta ilmiy xodim ilmiy unvonini olgandan keyin nashr ettirgan ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari bo‘lishi shart. Nashr qilingan ishlar bir marta e’tiborga olinadi.
“Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi respublika bosqichi g‘olibining faxriy diplomi nashr ishlariga ega bo‘lish bo‘yicha talablarning bajarilganiga tenglashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ta’lim muassasasida tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislarning ijodiy ishlari ilmiy unvon olish uchun talab etiladigan ilmiy maqolalarga hamda ijodiy ishlari katalogi o‘quv qo‘llanmaga tenglashtiriladi.
(10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2793-6, 04.05.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/2793-6/0405-son)
11. Xorijiy davlatlarning oliy attestatsiya organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab va ishlab turgan chet el fuqarolariga berilgan ilmiy unvonlar haqidagi hujjatlar nostrifikatsiya qilinmaydi. Xorijiy davlatlarda ilmiy unvon olgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasida mazkur Nizom talablari asosida ilmiy unvon olishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |