ekologik xavfsizlik sohasida texnik jihatdan tartibga solish — ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha majburiy talablarni belgilash, qo‘llash va bajarish sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solish tizimining bir qismi.
2-bob. Ekologik xavfsizlikni ta’minlash talablari
5. Texnik reglament mahsulotlarni (chiqindilarni) ishlab chiqarish, saqlash, tashish va utilizatsiya qilish jarayonlarining ekologik xavfsizligini ta’minlash uchun:
atmosfera havosi muhofazasini;
suv obyektlarining muhofazasini;
hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarining muhofazasini;
yer resurslarining muhofazasini;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chiqindi bilan bog‘liq ishlar amalga oshirilishini ta’minlaydigan majburiy talablarni belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |