9-bandga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4910-sonli Farmoni bilan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tilidagi matniga qarang.
10. 2013-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha har yili budjet mablag‘lari ajratilishini nazarda tutsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar, shuningdek idoraviy me’yoriy hujjatlarga tegishli o‘zgartishlar kiritsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Ikromov zimmasiga yuklansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |