Qarori charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘G‘risida


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV



Download 31,42 Kb.
bet2/2
Sana23.01.2022
Hajmi31,42 Kb.
#403042
1   2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2021-yil 8-fevral,

PQ-4982-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-fevraldagi PQ-4982-son qaroriga
1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi “Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3693-son qarorida:

a) 10-bandning to‘rtinchi xatboshi “charm, mo‘yna, qorako‘l xomashyosi va junni qayta ishlash, shuningdek, butlovchi buyumlar, furnitura,” so‘zlaridan keyin “aksessuarlar, poyabzal qoliplari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.

b) 11-bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Mazkur qarorda nazarda tutilgan imtiyozlar va preferensiyalar “O‘zcharmimpeks” UKga nisbatan ushbu bandda qayd etilgan vazifalarni amalga oshirishga, shu jumladan “O‘zcharmimpeks” UK tomonidan import qilingan asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, respublikada ishlab chiqarilmaydigan xomashyo, materiallar va furnituralarni charm, mo‘yna xomashyosi va jun tayyorlash, saqlash va qayta ishlash, chorva mollarini avtomatlashtirilgan holda so‘yish, jun, qorako‘l va sun’iy charmdan buyumlar, charm-attorlik mahsulotlari, poyabzal ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga ularning o‘z ishlab chiqarishida foydalanishi uchun sotishga tatbiq etilsin”.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-sentabrdagi “Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4453-son qarorida:

a) 2-bandining:

“b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“b) O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni olib chiqishda 2021-yil 1-yanvardan boshlab olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava uchun 0,01 AQSh dollari, 2022-yil 1-yanvardan olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava va trikotaj mato uchun 0,05 AQSh dollari, 2023-yil 1-yanvardan — 0,1 AQSh dollari, 2025-yil 1-yanvardan — 0,2 AQSh dollari miqdorida yig‘im undiriladi”;

“v” kichik bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“v) mazkur bandning “b” kichik bandida ko‘rsatilgan mablag‘larning (trikotaj mato eksportidan undirilgan yig‘imlar bundan mustasno) 75 foizi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining alohida bank hisob raqamiga quyidagilar uchun yo‘naltiriladi:”.

b) 3-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “majmualarni ishga tushirayotgan” so‘zlari “majmualarga ega va ularni yangidan ishga tushirayotgan” so‘zlari bilan almashtirilsin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-iyundagi “Respublikada qo‘lda to‘qilgan gilamchilik sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4759-son qarorida:

a) 4-bandining ikkinchi xatboshidagi ““O‘zbekipaksanoat” uyushmasi” so‘zlari ““O‘zbekipaksanoat” va “O‘zcharmsanoat” uyushmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 11-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda “O‘zbekipaksanoat” va “O‘zcharmsanoat” uyushmalari tarkibidagi qo‘lda gilam to‘qish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar tomonidan eksportga sotilgan gilamlarni tegishincha ushbu uyushmalarning eksport ko‘rsatkichlarida aks ettirsin.”


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 07/21/4982/0094-son)


Download 31,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish