Qaro koʻzum (I- qism) Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz/ Qaro koʻzum (I- qism)



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/100
Sana05.02.2023
Hajmi0,82 Mb.
#908093
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   100
Bog'liq
50079506457ddf0b9b0fd68180394137 qaro kozum i- qism

Qaro koʻzum (I- qism) 
Alisher Navoiy
 
42 
library.ziyonet.uz/ 
Koʻzlari men qoni toʻlgʻon sori imo qildilar. 
Men gado kim, vasli kim?! Chun koʻrdilar yuz tiygʻ qatl, 
Shahlar oni kim xayol ichra tamanno qildilar. 
Koʻyiga kirgach meni munglugʻ, hujum etti raqib, 
Oʻylakim, itlar gado koʻrganda gʻavgʻo qildilar. 
Men chu asrayolmadim sirrimni, naylab ayb etay, 
Dushmanoyin doʻstlar gar oshkoro qildilar. 
Vah, ne zulm erdiki oʻzga sori solding tiygʻi zulm, 
Har nechakim jon bila koʻnglum tavallo qildilar. 
Boda ichkim, gʻussadin fard oʻldilar ul xaylkim, 
Bu koʻhan dayr ichra mayli jomi sahbo qildilar. 
Ey Navoiy, bergil oʻzluk naqdinu kasb et fano
Kim alar sud ayladilarkim, bu savdo qildilar. 
* * * 
Bizga jahon bogʻidin ul sarvi gul andom yetar, 
Ul chu yetar soyai sarvu mayi gulfom yetar. 
Bazm bu nav’ oʻldi osa naqli hadisin demakim, 
Gʻuncha bila iargisidin shakkaru bodom yetar. 
Din ulusi qatli uchun kufr eli hojat emas
Ey falak, ish gar budur ul ofati islom yetar. 
Har nafas, ey ishq, oning dardi oʻtin koʻngluma yoq, 
Boʻlsa bu marham chu oning ranjiga orom yetar. 
Noʻshi visoling bila ahbobni qil komravo 
Kim, monga darding mayi xunobasidin kom yetar. 
Togʻ kibi tort qanoat etagi ichra ayogʻ, 
Davri falakdin senga bir qurs agar shom yetar. 
Oʻtti koʻp ayyom, Navoiygʻa ishing fitna edi, 
Muncha-oʻq, oʻlgʻay sitam, ey fitnai ayyom, yetar. 
* * * 
Koʻk binafshazorini anjum chu nargiszor etar, 
Nargising birla binafshang hajri koʻnglum zor etar. 
Chun Zuhal toli’ boʻlur xoling xayoli fitnadin, 
Jonim ichra yuz ming oshubi balo izhor etar. 
Jilva qilgʻoch Mushtari koʻzni uzoring yodidin, 
Yuz saodat axtaridin har zamon durbor etar. 
Chun chiqar Bahromi qotil koʻzlaring andishasi, 
Xasta jonimni qatili xanjari ozor etar. 
Mehrdin topmay nishone senda ham, gardunda ham, 
Bu musibat koʻzuma yorugʻ jahonni tor etar. 
Zuhra holimga surudin navhagʻa aylab badal, 
Changining sochin yoyib, durri sirishk izhor etar. 
Oʻlmakim anglab Utorid holima deb marsiya
Sharhi dardim nazmidin har lahza yuz tumor etar. 
Oy halokimga tutub motam, kiyib tundin qaro, 
Orazin sayli bila ahli azo kirdor etar. 
Tiyra aylab benihoyat kecha umrum sham’ini, 
Vasl subhi hasrati ranjim yuz ul miqdor etar. 



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish