Qaro koʻzum (I- qism) Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz/ Qaro koʻzum (I- qism)



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/100
Sana05.02.2023
Hajmi0,82 Mb.
#908093
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   100
Bog'liq
50079506457ddf0b9b0fd68180394137 qaro kozum i- qism

Qaro koʻzum (I- qism) 
Alisher Navoiy
 
12 
library.ziyonet.uz/ 
Agar oʻltursa qonim rangi tufrogʻida qolgʻay deb, 
Koʻngulga yuz tuman nesh ursa hijron aylamon nola, 
Visoling poʻshidin ul zaxmlar bir kun oʻngolgʻay deb. 
Koʻngulga novaking to kirdi behad hifzin aylarmen, 
Ki bu shisha ichinda ul dagʻi nogah usholgʻay deb. 
Koʻngulni koʻyida yuz ranj ila mehnatqa topshurdum, 
Ki gar koʻrsa bu surat birla shoyad koʻnglum olgʻay deb. 
Sirishkim qoni qildi koʻyining tufrogʻin ogʻushta, 
Itiga shoyad ul balchigʻ bila bir uy yasolgʻay deb. 
Haram vaslin tilarsen poʻya ur mardona, ey solik, 
Qadam ohista chekma bagʻring ul yelmakda tolgʻay deb. 
Navoiy benavoligʻ birla doim may ichar, bir kun 
Navo naqshini davron mutribi bazmida cholgʻay deb. 
* * * 
Sen labing soʻrgʻon soyi men qon yutarmen, ey habib, 
Sen may ichgilkim, manga xuni jigar boʻlmish nasib. 
Dedilar, ahbob, dardigʻa habib aylar davo, 
Vahki, men kuydum, muhabbatdin emas vokif habib. 
Koʻyungga kirgach koʻngul qoshinggʻa mayl aylar, bale, 
Goʻshai mehrob etar payvasta manzilgah gʻarib. 
Chehra sorgʻorgʻon soyi otar koʻngulning nolasi, 
Bor ajab voqi’ xazon faslida nolon andalib. 
Hoshalillah sharbatimni zahri qotil birla ez, 
Chun ish ondin oʻttikim, kelgay Masihim, ey tabib. 
Necha ul oy mehridin shaydo koʻngulni ovutay, 
Telbaga yolgʻon hikoyat birla bergandek firib. 
Mayga rahn oʻlmay fano dayrida tasbihu rido, 
Niri dayr etmas havola elga zunnoru salib. 
Nafsing etsa shoʻxlugʻ charx emgagidin qil adab, 
Tiflni andoqki zajr aylar falaq birla adib. 
Ey Navoiy, zulmidin dermanki, ishqin tark etay, 
To nazardin gʻoyib oʻldi, yoʻq yana sabru shikib. 
* * * 
Dam-badam jomi tarab gʻayr ila ul moh chekib, 
Men yiroqtin boqibon, qon yutubu oh chekib. 
Ne gʻamim it kibi oʻlmakdin agar eltur esa, 
Boʻynuma in solibon koʻyiga ul moh chekib. 
Gʻarazim buki unutturmogʻamen oʻzni anga, 
Koʻyiga kirmagim afgʻon gahu begoh chekib. 
Koʻngluma hajr agar dard oʻqi yogʻdursa ne tong, 
Gar chiqorur esa paykonini dilxoh chekib. 
Men adam yoʻliga bormon, meni lekin elitur, 
Ogʻzi shavqida koʻngul oʻziga hamroh chekib. 
Mapi asfarki toʻkulmish quyubon yuz ichsam, 
Kahraboni koʻrunguz jilva qilur koh chekib. 
Jur’asin bersa Navoiyga erur oʻlgucha bas, 
Bazmi aysh ichra tarab sogʻarni ul shoh chekib. 



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish