Qaro koʻzum (I- qism) Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz/ Qaro koʻzum (I- qism)



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/100
Sana05.02.2023
Hajmi0,82 Mb.
#908093
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   100
Bog'liq
50079506457ddf0b9b0fd68180394137 qaro kozum i- qism

Qaro koʻzum (I- qism) 
Alisher Navoiy
 
13 
library.ziyonet.uz/ 
* * * 
Buzdi koʻnglum kishvarin hijron gʻami tugʻyon qilib, 
Ohu ashkimdin birin sarsar, birin toʻfon qilib. 
Dard uyin qildi bino ishqing buzub koʻnglum uyin, 
Kimsa yangligʻkim, bir uy tuzgay, birin vayron qilib. 
Tanda ohing shu’lasin, derlar, nihon tut, ohkim, 
Bir ovuch xoshok aro boʻlmas chaqin pinhon qilib... 
Hajr koʻyida yalang jismimni koʻrgan sogʻinur, 
Kim meni oʻlturgali eltur junun, uryon qilib. 
Xorlar koʻnglumdadur sendinki, gardun tuzmagay, 
Har birin otsam, bir ohim oʻqigʻa paykon qilib. 
Soʻrma nevchun bedil oʻldung deb, oʻzung chun hajr aro 
Koʻzdin oqizding koʻngulni, qatra-qatra qon qilnb. 
Shukrini ne deb ado aylayki, aylar jilva yor, 
Elni holimgʻa, meni oʻz husnigʻa hayron qilib. 
Dahr elidin juz jafo mumkin emas topmoq kishi, 
Lek har birga vafolar onchakim imkon qilib. 
Yor koʻp qilsa jafo, kam qil, Navoiy, nolakim, 
Gulga bulbul oʻrgata olmas vafo, afgʻon qilib. 
* * * 
Chobukum raxsh uza hijron yoʻlida poʻya qilib, 
Men aning keynicha gohi yugurub, gah yiqilib. 
Yiqilib yona qoʻpub, chunki urub yoʻlgʻa qadam. 
Vahki, yuz nishtari hijron ayogʻimgʻa tikilib. 
Tobonim dardu balo xoralaridin oʻyulub, 
Yuragim ranju ano xorlaridin teshilib. 
Turfa koʻrgilki, inon tortmay ul shoʻx dame 
Soʻngicha boʻyla qotiqliq bila holimni bilib. 
Ishq dardigʻa juz oʻlmak yoʻq emish hech iloj, 
Bosh qoʻyub olligʻa oningki bu ma’niyni bilib. 
Istaram oʻzni xarobot ichida loya’qil, 
Hush chun boisi ranj oʻldi netarmen osilib. 
Gar Navoiygʻa yogʻin ashk ediyu ra’d — figʻon. 
Hajr chun koj urubon koʻzlariga oʻt choqilib. 
* * * 
Yuz toʻshoʻkluk koʻnglum oʻrtarsen jafodin qon qilib 
Xalq kuydurgan kibi zanbur evin vayron qilib. 
Javhari ishqing yoshurgʻach oʻrtadim koʻnglumgʻa dogʻ, 
Oʻylakim qoʻygʻay nishon el naqdini pinhon qilib. 
Koʻhi ohandek gʻaming koʻnglumdin olgʻon ne osigʻ, 
Kim yana jonimgʻa otding barchasin paykon qilib. 
Yuz oʻluk tirguzdi la’lingga yetishkan jomi may, 
Goʻiyo berding oiing har qatrasin bir jon qilib. 
Aqlu din naqdin oʻgʻurlar goʻyi ul ayyorvash, 
Buki behuga aylar elpi husnigʻa hayron qilib. 
Boʻlubon har sham’ga parvona kuyma, ey koʻngul, 
Ishq oʻtlugʻ zulmatida oʻzni sargardon qilib. 



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish