IV. Prezident Islom Karimov 2000 yil 8 iyunda “Fidokor” gazetasi muxbiri
savollariga javoblari “Milliy istiqlol mafkurasi – xalq ehtiqodi va buyuk kelajakka
ishonchdir” deb nomlangan bo’lib, mazkur asar Prezidentning 8-jildidan joy olgan.
Har qanday jamiyatni, xalqni sog’lom, ezgu maqsadlar sari birlashtirib, uning o’z
muddaolariga erishish uchun ma’naviy-ruhiy kuch-quvvat beradigan poydevor g’oyalari mavjud
bo’lib kelgan. Prezidentimiz tahbiricha, mafkura – jamiyatda yashaydigan odamlarning hayotiy
mazmuni, intilishlarini o’zida mujassamlashtiradi. Har qanday inson, tabiiyki, murod-maqsadsiz
yashay olmaydi. Mamlakatlar, davlatlar o’z manfaatlarini milliy g’oya, milliy mafkura orqali
belgilab oladi.
Hozirgi zamonda eng katta xavf – insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz
davom etayotgan mafkuraviy kurashdir.
Prezident Islom Karimovning “Milliy istiqlol mafkurasi – xalq ehtiqodi va kelajakka
ishonchdir” asarida ko’tarilgan asosiy g’oyalar quyidagilardan iborat:
-
Mamlakat, davlat manfaatlari milliy mafkura orqali ifodalanadi.
-
Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo’layotgan kurashlar ko’p
84
narsani hal qiladi.
-
Qudratli davlatlar, ayrim siyosiy markazlar inson ongini zabt etib, o’ziga qaratish uchun
kurashmoqda.
-
Mafkura dunyosida bo’shliqqa yo’l qo’yib bo’lmaydi. CHunki hozirgi paytda ro’y
berayotgan ayrim salbiy holatlar mafkuraviy bo’shliq tufayli yuz bermoqda.
-
Odamning qalbida ikkita kuch – bunyodkorlik va vayronkorlik hamisha o’zaro
kurashadi.
-
Yot mafkuraviy tahsirga ayrim yoshlar kirib ketmasligi uchun mafkuraviy immunitetni
kuchaytirish kerak.
-
Maqsad huquqiy demokratik davlat va bozor iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik
famiyatini barpo etishdan iborat.
-
Siyosiy va davlat qurilishini erkinlashtirish lozim.
-
Oilani mustahkamlash orqali adolatli jamiyatni shakllantirish.
-
Jamiyatning iqtisodiy asosi ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga qaratilishi kerak.
-
Jamiyat yuksak ma’naviy va axloqiy qadriyatlar asosida rivojlanadi.
-
Milliy mafkurani yoshlar ongiga sodda, lo’nda qilib tushuntirishda turli vositalardan
samarali foydalanish.
-
Mafkura qotib qolgan aqidalar yig’indisi emas, balki u uzluksiz jarayon bo’lganligi
boisdan millat manfaatlariga javob berishi darkor.
-
Milliy mafkurani tepadan turib yaratib bo’lmaydi, u printsipial masaladir.
-
Milliy istiqlol mafkurasi Vatan tuyg’usi, ona tiliga muhabbat, milliy qadriyatlarga
ehtiborda bo’lishi, oila mahalla, ya’ni milliy qadriyatlar bilan birga umuminsoniy qadriyatlarga,
diniy qadriyatlarga, mahrifat tamoyillariga monand rivojlanish kerak. (Karimov I.A. Asarlar. T.
8. 489-508-betlar).
V. 2001 yil 18 yanvarda O’zbekiston Prezidentining “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy
tushuncha va tamoyillar” fani bo’yicha tahlim dasturlarini yaratish va respublika tahlim
tizimiga joriy etish to’g’risida” gi Farmoyishi qabul qilindi. Bunga ko’ra Oliy va o’rta maxsus
o’quv yurtlarida, maktablarda “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” , “Milliy
g’oya va ma’naviyat asoslari” fanlari tahlim dasturlariga kiritildi.
VI. 2006 yil 25 avgustda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy g’oya
targ’iboti va ma’naviy-mahrifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida”gi qarori qabul
qilindi. Qarorga binoan Respublika Ma’naviyat va mahrifat kengashi huzuridagi Milliy mafkura
ilmiy targ’ibor markazi o’rniga Respublika Ma’naviyat va mahrifat kengashining ilmiy-amaliy
yo’nalishda faoliyat olib boradigan, davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirilgan Milliy g’oya va
mafkura ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi. Ya’ni, Respublika “Ma’naviyat va mahrifat”
markazi Respublika “Ma’naviyat va mahrifat” kengashining amaliy targ’ibot yo’nalishda
faoliyat olib boradigan Respublika targ’ibot markaziga aylantirildi.
1. Geosiyosiy maqsadlarga erishish yo’lidagi mafkuraviy tahsir o’tkazishning «Bo’lib
tashla va hukmronlik qil» degan qadimiy tamoyilining quyidagi yo’llari mavjud:
1) Mamlakat ichida ijtimoiy parokandalikni keltirib chiqarish.
2) Mintaqa davlatlari o’rtasida turli ziddiyatlarni yuzaga keltirish. Mintaqada
gegemonlikka asoslanib, davlatni zaiflashtirish orqali o’z «ittifoqchisiga» aylantirishga erishish.
3) Xalqaro maydonda muayyan mamlakat haqida noto’g’ri, noxolis tasavvurlarni
shakllantirish.
2. Mintaqada geostretegik manfaatlarni ifodalovchi «Bo’lib tashla, va hukmronlik qil»
tamoyilini to’ldirishga xizmat qiluvchi «Imtiyozli hamkorlikni belgilash» tamoyili ham mavjud.
Uning maqsadi:
1) Har bir davlat kim balandir shiori bilan imtiyozli hamkorlikka asoslanishi.
2) Ayirmachilikni shakllantirish.
3) «Nomaqbul» davlatlar imkoniyatlarini cheklash.
4) Maqsad - muayyan mintaqaga tahsir o’tkazish plandarmiga ega bo’lish.
85
3. «Teng huquqli va o’zaro foydali hamkorlik» tamoyili geostro-tegin manfaatlarni
ro’yobga chiqarish va davlatlararo aloqalarni mustahkamlashning eng oqilona va to’g’ri yo’lidir.
O’zbekiston bunga amal qilib kelmoqda.
Barkamol_shaxs_–_demokratik_jamiyat_tayanchi.'>Barkamol shaxs – demokratik jamiyat tayanchi. Ma’naviy barkamol inson haqidagi
ijtimoiy-siyosiy qarashlar, falsafiy fikrlar tarixda kuni kecha paydo bo’lgan emas. Uning tarixiy
ildizlari SHarq mutaffakirlari ijodiy, falsafiy tahlimotlariga borib taqaladi. Ayni paytda dunyoda
eng rivojlangan demokratik mamlakatlar tarixiy taraqqiyotini o’rganish shundan dalolat beradiki,
biron-bir jamiyat dastlab barkamol avlodni voyaga yetkazmasdan turib, buyuk o’zgarishlarni
sodir etolmagan. Mustaqil O’zbekiston taraqqiyotining taqdiri, uning kelajagi ham bundan
mustasno emas. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ta’kidlab kelinayotganidek, har qaysi
jamiyat, har qaysi davlat va millat qudrati, uning tabiiy boyliklari harbiy kuchiga va hatto ishlab
chiqarish texnologiyalariga ham bog’liqligi nisbiydir. Uni birinchi navbatda dunyoga
tanitadigan, yuksak madaniyatli ma’naviy barkamol insonlardir. Masalan, ana shu nuqtai
nazardan yondashish muhim ahamiyatga egadir. Negaki, demokratik jamiyatning o’zini ham
faqat mahrifatli, ma’naviy barkamol kishilargina barpo etishi mumkin. Prezident Islom
Karimovning Oliy Majlisning Birinchi chaqiriq, birinchi sessiyasida «O’zbekistonning siyosiy-
ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari» mahruzasida «Biz sog’lom avlodni
tarbiyalab, voyaga yetkazishimiz kerak. Sog’lom kishi deganda faqat jismoniy sog’lomlikni
emas, balki sharqona axloq-odob va umumbashariy g’oyalar ruhida kamol topgan insonni
tushunamiz» - degan fikrlari mamlakatimizda demokratik jamiyatni barpo etishda – barkamol
avlodni voyaga yetkazish strategik ahamiyatga ega ekanligi isbotidir. SHu o’rinda barkamol
shaxs tushunchasi, uning demokratik jamiyatni barpo etishdagi o’rni masalasini tahlil etish
muhim ahamiyatga egadir. Albatta, SHarqning buyuk allomalari asarlarida komil inson masalasi
doimiy ravishda katta o’rin olib kelinganligiga va ularni bezovta qilganligiga ham bog’liq emas.
Bu muammoga o’z munosabatini bildirgan Yurtboshimiz shunday deydi: «Qadimgi
ajdodlarimiz komil inson haqida butun bir axloqiy talablar majmuasini, zamonaviy tilda aytsak,
SHarqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar». Va davom etib «Komil inson deganda, biz,
avval, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan
bilimli, mahrifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odamni oldi-qochdi gaplar bilan aldab
bo’lmaydi. U har bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib ko’radi. O’z fikri-o’yi, xulosasini
mantiq asosida qurgan kishi, yetuk odam bo’ladi».
48
Ana shunday barkamol, yetuk insonlarni
tarbiyalab, voyaga yetkazish mustaqillikni mustahkamlash, uni ko’z-qorachig’iday asrab-
avaylash talab-ehtiyoji bilan bog’liq bo’lgan ob’ektiv taraqqiyot zaruratidir.
Buyuk shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy bundan besh asr oldinoq komil insonlar
haqidagi tahlimotini yaratgan edi. Uning bu haqdagi fikrlari asosan «Mahbub ul-qulub», «Hayrat
ul-abror», «Nasoyimul muhabbat» asarida o’z ifodasini topgan. Alisher Navoiyning komil
insonga xos xususiyatlar, uning SHarqona xislat va fazilatlarini batafsil sanab o’tgan. U
«Mahbub ul-qulub» asarida «Odam ikki dunyoning eng aziz va sharof mahluqidir», degan so’zni
keltiradi. A.Navoiy fikricha, Parvardigorning olamni yaratishdan maqsadi inson edi.
SHunday ekan, mamlakatimiz kelajagi, demokratik islohotlar taqdiri kishilarning, butun
xalqning ongi, mahnviyati darajasiga bog’liq. Inson ruhiyati sog’lom bo’lsa, o’zligini anglasa,
shaxsga
aylanadi.
Kishi
shaxs
darajasiga
ko’tarilsagina,
ya’ni
o’z
mustaqil
fikriga,
dunyoqarashiga, chinakam insoniy fazilatlarga ega bo’lganidagina, “demokratiya nehmatlarining
oddiy istehmolchisi emas, balki ularning faol yaratuvchisi va himoyachisiga aylanadi. Va
demokratiya, fuqarolik jamiyati asoslarini amalda barpo etish, inson haq-huquqlari va
erkinliklarini ta’minlash mumkin bo’ladi”
49
.
Barkamol
avlod
–
O’zbekiston
taraqqiyotining
poydevori
hamda
“Tahlim
to’g’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida tahlim tizimini isloh qilish
masalalari. 1997 yil 29 avgustda Oliy Majlis 9-sessiyasida Prezidentimiz Islom Karimov
48
Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. 7-jild. -T., O’zbekiston, 1999. 134-bet.
49
Karimov I.A. O‘zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati
asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari. Asarlar. T.11. – T.: O’zbekiston, 2003. – 3–51-b.
86
“Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” haqida mahruza qildi. Bu mahruzada
tahlim tizimini tubdan isloh qilishning bosh maqsad va yo’nalishlari, strategik yo’nalishlari
belgilab berildi. Mazkur sessiyada 2 ta tarixiy xujjat ham qabul qilindi. 1. “Tahlim
to’g’risida”gi Qonun va 2 . Kadrlar tayyorlash milliy dasturi . “Tahlim to’g’risida”gi qonun 5
bo’lim 34 moddadan iborat. Bunda tahlim sohasidagi davlat siyosatining asosiy 9 ta printsipi
bayon etilgan bo’lib, tahlim va tarbiyaning insonparvarligi, demokratik harakterda ekanligi
uzluksiz va izchilligi, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb- hunar, uning dunyoviy harakteri kabi
tamoillar ko’rsatib berilgan. Prezdentimiz Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsad va
vazifalari, uni amalga oshirish bosqichlari haqida gapirib o’tdi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
5 bo’limdan iborat, unda 1) Muammoning va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish
omillari deb nomlanib, unda rivojlanishning erishilgan darajasi kamchilik va muammolar, isloh
qilish omillari chuqur ochib berilgan. 2) “Milliy dasturning maqsadi, vazifalari va uni ruyobga
chiqarish bosqichlari”da esa dasturning maqad va vazifalari, dasturni ruyobga chiqarishning 3
bosqichi: a) 1997-2001; b) 2001-2005 va; v) 2005 undan keyingi yillar haqida keng fikr
yuritilgan. 3) Kadrlar tayyorlash milliy modeli: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz tahlim,
uzluksiz tahlimni tashkil etish va rivojlantirish printsiplari, uni isloh qilish yo’llari, uzluksiz
tahlim tizimi va turlari: maktabgacha, umumiy urta tahlim, o’rta maxsus, kasb-hunar tahlimi,
oliy tahlim, oliy o’quv yurtlaridan keyingi tahlim, kadrlar malakasini oshirish va uni qayta
tayyorlash, maktabdan tashqari tahlim turlari berilgan. Kadrlar tayyorlash tizimida fan, ishlab
chiqarish masalalari o’rin olgan. 4) Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy
yo’nalishlari berilgan va 5) dasturni ruyobga chiqarishga doir tashkiliy chora- tadbirlar bayon
etilgan. Ushbu Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi juda katta tarixiy ahamiyatga
ega ham bo’ldi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida dasturning maqsadi – tahlim sohasini tubdan isloh
qilish, uni o’tmishdan qolgan mafquraviy qarashlar va sarkitlardan to’la xalos etish, rivojlangan
demokratik davlatlar darajasida, yuksak manaviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori
malakali kadrlar milliy tizimini yaratishdir deyiladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining birinchi bosqichini amalga oshirish uchun
qushimcha 65 mlrd. so’m ajratish, qo’shimcha mablag’ berish takidlab o’tilgan edi va u bugungi
kunda amalga oshirildi. Birinchi bosqichni ruyyobga chiqarish uchun uning xuquqiy asoslari
barpo etildi. Ikkinchi bosqich davrida esa asosiy ehtibor uning sifat bosqichi bo’lib bunda
tahlim sohasini yanada takomillashtirish bilan bog’liq jihatlarga ehtibor berildi. 1997 yil 6
oktyabrda Prezidentning “ Tahlim- tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish,
barkamol avlodni voyaga yetkazish to’g’risida” farmoni qabul qilindi. Mazkur qonun va
farmonlar asosida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga bag’ishlab, bir qator qonun va
normativ hujjatlar qabul qilindi.
Prezident Islom Karimovning 2005 yil 7 fevraldagi "Yangi hayotni eskicha qarash va
yondashuvlar bilan ko’rib bo’lmaydi" nutqida tahlim tizimiga oid masalalarning ilgari
surilishi.
2005 yil 7 (fevralg’ kuni Prezident Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Vazirlar
Mahkamasining yangi tarkibi bilan bo’lgan uchrashuvida "Yangi hayotni eskicha qarash va
yondashuvlar bilan qurib bo’lmaydi" mavzuida nutq so’zlab tahlim tizimiga oid dolzarb
muammolarni bayon etdi.
Jamiyatimizni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh
qilish, hayotimizning barcha sohalarida liberallashtirish, ya’ni erkinlashtirish vazifalari aniq
belgilab berildi. Bu vazifalar bevosita tahlim tizimiga ham tahsir etmasdan qolmasligi ta’kidlab
o’tildi. Tahlim tizimi rahbar kadrlariga ham ikkita talab asosida yondashmoq kerak. I. Birinchi
talab - har bir mutasaddi rahbarning o’z ishiga bo’lgan mashuliyatini tubdan o’zgartirish,
shaxsiy javobgarlikni oshirish lozim. 2. Ikkinchi masala - hukumat ahzosi sifatida sizlarga katta
ishonch, katta vazifa yuklatilgan, dedi Prezidentimiz. Rahbar faoliyatiga ana shu 2 ta talabga
javob berishga qarab baho berishimiz, xulosa chiqarishimiz kerak. Mayli rahbarning bilimi
87
yetishmasin, uni o’rgansa bo’ladi. Lekin u mashuliyat va javobgarlikni unutsa, ishda hech
qanday siljish va o’zgarish bo’lmaydi.
Bugungi kunda umumtahlim maktablari, akademik litsey va kollejlarga byudjet
mablag’larining qariyb 50 foizi sarflanayapti. Hozir zamonaviy kollejlar qurildi, lekin ularda
kimlar ishlayaptiq Kollej direktorlarini tasdiqlash rasman Vazirlar Mahkamasining vakolatiga
kiritilgan. Lekin amalda bu ish qanday yo’lga qo’yilganq Ana shu yangi-yangi kollejlarning
rahbarlarini qachon tasdiqlash kerak, ishga kirishishdan oldinmiq Yangi direktor ish boshlashdan
avval xo’jalikni qabul qilib olishi lozimmiq O’qituvchilarni tayyorlash kerakmiq Kollejlarning
moddiy-texnika bazasi, o’quv jihozlari, moddiy boyliklar uchun kimdir javob berishi kerakq
Joylarda ahvol tamoman boshqacha bo’lmokda. Misol uchun bir tumanda kollej qurilishiga
ajratilgan mablag’ning 30 foizi qo’shib yozib o’zlashtirib yuborilgan. Qurilgan kollejlarning usti
yaltiroq, ichi qaltiroq. Maktablarning ahvoli ham bundan battar. SHu tariqa bir to’la qallob bu
boradagi davlat siyosatini chippakka chiqarmoqda. Tuman, viloyat hokimlari esa bu ish bilan
ishi yo’q. Nega bularning jilovi tortilmaydi. Viloyat kollejlarining ahvolini o’rganish, litsey-
kollejlarga kim direktor, kim o’qituvchi, u yerda qanday ishlar borayaptiq Barchamizning ertangi
umidimiz farzandlarimizning tahlim va tarbiya olishi qanday tashkil etilganligiga bog’liq
emasmiq Albatta shunga bog’liq. fikrimcha, Toshkent Texnika universiteti qoshida kollejlar
uchun o’qituvchilar tayyorlaydigan qo’shimcha fakulg’tet tashkil etish kerak. 2005 yil iyulg’
oyidayoq ochish lozim. Prezidentning bu fikrlari inobatga olinib, amalda joriy etilmoqda.
Kadlar tayyorlash milliy dasturining hal qiluvchi bo’g’ini bo’lgan litsey va kollejlardagi
mavjud ahvolni yaxshilash yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, uning ijrosini
ta’minlashga alohida ehtibor berish zarur. Zero, yangi hayotni eskicha qarash va yondashuvlar
bilan qurib bo’lmaydi. (Mahrifat, 2005 yil 19 fevralg’).
Demak, Prezidentimiz har qanday tashkilot bo’lmasin mutasaddi rahbarning o’z ishiga
bo’lgan javobgarligini oshirish, bildirilgan ishonchga mashuliyat hissi bilan yondashmoq
lozimligini alohida ta’kidladilar.
2005 yil 2 iyundagi “2005 – 2006 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasi oliy o’quv
yurtlariga qabul to’g’risida”gi Prezident qaroriga ko’ra, oliy o’quv yurtlarini davlat granti
asosida bitirgan yosh mutaxassis tahlim muassasalarida 3 yil majburiy ishlab berishi belgilangan.
Ushbu qarordan kelib chiqqan holda 2006 yilda oliy tahlim muassasalarini tugatgan jismoniy
tarbiya o’qituvchilari yo’llanma bo’yicha respublikamizning mazkur fan muallimalariga ehtiyoj
bor maktablarga ishga taqsimlandi.
Jamiyatning ma’naviy yangilanishi - demokratik fuqarolik jamiyat barpo etish omili.
Sobiq totalitar tuzum davrida olib borilgan xalqlarni yalpi manqurtlashtirish siyosati o’zbek
xalqini ham o’z tarixidan, madaniyatidan, ma’naviy quvvatidan, milliy hissiyotidan, o’zligidan
ayirishga ancha-muncha ulgurdi. Sovetlar davridan qolgan bunday og’ir “meros” haqida
keyinchalik Prezident I.A.Karimov shunday fikr bildiradi: “Bu tuzum o’z xalqining tarixini,
uning ruhi va urf odatlarini, o’z avlod-ajdodini bilmaydigan manqurtlarga tayanar edi”
50
.
Uzoq yillar davom etgan tutqunlik, g’ayriinsoniy mafkuraning yakka hukmronligi bizga
mutelikni singdirdi. Mutelik o’zbek xalqining azaliy qadriyatlari – andisha, nazokat libosini
kiydi va haqiqatni dadil aytish, o’z fikrini ochiq bildirish, yumshoq aytganda, beodoblikka,
beandishalikka yo’g’rildi. Vaholanki, demokratiya – yaxshi niyatli rostgo’ylikni, fikr erkinligini
taqozo etadi.
Afsuski, sobiq ittifoq hududida bu kabi eski kasalliklardan xalos bo’lmagan kimsalar
hamon uchramoqda. Buni I.Karimov Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining to’qqizinchi sessiyasidagi mahruzasida yana bir bor alohida ta’kidlab, shunday
deydi: “...o’z umrini yashab bo’lgan, siyosiy jihatdan kasodga uchragan, kommunistik
mafkuraga asoslangan tizimni sog’inib-qumsab gapirayotgan ayrim siyosat va davlat arboblari –
eski tuzum tarafdorlari yana qaytadan bosh ko’tarayotganiga guvoh bo’lmoqdamiz “... Bir so’z
50
Karimov. I.A Vatan sajdagoҳ kabi muqaddasdir. 3-jild. -T.: O’zbekiston, 1996. 7-b.
88
bilan aytganda, SSSRning g’oyasi sobiq ittifoq mintaqasidan hali beri butunlay ko’tarilgan emas
va buni biz doimo inobatga olishimiz, hamisha sergak va hushyor bo’lib yashashimiz zarur”
51
.
SHukrlarkim,
xalqimiz
ongi,
qalbiga
chuqur
singigan
minglab
yillik
ma’naviy
qadriyatlarimiz, milliy anhanalarimiz uni zo’rlik bilan kiritishga harakat qilingan kommunistik
mafkuraning domiga to’liq tushib qolishdan asradi. Ammo Abdulla Qahhor tahbiri bilan
aytganda: “erning sho’rini yuvish oson ekan-u, odamning ongidagi sho’rini yuvish qiyin”
ekan-ki, “manqurtlik kasali”ning asoratlari bahzi kishilarimiz ongi va ruhiyatida hanuzgacha
saqlanib qolmoqda. Erkin fuqarolik jamiyatini qurishda tarixni, ajdodlarimiz qoldirgan
ma’naviy merosni o’rganish va amalda foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Tariximiz
qancha ko’p o’rganilsa, undan bugungi ma’naviyat, g’oyaviy islohotlar uchun shuncha ko’p
amaliy tavsiyalar chiqaveradi. Hazrat Navoiyning: “Ozod bo’lmoq istasang, o’zingni ozod tut”,
degan so’zlari bugungi voqelik bilan bog’liq emasmiq Yoki yana bir misol: O’rta asrlar tibbiyot
ilmining bir tarmog’i – ma’naviyat tibbiyoti deb atalgan ekan. “Ma’naviy tibbiyot” degan bitta
nomda Al-Kandi (800-860 y.y.), Abu Bakr Ar-Roziy (865-925 y.y.), Abu al-Farax Abu ar-
Rahmon ibn Javziy (vafoti-1201 y.), Abu Ishoq Irohim ibn Yusuf Ash-SHeroziy (vafoti – 1093
y.) kabi ko’plab SHarq allomalari o’z kitoblarini yozib qoldirganlar. Tan tabobati inson jismi
bilan bog’liq kasalliklarning oldini olish va davolash bilan shug’ullangan bo’lsa, ma’naviy
tibbiyot
inson
qalbi,
ongini
illatlardan
forig’
etishga,
insoniy
fazilatlarni
takomillashtirishga xizmat qilgan.
Tarixning achchiq saboqlaridan yana biri shuki, ma’naviyat, axloq-odob inson xatti-
harakatlari, faoliyati va ehtiyojlarining mezoniga aylanmay turib, jamiyat bironta muammolarni
samarali hal etishi va ijtimoiy taraqqiyotga erishishi mumkin emas.
Turkiston o’lkasining XIX asr 70-yillarida Rossiya imperiyasining mustamlakasiga
aylanishi tarixi buning yorqin misoli bo’la oladi. Xalqimiz tarixidagi bu qayg’uli hodisaning
ko’plab sababini keltirish mumkin. Ammo eng asosiysi, jamiyatning ruhiy evrilishga uchragani,
elga bosh bo’lishi lozim bo’lgan hukmdorlardan tortib, boy va ulamolargacha o’z shaxsiy
manfaati doirasida o’ralashib qolganligi, istiqlol uchun kurashgan ziyolilarning sahy-
harakatlariga qaramay, jamiyat kishilari birlasha olmagani ekanligi, desak xato qilmaymiz.
Tarix – xalq ma’naviyatining asosi. Tarixiy taraqqiyot yo’lida insoniyat to’plagan tajriba
va saboqlar ma’naviy mezon va qarashlar tizimi sifatida avloddan-avlodga meros bo’lib o’tadi.
I.A.Karimovning tarixchi olimlar bilan suhbatda: “Tarix - xalq ma’naviyatining asosidir”,
52
–
deb aytgan so’zlarining mazmun-mohiyati ana shunda.
Tarix saboqlari insonni xatolardan asraydi, hushyorlikka o’rgatadi, ruhiy evrilishdan
asraydi. Biroq, ta’kidlash joizki, ma’naviyat faqat meros bo’lib avloddan-avlodga o’tadigan
tarixiy qadriyat bo’lmay, doimiy rivojlanib, yangi davr qadriyatlari bilan boyib, uyg’unlashib
boradigan, doimiy harakatdagi hodisadir. SHuning uchun ham mamlakatimiz Prezidenti
I.Karimov
ta’kidlaganidek: “Bizning
anhanaviy
qadriyatlarimizni
hozirgi
demokratik
jamiyatning qadriyatlari bilan uyg’unlashtirish kelajakda yanada ravnaq topishimizning,
jamiyatimiz jahon hamjamiyatiga qo’shilishining garovidir”
53
. SHuning uchun ham mustaqil
O’zbekistonni
rivojlantirishning
to’rt
asosiy
ma’naviy
negizlari
ichida
“umuminsoniy
qadriyatlarga sodiqlik” belgilandi. Bugungi kunda mamlakatimiz ravnaqini hozirgi tsivilizatsiya
o’zida ifoda etadigan demokratiya, inson huquqlariga rioya etish, tadbirkorlik erkinligi, erkin
bozor munosabatlari, so’z erkinligi kabi umuminsoniy qadriyatlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi.
Inson ruhiyati sog’lom bo’lsa, o’zligini anglasa, shaxsga aylanadi. Kishi shaxs darajasiga
ko’tarilsagina, ya’ni o’z mustaqil fikriga, dunyoqarashiga, chinakam insoniy fazilatlarga ega
bo’lganidagina, “demokratiya nehmatlarining oddiy istehmolchisi emas, balki ularning faol
51
Karimov I.A. O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati
asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari. Asarlar. T.11. – T.: O’zbekiston, 2003. – 3–51-b.
52
Karimov I.A Mahnaviy yuksalish yo’lida. –T.: O’zbekiston, 1998. 438-bet.
53
Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida. –T.: O’zbekiston, 1998. 135-bet.
89
yaratuvchisi va himoyachisiga aylanadi. Va demokratiya, fuqarolik jamiyati asoslarini amalda
barpo etish, inson haq-huquqlari va erkinliklarini ta’minlash mumkin bo’ladi”
54
.
Do'stlaringiz bilan baham: |