Qarag’aytoifa yoki ochiq urug’lilar (Pinophyta) bo’limi. Urug’li qirqquloqsimonlar sinfi. Qizilchasimonlar sinfi



Download 407,73 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2022
Hajmi407,73 Kb.
#598489
  1   2
Bog'liq
Qarag’aytoifa yoki ochiq urug’lilar (Pinophyta) bo’limi. Urug’lie45gtes4r5


Qarag’aytoifa yoki ochiq urug’lilar (Pinophyta) bo’limi. Urug’li qirqquloqsimonlar sinfi. Qizilchasimonlar sinfi.
Ochiq urug’li o’simliklar ham yuksak o’simliklar singari juda qadimiydir. Ular paleozoy yerasining oxiri, mezazoy yerasining boshlarida taxminan bundan 350-400 million yil oldin devon davrida paydo bo’lgan. Paleozoy va mezazoy yeralarida tog’ ko’tarilishi jarayonlari natijasida qurug’lik kengayib borgan. Namli muqit biroz bo’lsa ham qurg’oqchilikka aylangan. Bunday muhitning o’zgarishi qirqquloqlarni siqib chiqarib ularning o’rnini ochiq urug’li o’simliklar egallashiga sabab bo’lgan.
Ochiq urug’li o’simliklar asosan daraxt va butalardan iborat. Ayrim turlari gnetum va qizilcha liana shaklida ham uchraydi. Ularning yana bir xarakterli tomoni shuki, yog’ochlik qismi yaxshi rivojlangan. Barglari har xil shakl va turlicha kattalikka ega. Shu sababli ochiq urug’lilarni tasniflashda shu belgilar muhim rol o’ynaydi.
Ochiq urug’li o’simlikar ba'zi olimlarning fikricha, eng qadimgi har xil sporali qirqquloqlardan kelib chiqqan. Ochiq urug’lilar ham boshqa urug’li o’simliklar singari har xil sporalidir. Mikrosporangiylardan mikrospora, megosporangiylardan megospora hosil bo’ladi. Bu ikkala spora shakli, katta -kichikligi va tuzilishi jihatidan bir -biridan farq qiladi. Ko’pincha mikro va megosporalar strobillarida (qubbalarda) voyaga etadi. Faqat qirilib ketgan ayrim bennettitlarda bitta strobilda mikro va megosporalar bo’lgan. Hozirgi paytda bu bo’limga kiruvchi turlarning soni 700 ga yaqin bo’lib, ular 68 turkum, 10 ta qabila va 6 ta sinf (ajdod)ga kiradi. Bu bo’lim vakillari Yer yuzida keng tarqalgan bo’lib, Shimoliy Yarim sharda (nina bargli o’rmon zonasi) Tayga o’rmonlarini hosil qiladi.
Ochiq urug’li o’simliklarning chiqib kelishi asosan devon davri bilan bog’liq bo’lib, ularning bundan 350-400 mln. yil ilgari o’sgan har xil sporali shakllarining qoldiqlari topilgan. Devon davrining oxirlarida arxeoptyerislar vujudga kelib, ularning bo’yi 30 metrga etgan. Arxeoptyerislarda o’zak va ikkilamchi ksilemaning bo’lishi ularni ochiq urug’lilarga yaqinlashtirdi. Lekin urug’li qirqquloqlarda ikkilamchi ksilema taraqqiy etmagan. Umuman bularda yog’ochlik o’rnida floema yaxshi rivojlangan.Ularda dastlabki barglar shakllanib, borgan, bu esa ochiq urug’li o’simliklarning paydo bo’lishida katta rol o’ynagan. Demak ochiq urug’lilar haqiqiy qirquloqlardan emas, balki qandaydir oraliq o’simliklardan kelib chiqqan bo’lishi mumkin. Bu bo’limga xos xususiyatlardan yana biri ularda qubbalarning bo’lishidir.
Epidermis - po’st
Mikrostrobil - Erkak qubba
Megostrobil – urg’ochi qubba
Mikropile - Urug’ yo’li
Nutsellus - Urug’ kurtak mag’zi
Integument - Urug’ kurtak qobig’i
Ochiq urug’lilarga xos belgilardan biri ularda urug’ning hosil bo’lishidir.
Urug’ megasporofillarda mevacha barglarda ochiq holda joylashadi. Urug’ -urug’kurtaklardan hosil bo’ladi. Urug’kurtak esa shakli o’zgargan megasporangiydir. Ular megosporafilda ochiq holda o’rnashgan.
Magnoliyatoifa o’simliklarda esa urug’kurtak urug’chi tugunchasining ichida joylashgan bo’ladi.
Evolyutsiya jarayonida makrosporangiy urug’kurtakka mikrosporangiya - changdonga aylangan. Mikrosporalar esa changga aylangan. hayotiy shakli jihatdan qarag’aytoifa o’simliklar daraxt, buta va lianalardan iborat. Monopodial tipda shoxlangan bu o’simliklarning ildiz sistemasi yaxshi taraqqiy etgan.
O’tsimon vakili bor-yo’g’i bitta bo’lib,bennetitdoshlar oilasi vakili Williamsoniella hisoblanadi. U ham bo’lsa qazilma holatda ma'lum. Qubbalar o’q poya qoplag’ich va tangacha barglardan tashkil topgan. Tangacha barglar qo’ltig’ida urug’ kurtak yoki changdonlar joylashgan. Shunga ko’ra ular changchi (erkaklik) va urug’chi (urg’ochi) qubbalarga ajraladi. Hozirgi klassifikatsiyalar bo’yicha qarag’aytoifalar quyidagi 6 ta sinf (ajdod)ga bo’inadi.
1. Urug’li qirqquloqsimonlar - Lyginoptyeridopsida
2. Sagovniksimonlar - Cycadopsida
3. Bennettitsimonlar - Bennettitopsida
4. Gnetumsimonlar - Gnetopsida
5. Ginkgosimonlar - Ginkgopsida
6. Qaraqaysimonlar - Pinopsida
1,3 sinf (ajdod) vakillari faqat qazilma holda uchraydi.
2,4,5,6, sinflarning vakillari esa yer yuzida ancha keng tarqalgan.
Urug’liqirqquloqlar, ginkgonamolar, velvichiyanamolarning faqat bittadan turi mavjud.

Download 407,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish