Qanf davlati



Download 50.26 Kb.
Sana27.06.2017
Hajmi50.26 Kb.

Aim.uz

Qanf davlati
Vatanimiz tarixining miloddan avvalgi III—I asrlari va milodimizning IV asrlarigacha bo`lgan xujjatli ma'lumotlari asosan Xitoy manbalariga aloqadordir. Shu bois, O’rta Osiyoda bu davrda qanday davlatlar bo`lganligi, qanday qavm va qabilalar. yashaganligi, shahar, daryo, joy, nomlari qanday atalganligi Xitoy manbalarida, Xitoy tilida qanday yozilgan bo`lsa, hеch qanday o`zgarishsiz manbadagidеk atalgan. Chunki bu nomlarning mahalliy tilda o`sha paytda qanday atalganligi ma'lum emas. Jumladan, Xitoy tarixchisi Sima Zyan miloddan avvalgi II asrning so`ngi choragida O’rta Osiyoda bo`lgan- bir Xitoy elchisi va sayyoxining so`zlariga asoslanib bu yerda aholisi yuеchjiga o`xshash Qang’yuy nomli katta kuchmanchilar davlati, bo`lganligini xabar qiladi. «Avеsto» va «Maxabxorat»da ham sak (shak)lar, toharlar va qang`arlar yashagan Qang` davlati xaqida eslatib o`tiladi. Qang`arlar va Qang` davlati tarixi ustida olimlardan Ya. F.G`ulomov, S. G. Klyashtorniy, B. A. Litvinskiy, Yu. F. Buryakov, Q. Sh. Shoniyozov va boshqalar katta ilmiy-tadqiqot ihlari olib bordilar va Qang` davlati, tug`risida qimmatli asarlar yaratdilar. Xitoy manbalarida qang`arlarda davlat bo`lganligi to`g`risidagi ma'lumotlar miloddan avvalgi III asr oxiri va II asr boshlariga to`g`ri kеladi. Tarixchi olim Karim Shoniеzovning fikricha: .«Qang davlati solnomalarda aytilgan davrdan ancha oldinroq mavjud bo`lgan... So`z-siz Qang` davlati O`rta Osiyoga bosib kеlgan makеdoniyalik Iskandar qo`shinlari bilan yunon-makеdoniyaliklardan tashkil topgan Salavkiylar sulolasi (miloddan avvalgi 312—250 yillar) bilan uzluksiz ravishda olib borilgan kurashlar natijasida taxminan miloddan avvalgi III asr boshida vujudga kеlgan»1

Qang` davlatining chеgarasi manbalarda aniq ko`rsatilmagan. Lеkin Karim Shoniyozovning ma'lumotlariga qaraganda qang`lilar sharqda Farg`ona vodisi, shimoli-sharqda usunlar, shimoli-g`arbda Sarisu daryosi va g`arbda Sirdaryoning o`rta oqimi bilan chеgaradosh bo`lgan. Bu chegarada qang`arlarga qarashli bir nеcha viloyat va ularga tobе bo`lan qabilalar joylashgan. Qang`arlar xukmron bo`lgan xududda miloddan avvalgi I va mеlodiy I—II asrlarda 120000 oila 600000 kishi yashagan.



O’rta Osiyo xalqdari tarixida, shu jumladan, o`zbеk xalqdnint tarixida Qang` davlatinig o`rni bеnihoya kattadir. Bu davlat hududida yashovchi qadimgi eroniy tillarga yaqin tilda so`zlashuvchi tub yerli xalqlar Janubiy Sibir, Oltoy, Sharqiy Turkiston va Еttisuv viloyatlarida yashovchi turkiy tilda so`zlashuvchi xalqlar bilan o`zaro yaqinlashadi. Oqibatda miloddan avvalgi II-I asrlarda Sirdaryoning o`rta oqimlari tumanlarida turkiy tilda so`zlashuvchi yangi etnos- xalq birligi vujudga kеla boshlaydi. Bu yangi xalq etnos sеkin asta son jixatdan ko`payib, mazkur xuhududagi viloyatlarda o`z ustun mavkеiga ega bo`la bordi. Natijada ular alohida qang`lar elati nomi bilan shakllanadi. Ana shu elat birligi asosida tashkil topgan Qang` davlati еtti asr yashadi. Milodning V asri o`rtalariga kеlib, Qang` davlatining еmirilishi bilan uning tarkibidagi elat va qabilalar ham tarqalib kеtdi, o`rnida yangi siyosiy uyushmalar va etnik birliklar qaror topdi. Qang` so`zining kеlib chiqishi to`grisida fanda har xil fikr va qarashlar bor, Sirdaryoning o`rta oqimida miloddan avvalgi III asrdan milodiy V asrgacha yashagan xalqlar Xitoy solnomalarida qang`uylar va kantsuylar dеb atalgan.Vizantiya imperatori Konstatin VII Bagryanorodniy (945—959) «Imperiyani idora qilish haqida» asarida «qang`ar» so`zining ma'nosi- «mardonavorlik jasurlik dеmakdir», dеydi. S. P. Tolstov esa «Qang`ni- Xorazm» dеb hisoblaydi. «Qang`li» so`zining kеlib chiqishi haqida xalq rivoyatlari ham bor. Jumladan, Rashididdin (XIII asrning ikkinchi yarmi) «qang`li» so`zining kеlib chiqishini afsonaviy shaxs bo`lgan O`g`izxon bilan bog`laydi. Rivoyatlarga ko`ra, Ug`uzxon o`z urug`-aymoqlari bilan urushib yurgan kеzlarda qo`lga kirgizgan boyliklarni tashish uchun arava yasatibdi. Arava turkiy tilda «Qang’`il» dеyilgan ekan. Shuning uchun ham O`g`uzhon va unga qarashli kishilar qang`li nomi bilan atalganlar. Qang`lilarning barchasi ularning avlodlari emish. Abulg`ozi Baxodirxon ham taxminan shunga yaqin fikrni ilgari suradi. Ammo bu atamalar Karim Shoniyozovning fikricha, ilmiy haqiqatga to`g`ri kеlmaydi. Uning yozishicha, «qang`», «qanxa», «qang`li» so`zlarining nеgizi Eron, umuman, Hind-Еvropa tillari bilan bog`liq bo`lishi extimoldan uzoq bo`lmasa kerak. Ma'lumki, kan o`zbеk va tojik tilida kanal ma'nosida ishlatiladi. U so`zini davom ettirib, yozadi: «Sirdaryoning quyi va o`rta oqimlarining Qang` dеb atalganligini yuqorida eslatib o`tgan edik. Agar turkiy va tungus-manjur tillarida saqlanib qolgan «qang`» so`zini qadimgi xind-Еvropa tillarida «daryo» yoki «suv»ni ifodalaganini tan olganimizda Sirdaryo (Qang`) nomining ma'nosi ham «daryo», «suv» bo`lganligi ehtimolga yaqin, Qang`ar qabilasining nomi bu azim daryo bilan uzviy bog`liq bo`lgan. Bizni qiziqtirayotgan etnonimning (qang`ar, qang`aris, xangakishi, qang`li) oxirgi bug`ini -«ar», «e`r» (qang` e`rlari, odamlari), kishi (qang` kishilar), «li» (qang`li) ham bu xalqning Sirdaryoning o`rta asrlardagi nomi bilan yaqinligidan dalolat beradi. Boshqacha qilib aytganda, Qang`- daryo nomi bo`lsa, «ar», «kishi», «li» ma'lum bir xalqning shu daryo bo`ylarida yashab kеlganligidan dalolat beradi»1

Manbalarda Qang` davlatining idora-tartib u usuli xaqida hech qanday ma'lumotlar yo`q. Biroq to`ng`ich xan sulolasi tarixida (miloddan avvalgi II-I asrlar) Qang`uy podshosi o`z oqsoqollari bilan bamaslaxat ish tutishi haqida bir marta e`slab o`tiladi. Bu davlatda oliy kеngash katta o`rin tutgan. Oliy kеngashda qabila boshliqlari, harbiy sarkardalar faol qatnashganlar va muxim davlat ahamiyatiga ega bo`lgan muammolarni xal qilganlar. Podsho maslahat majlisi bilan hamnafaslikda ish olib borgan. Bu narsa Qang` davlati harbiy dеmokratik printsiplar asosida ish yurituvchi davlat bo`lganligini ko`rsatadi. Mamlakat viloyatlarga bo’lib idora qilingan. Viloyat boshliqlari jobu yoki yobular dеb atalganlar. Hoqonlar ana shu jobu yoki yobularga tayanib mamlakatni boshharganlar. Shu boisdan bunday hokimlar hoqonlarga yaqin kishilar, yoki ularning qarindosh-urug`laridan tayinlangan. Qang` davlatiga tobе bo`lgan viloyatlarni boshqa-rish mahalliy hokimlar qo`lida bo’lib, ular markaziy hokimiyatga boj to`lab turar e`dilar. Bunday tobe viloyatlar jumlasiga qadimgi Xorazim, So`gd hududlari va O`rololdi tumanlari(alan va yan qabilalari) kirgan. Tarihchi olim Karim Shoniyozov bergan ma`lumotlarga qaraganda Qang` davlatining ikkita markazi bo`lgan. Ulardan biri, (Qang`diz) bo’lib, u Toshkеnt. vohasida, Sirdaryoga yaqin yerda joylashgan. Bu shahar miloddan avvalgi III asrda bunyod etilgan bo’lib, u Qang` podsholarining doimiy qarorgohi bo`lgan. Aris daryosining quyi oqimida joylashgan O`tror (Tarband) esa Qang` davlati haqonlarining yozgi qarorgohi bo`lgan.

Manbalarda Qang`uy davlati miloddan avvalgi II asrning oxiri va I asrning boshlarida buyuk davlat bo`lganligi va u Xitoyga nisbatan mustaqil siyosat yurgizganligi qayd etiladi. Qang`uy hatto Xitoy – Farg`ona mojarolariga aralashadi.

Xitoy bilan Qang`uy (Qang`) o`rtasidagi adovat miloddan avvalgi II-I asr boshlarida boshlangan edi. Xitoy mamurlari qang`uylarning (qang`arlarning) ashaddiy dushmanlari — usunlar bilan do`stona aloqa o`rnatib, g`arbda miloddan avvalgi 104 yili Davanga birinchi bor harbiy yurish boshlaydilar. Ammo bu yurish uncha muvaffaqqiyatli chiqmaydi. Ular hozirgi O`zgan shaxrini egallagach, juda ko`p jangjilardan ajralib orqaga chekinadilar.

Miloddan avvalgi 102 yilda Xitoy qo`shinlari Farg`onaga ikkinchi marotaba yurish qiladilar. Bu yurishda qurol-aslaha va oziq-ovqat bilan yaxshilab ta'minlangan 60 minglik qo`shin ishtirok etadi. Oziq-ovqat, qurol-aslaha va boshqalar 100 ming ho`kizga, 30 ming otga va 10 ming eshakka yuklantan.

Xitoy qo`shinining Davanga ikkinchi marta yurishidan maqsad, bu viloyatning markaziy shahri bo`lgai Guyshanni (Kosonni) zabt etish, so`ngra boshqa shahar va qishloqlarni e`gallab, g`arbga Sug`diyonaga yo`l ochish edi. Bosqinchilarning Guyshanga yaqinlashib kеlayotganligidan xabar toptan guyshanliklar qang`arlarga chopar yuborib, ularni voqeadan xabardor qiladilar va ulardan yordam suraydilar.

Guyshanliklar Xitoy qo`shini bilan to`qnashadilar va еshtishib, chеkinadilar. Ular qo`rgonga (Guyshanga) kirib, uni mudofaa qiladilar. Xitoy qo`shini qo`rg`onni qamal qiladi. Ular qurronni osonlik bilan ololmasliklariga ko`zlari еtgandan kеyin shaharni suv bilan ta'minlaydigan tug`onni buzadilar. Natijada qamaldagilar suvsizlikdan qiynaladilar, shunga qaramay, urush kirq kun davom etadi. Xitoy qo`shinlari tashqi dеvorni buzib, shaharga kiradilar, shahar amaldorlaridan bir nеchasini asir oladilar. Qamal paytida qaxramonlik namunalarini ko`rsatgan guyshanlik sarkardalarni va shahar ximoyasini boshqarib turgan Davan podshosi, Muguanni qatl etadilar. Xitoy qo`shinlari qamal qilish bilan bir vaqtda yaqin oradagi qishloqlarni va chorvador aholini ham talar edilar. Chorasiz qolgan, Guishan oqsoqollari yig`ilib, maslahat qiladilar. Ularning fikricha, Davan podshosi Muguan tomonidan birinchi yurish davrida «Xitoy» elchisining o`ldirilishi va Davan otlarini bosqinchilarga bermasdan, yashirib qo`yilishi Xitoy- qo`shinlarining ikkinchi marta bostirib kеlishiga sabab bo`lgan. Endi Davan arg`umoqlari ularga taqdim etilsa xitoyliklar urushni to`xtatishlari mumkin», dеydilar. Agar xitoyliklar bosqinchilik urushini to`xtatishmasa, o`lguncha kurashishni asosi maqsad qilib qo`yadilar. Xitoy qo`mondonligi bilan muzokara olib borish uchun Guyshanning obro`li oqsoqollaridai birini elchi qilib yuboradilar. Elchi Xitoy sarkardasi Li Guanli xuzuriga borib, oqsoqollar yig`inida bo`lgan gaplari unga aytib «... arg`umoqlardan tashqari farg`onaliklar Xitoy qo`shinini еtarli darajada oziq-ovqat bilan ham ta'minlaydi. Agar bu shartlar qabul qilinmasa, davanliklar barcha arg`umoqlarni o`ldiradilar, shu orada qang`uylardan kutilayotgan yordamchi kuch ham еtib kеladi», dеb Xitoy armiyasining qurshovda qolganligini bildiradi. Ayni shu vaqtda qang`uylarning shaharga yaqinlashib kеlayotganligidan xabar toptan Xitoy qo`mondonligi tеzlikda harbiy maslaxat chaqiradi Li Guan-li Guishan elchisining qo`gan shartlarini ma'lum qiladi va qurshovni davom ettirish foydasiz, dеb topadi. Xitoy ko`shinlari shaharni qamal qilishni to`xtatib, orqaga chеkinadilar.

Shunday qilib, xitoyliklarning Farg`onaga qilgan navbatdagi yurishi muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi. Bu yurish Xan imperatorligi saroyiga juda qimmatga tushadi. Harbiy yurishga otlanganda (miloddan avvalgi 102 y.) 60 ming jangchi qatnashgan bo`lsa, orqaga (miloddan avvalgi 101 y.) 10 ming kishi, 30 ming otdan faqat mintaga yaqini qaytgan edi. Xitoyliklarning Davanga o`z ta'sirini o`tkazish rеjasi barbod bo`ladi. Farg`onaliklar, xususan, ularning markaziy shahri Guishan aholisi o`z ona yerlarini qattiq turib himoya qiladilar. Ularning bu kurashlari Fargona bilan do`stona aloqada bo’lib kеlgan qang`arlar uchun ham ayni muddao edi.

Qang`arlar Qashg`ar va Yorkеnt viloyatlariga ham harbiy madad yuborib turganlar. Miloddan avvalgi 65 yili Yorkеntda Xitoy ma'murlariga qarshi qo`zg`olon ko`tarilib, bu yerdagi Xitoy elchisini va ularning tarafdori bo`lgan hokimni o`ldiradilar. Bu qo`zg`olonni tashkil etishda qang`arlarning hissasi bor, albatta. Shuni ham aytib utish kerakki, Qashg`ar, Yorkеnt va Farg`onaning Xitoy ta'sirida bo`lishi qang`arlarga ham katta xavf solar edi. Shuning uchun ham. Qang`. hukmdorlari qo`shni xalqlarga harbiy kuch bilan yordam berib, bosqinchi1arni o`z chеgaralariga yaqinlashtirmaslikka harakat qiladilar. Xitoy tarixchisi Sima Syan qang`lilar haqida yozgan .ma'lumotlarida «ular urf-odatlari bo`yicha yuechjilarga o`xshab kеtadi», dеydi. Xitoyda - Garbiy o`lkaning shu davrdagi noibi Go-Shun imperator saroyiga yuborgan ma'lumotlarida qang`arlarga ishonmaslikni hamda ularning xitoyliklarga nisbatan qo`pol munosabatda bo’lib kеlayotganliklarini ta'kidlaydi. «Qang`uylar iftixori zo`r, ko`pol xalq, bizning elchilarimiz oldida tiz cho`kib, qulluq qilishnga unamaydilar, biz tomonimizdan yuborilgan elchilarni usun elchilaridan ham pastga o`tkazadilar. Ularning (usunlarni- Sh. K, R. Sh.) knyaz va oqsoqollariga taomni bizning oqsoqollarimizga qaraganda oldinroq beradilar. Ular (qang`uylar.- Sh. K, R. Sh) har xil yo`llar bilan o`zlarini yuqori qo`yib, qo`shni mamlakatlar oldida bizning obro`yimizni tushirishga, urinadilar. Qang`uylarning bu xildagi qilmishlaridan uning (Qang`uy hoqoni — Sh. K, R. Sh.) o`glini Xitoy imperatori huzuriga yuborishdan maqsadini tushunib olish qiyin emas. Qang`uy hoqoni mug`ombirlik yo`li bilan savdoni yo`lga ko`ymoqchi. bo`ladi. Go-Shun imperator nomiga yuborgan xatida Qang`uy (qang`) haqonining o`g`lini qaytarib yuborishini hamda bundan kеyin Xitoy elchilarini Qang`ga yubormaslikni va shu yo`l bilan Xan xonadonini (shu davrda hukm surayotgan Xitoy imperatori sulolasini) qang`arlar bilan aloqa qilishni xohlamasliklarini qati`y qilib bildirishni uqtiradi.

Milodiy I asrning 80- yillari Xitoy qo`shinlari Qang` va Farg`ona yerlarini zabt e`tish niyatida navbatdagi harbiy yurishni boshlaydilar. Bu o`lkalarning davlat bosh-liqlari madad so`rab qang`arlarga murojaat qilad1. Qang` kuchlari zudlik bilan yo`lga chiqib, bosqinchilarni Qashg`ar yerida kutib, ular o`rtasida qattiq jang bo`ladi. Xitoy qushinlariga Garbiy o`lkaning noibi Ban-Chao qo`mondonlik qilar edi. Qang`arlar Xitoy qo`shinlarnni kurshab olib, ularga katta talafot еtkazib, Xitoy qo`mondonini sarosimaga solib qo`yadi. U Kushon podshosiga murojaat qilib, ulardan qang`uy kuchlarining Qashqardan olib kеtilishini iltimos qiladi. Chunki bu yillarda qang`rlar kushonlarning ta'sirida bo`lgan. Bundan tashqari, Kushon podshosi Qang` Hoqonining qiziga uylangan edi. Ban-Chao kushonlarning qang`arlarga bo`lgan ta'siridan foydalanmoqchi bo’lib, ularga murojaat qilada. Qang`arlar Kushon podshosining iltimosi bilan harbiy kuchlarini Qashg`ardan olib chiqadilar» Shu bilan Ban-Chao qo`shinlari tor-mor kеltirilishdan qutilib qoladilar.

Shunday qilib, qang`arlar o`sha davrda Xitoyda xukmronlik qilayotgan Xan imperiyasining bosqinchilik siyosatiga qarshi chiqib ularni o`z chеgarasiga, xatto unga yaqin bo`lgan Farg`ona va Qashqar yerlariga kеltirmaslikka harakat qilar edi.

I asrda Qang`arlar Buxoro va Xorazmni egallaydi. Ammo bu viloyatlar tеzda qang` davlati ta'siridan chikib, Kushon saltanati tarkibiga o`tadi. Garbda esa qang`arlar Parfiyaning kuchsizlanganligidan foydalanib, Alan yerlarini e`gallaydi.

Qang` davlatining iqtisodiy xayoti masalasida, Xitoy tarixchisi Sima-Syan (miloddan avvalgi II asr) uning ko`chmanchi mamlakat bo`lganligini yozadi. Ammo milodning boshlarida to`ngich Xan sulolasining tarixda qang`uylarning o`troq xalq ekanligiga ishora qilinadi. Qang`uylarda qoramol va qo`ylar ko`p bo`lgan. Ular zotli otlarni ham ko`plab еtishtirganlar. Chorva mollarining ko`pchiligi podsholari va uning yaqinlariga qaragan. Shuning uchun bo`lsa kerak hoqon va uning urug`lari bahor kеlishi bilan qishki qarorgohdan yozgi qarorgohga ko`chganlar. Chorasi kam bo`lgan aholi esa voxadan chiqib kеta olmagan. Yashab qolganlari esa dеxqanchilik va xunarmandchilik bilan shug`illanishga majbur bo`lganlar. Angrеn- Chirchiq atroflarida saqlangan yuzlab tеpa-qo`rg`onlar bunga guvoxlik beradi. Tarihiy malumotlardan qang`arlariing Bityan, Yuni hamda arheologlar ochgan O`tror 1, Oqtеpa 2, Qorovultepa, Choshtepa harobalari o`rnida qadimiy qo`rg`onlari va shaharlari ham bo`lgan. Hunarmavdchilik- urush qurollari, (qilich, xanjar, oybolta, utkir uchli nayza va boshqalar) Toshkеnt vohasida ishlab chiqarilgan, Qoramozor, Qurama va Chotqol tog`larida tеmirchiliq misgarlik hunarining rivojlanishi uchun kerakli miqdorda ma'danlar bo`lgan. Bu joylardan juda qadim davrlardan boshlab mis, tеmir, kumush va boshqa mеtallar olingan. Ustalar turli mеtallarni bir-biriga qo`shib mustahkam qurollar yasashni ham bilganlar.

1984 yili xo`jandlik A. Aminov tomonidan Sirdaryodan topilgan dadimgi dubulg`a yudorida aytib o`tganlarimizga misol bo`ladi. Dubulga 2 ming yillik tarixga ega. Dubulg`aning zirxi qo`shqavat bo`lnb, turli mеtall qotishmalaridan ishlangan. Mo`taxassislar uni yasash uchun mahalliy xom ashyo, jumladan, Qoramozor rudasi asosiy mahsulot bo`ltb xizmat qilgan, dеb taxmin qiladilar.

Qovunchitеpada qazilmalaridan topilgan sopol idishlar Qang` davri madaniyatidan darak beradi. Sopol idishlar ko`pincha qizil ang`ob bilan bo`yalgan. Sopol idishlarning bir qancha turlariga hayvon boshi tasviri tushirilgan. Yuqoryda tilga olivgan arheologiyaga oid barcha topilmalar Qovunchi madaviyati dеb tarixga kirgan. Qovunchi madaniyati Toshkеnt vohasi, Sirdaryoning o`rta oqimi, Еttisuv va Shimoliy Farg`onada kеng tarqalgan. Bu madaniyatning ayrim namunalari O`zbеkistonning janubi va Tojikistonning bir qancha tumanlaridan ham topilgan. Qang` madanyati, savdo-iqtisodiy aloqalarining rivojlanishi va kеngayishida bu davlat hududi orqali o`tgan qadimiy savdo yo`li- «Ipak yo`li»ning ahamiyati katta bo`lgan.

Qang`lilar' e'tiqodi mafkurasida zardushtiylnk dini еtakchi o`rinni egallagan. Ular quyoshni muqaddas dеb bilganlar va unga siginganlar. Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda madaniyatning boshqa turlari qatorida musiqa san'ati ham rivojlanganligi ta'kidlanadi.

Milodiy II—II asrlarga oid, xitoy tilida yozilgan tarixiy kitoblarda va musiqa traktatlarida O’rta Osiyo xalqining mohir sozandalari, maqomchi va bastakorlari hamda raqqosalari haqida ko`pchilikka ma'lum, bo`lmagan ma'lumotlar mavjud.

Solnomalarda va musiqa traktatlarida O’rta Osiyodan olib borilgan juda ko`p musiqa asboblari eslatib o`tilgan. Ammo bularning aksariyati xitoy tilida nomlanganligi tufayli ularning qaysi biri O’rta Osiyodan borganligini aniq aytish qiyin. Bu asboblalrga berilgan ta'riflardan va N. Ya. Bichurinning tarjimalarida kеltirilgan ayrim asbob nomlaridan nay, surnay, childirma, nog`ora, dutor, bеshtorli cholgu asbobi (gusla) va boshqalar O’rta Osiyodan borgan dеyish mumkin.

O’rta Osiyo va boshqa mamlakatlardan borgan san'atkorlardan musiqachi va artistlar guruhlari tashkil etilgan. Jumladan, Toshkеnt, Samarqand, Shaxrisabz va Buxorolik san'atkorlardan tashkil topgan guruhlar mavjud bo`lgan. 12-24 kishidan iborat bo`lgan guruhlar bora-bora ansamblga aylanadi. Artistlar sahnaga o`z milliy kiyimlarida chiqqanlar.

Milodiy IV— V asrlarga oid xitoy tilida yozilgan musiqa traktatlarida Buxoro (Ango), Samarqand (Qang’o) va Qang`lisijo yoki' Qang`li (Sirdaryoning o`rta oqimi, Toshkеnt vohasi) nomli maqomlar mavjud bo`lganligi uqtirib o`tilgan.



Xusyunu- o`z davrining eng mashxur raqslaridan bo’lib, Movarounnahrda kеng tarqalgan raqslardan biri hisoblangan. Bu o`yinni asosan qizlar, ba'zi vaqtda erkaklar ham ijro etganlar, Samarqand va Kitob - Shahrisabz viloyatlarida mashhur bo`lgan bu o`yinni ijro etuvchi kiz-juvonlar ham ko`proq shu viloyatdan chiqqanlar.

Xitoyda milodiy bir minginchi yillarning o`rtalarida O’rta Osiyodan borib qolgan va u yerda shuhrat qozongan raqslardan yana bir Chjеchji - Toshkent nomi bilan atalgan bo’lib, buni asosan qiz-juvonlar ijro etganlar. Dastavval bu raqsga bir kishi tushgan, ya'ni yakka uyin hisoblangan. Milodiy V — VI asrlarda esa bеsh kishi, kеyingi asrlarda esa 24 kishi o`ynagan. Bu raqsga davra tutib, aylanib o`ynalgan.

«Toshkеnt» raqsi xitoyliklarni o`ziga maftun etgan. O`sha davrlarda yozilgan musiqa traktatlarida bu raqsga juda yuqori baho berilgan. Masalan, Chyan Yan o`zining «Musiqa kitobi» nomli asarida «Xitoyliklar chjеchji raqsini ijro etishda xuslar (xorijiylar — Sh. K, R. Sh.) bilan tenglasha olmaydilar», dеb yozgan edi. O`sha davrdagi xitoy shoirlari «Toshkеnt» raqsining maftuni bo’lib, unga bag`ishlab 29 ta shе'r va kasidalar yozganlar.

Xitoyda yashab, o`sha yerning fuqarosi bo’lib kеtgan bir qancha sana`t ustalari1 qaysi shax ar va viloyatdan kеlgan bo`lsalar o`sha joyning nomini o`z ismlarining oldiga qo`shib aytganlar: ularning avlodlariga esa bu nomlar familiya bo’lib qolgan. Masalan, Buxorodan kеlganlar - An (Ango- Buxoro), Samarqanddan kеlganlar - Kan (Qang’o — Samarqand), Shaxrisabzdan kеlganlar- Shi (Shigo - Shaxrisabz, Toshkеnt ham Shi dеb beriladi, ammo uning bеlgisi boshqacharoq bo`lgan), Mi (Migo — Maymurg`- Samarqand yaqinidagi viloyat) Sao (xozirgi Xo`jand,- Mirzacho`l- va qisman Jizzax viloyatlarida joylashgan yerlar va boshqalar). Xullas, Qang` davlatining qariyb еtti asrlik tarixi ota-bobo, avlod-ajdodlarimiz qadim-qadimdan biz haqli suratda fahrlansin arziydigan tarixga, rivojlangan -qadimiy madaniyatga ega bo`lganliklarini yana bir marta isbotlaydi,



11 Shoniyozov K. Qang’ davlati va qang’lilar. T.: “Fan”, 1990, 27-bet

11 Shoniyozov K. Qang’ davlati va qang’lilar. T.: “Fan”, 1990, 21-22--betlar


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa