Qanday model haqida gap bormasin, asosiy maqsad samarali iqtisodiyotni barpo etish va uning asosida xalq turmush farovonligini oshirishdan iborat



Download 35 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi35 Kb.
#79743
Bog'liq
ped.2 maruza


1. O’zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilishning huquqiy asoslari

Har bir model o’sha mamlakatning tabiiy-geografik, iqtisodiy shart-sharoitlari, ishlab chiqarish omillari va resurslari, iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi, va albatta, mamlakat aholisining mentaliteti, tarixiy vamadaniy qadriyatlari, urf-odatlari, an’analari, siyosiy tuzum hamda ijtimoiy tarkibidan kelib chiqadi.

Qanday model haqida gap bormasin, asosiy maqsad samarali iqtisodiyotni barpo etish va uning asosida xalq turmush farovonligini oshirishdan iborat. Model yo’l, yo’nalish eng avvalo mavjud tabiiy, ishlab chiqirish, nisbiy afzallik (ustunlik) va buyuk aql-zakovatning amaldagi ifodasidir[1].

“O’zbek modeli” tushunchasining hayotga kirib kelganiga 20 yildan oshdi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” asarida o’zbek modelining mohiyati va shakl shamoyillari hamda tamoyillarini belgilab bergan edi. O’zbekistonning iqtisodiy taraqqiyot modeli o’z xalqining tarixiy tajribasi, milliy va madaniy an’analariga asoslanadi[2].

Mustaqillik yillarida «O’zbek modeli» deb nom olgan va dunyoda e’tirof etilgan ana shu taraqqiyot strategiyasining negizida ta’lim tizimi tubdan isloh qilindi. To’qqiz yillik umumiy o’rta va uch yillik o’rta maxsus kasb-hunar ta’limini o’z ichiga olgan, davlat tomonidan kafolatlangan bepul majburiy ta’lim tizimi joriy etildi. Ta’lim muassalari yangitdan qurildi, mavjudlarida kapital ta’mirlash ishlari bajarilib, zamonaviy o’quv-laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlandi, o’qituvchi va o’quvchilar uchun har tomonlama qulay sharoit yaratildi. O’quv jarayoni sifat va metodik jihatdan yangilanib, adabiyotlarning yangi avlodi yaratildi, uzluksiz ta’lim tizimi modernizasiya qilindi.

O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturining qabul qilinishi va hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etilishi ta’lim tizimini davlatimiz tanlagan demokratik rivojlanish yo’liga moslashtirish, ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi bo’lgan yoshlarning zamon talablari darajasida ta’lim-tarbiya olishi va kasb-hunar egallashiga muhim asos bo’ldi.

Ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilgan islohotlar yurtimizdagi tub o’zgarishlar, yangilanishlarning asosi bo’lib hizmat qildi. Zero, har bir yurtning buguni va kelajagi, tom ma’noda, ta’lim tizimining qay darajada rivojlangani, barkamol avlodni tarbiyalash uchun yaratilgan shart-sharoitlar, islohotlarning natijalari bilan belgilanadi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda har yili yalpi ichki mahsulotning 10-12 foizi ta’limga yoki davlat byudjetining 60 foizi ijtimoiy sohaga yo’naltirilishi belgilandi. Ushbu mablag’ning 35 foizi faqat ta’lim tizimiga sarflanib, yoshlarning puxta ta’lim-tarbiya olishi uchun yo’naltirildi.

Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimining isloh qilinishi natijasida dunyoda o’xshash bo’lmagan 9+3 sxemasi asosida yoshlarga puxta bilim berish va kasb-hunar sirlarini chuqur egallashi uchun imkoniyat yaratgan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi joriy etildi.

Uzluksiz ta’lim tizimining huquqiy asoslarini mustahkamlashda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlar muhim ahamiyat kasb etdi.

Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-2707-sonli, 2017 yil 14 martdagi «O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-2829-sonli, 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish to’g’risida»gi, «Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish to’g’risida»gi qarorlari, shuningdek, akademik ilm-fanni rivojlantirishga qaratilgan 2017 yil 17 fevraldagi «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-2789-sonli qarori hamda «O’zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining akademiklari faoliyatini yanada takomillashtirish va rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2016 yil 29 dekabrdagi PF-4907-sonli farmonlari shular jumlasidandir.

Прямоугольная выноска: Жисмоний тарбия ва спорт одамнинг иродасини тарбиялаб, соғлигини мустаҳкамлашга ҳисса қўшса, мусиқа санъати унинг руҳиятига озиқ беради, қалбини, энг нозик туйғуларини камолга етказади.

И.Каримов

Respublikamiz yoshlarining jahondagi ulkan intellektual boylikni egallashiga sharoit yaratish, dunyoga chiqishi uchun imkoniyatlar eshigini ochish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-1875-sonli qarorining qabul qilinishi natijasida 2013-2014 yildan boshlab umumta’lim maktablarining barchasida 1-sinfdan chet tilini o’rganish tizimi amalga kiritildi. Uzluksiz ta’lim tizimida chet tilini o’qitish bo’yicha Davlat ta’lim standartlari takomillashtirilib, o’quv rejalari ishlab chiqildi, adabiyotlarning yangi avlodi yaratildi, chet tilini o’qitish bo’yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimi yanada kuchaytirildi.

Shuningdek, respublikamizning Birinchi Prezidenti I.Karimov tashabbusi bilan O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi tashkil etilib, bolalar sportini rivojlantirishning noyob tizimiga asos solindi.

Bolalarning musiqa va san’atga bo’lgan qiziqishlarini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan musiqa va san’at maktablari barpo etildi, ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida «Barkamol avlod» bolalar markazlari, Bolalar va o’smirlar sport maktablari faoliyati yo’lga qo’yildi. O’tgan yillar davomida bosqichma-bosqich amalga oshirilgan chora-tadbirlar, sog’lom avlodni shakllantirishning tarixiy-tadrijiy taraqqiyoti tahlili shuni ko’rsatdiki, ma’naviy va jismoniy sog’lom avlodni dunyoga keltirish va tarbiyalash borasida ulkan yutuqlarga erishish imkonini berdi.

2. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni asosida uzluksiz ta’lim prinsiplari

O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonun fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o’rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitusiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan bo’lib, 1997 yilning 29 avgustida qabul qilingan.

“Ta’lim to’g’risida”gi qonun bilan ta’lim O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilindi hamda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari belgilandi.

Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari:

- ta’lim va tarbiyaning insonparvarligi hamda demokratikligi;

- ta’lim tizimining uzluksizligi va izchilligi;

- davlat ta’lim tizimining ilmiyligi va dunyoviyligi;

- ta’limda umuminsoniy va milliy-madaniy qadriyatlarning ustuvorligi;

- davlat ta’lim standartlari doirasida hammaning ta’lim olishi uchun imkoniyat yaratilganligi;

- tayanch (to’qqiz sinf hajmidagi) ta’limning majburiyligi;

- ta’lim, ma’naviy va jismoniy tarbiya dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;

- bilimdonlik va iste’dodni rag’batlantirish;

- ta’lim muassasalarida chet tillarni o’rganish, din tarixi va jamiyat madaniyati sohasida bilim olish uchun sharoitlar yaratish;

- ta’lim muassasalarining siyosiy partiyalar va ijtimoiy-siyosiy harakatlarning ta’siridan holi bo’lishi;

- tarbiyalanuvchilar va ta’lim oluvchilarni hurmatlash;

- pedagog shaxsini, uning ijtimoiy mavqyeini hurmatlash;

- amaldagi qonunlar doirasida mulkchilikning barcha shakllaridagi talim muassasalarining teng huquqliligi, ularning mustaqilligidan iboratdir.

Mazkur qonun bilan jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e’tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqyei, turar joyi, O’zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat’i nazar, har kimning bilim olishda teng huquqli ekanligi kafolatlanadi va ta’lim muassasalarida ta’lim berish tilidan foydalanish tartibi Davlat tili haqidagi O’zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimiz umumiy o’rta ta’lim maktablarida 7 ta til (o’zbek, rus, qoraqalpoq, qozoq, qirg’iz, tojik, turkman tillari)da o’qitilishi yo’lga qo’yildi va o’quvchilarni barcha tillarda darsliklar bilan to’liq ta’minlash tizimi yaratildi.

O’zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir.

Uzluksiz ta’lim quyidagi ta’lim turlarini o’z ichiga oladi:

- maktabgacha ta’lim;

- umumiy o’rta ta’lim;

- o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;

- oliy ta’lim;

- oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim;

- kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;

- maktabdan tashqari ta’lim.

Maktabgacha ta’lim bolaning sog’lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlaydi, unda o’qishga intilish hissini uyg’otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi hamda bola olti-yetti yoshga yetguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muasasalari va oilalarda amalga oshiriladi. Bu kabi ta’lim muassasalarining faoliyatini tashkil etishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.

Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining yangi tarmog’i shakllanib bormoqda.



Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga tasviriy san’at, musiqa, xorijiytil va kompyuter savodxonligini o’rgatuvchi guruhlar tashkil etilmoqda. Bu kabi harakatlar maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga xizmat qiladi.

Umumiy o’rta ta’lim to’qqiz yillik majburiy xarakterdagi umumiy hamda uch yillik majburiy-ixtiyoriy xarakterdagi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limidan iborat. Umumiy o’rta ta’lim boshlang’ich ta’limni ham qamrab oladi. Mazkur bosqichda o’quvchilarning fanlar asoslari bo’yicha muntazam bilim olishlari, ularda bilim olish ehtiyojining yuzaga kelishi, asosiy o’quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarning o’zlashtirishlari, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlar, mehnat, ijodiy fikrlash, atrof-muhitga ongli munosabatda bo’lish, shuningdek, kasb tanlash ko’nikmalarining shakllanishi uchun pedagogik shart-sharoit yaratiladi.
Download 35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish