3 0 9
X O Ò I M A
Davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi O‘zbekiston xalqi
hayotida muhim tarixiy voqea bo‘ldi. Mustaqillik xalqimizga o‘z
taqdirini o‘zi belgilash, o‘zlari uchun munosib turmush yaratish
erkinligini berdi.
Jahon tarixi guvohlik beradiki, qadim zamonlardan boshlab
u yoki bu mintaqalarda yirik imperiyalar tashkil etilgan, ular
ko‘plab xalqlarni o‘z manfaatlariga bo‘ysundirgan, asoratga solgan.
Biroq ularning barchasi mazlum xalqlarning
ozodlik uchun kurashi
natijasida parchalanib ketgan. Bu tarixiy jarayon XX asrda ham
takrorlandi. Mazlum xalqlarning milliy ozodlik harakati natijasida
jahon mustamlakachilik tizimi barbod bo‘ldi, imperiyalar quladi.
Dunyodagi yirik imperiya bo‘lmish SSSRning qulashi, par-
chalanishi ham ana shu tarixiy qonuniy jarayonning natijasi bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining qo‘lga
kiritilishi ham obyektiv tarixiy jarayon bo‘lib, xalqimizning uzoq
yillar davomidagi olib borgan milliy istiqlol uchun kurashining
qonuniy mevasidir.
Òarixda bironta qaram bo‘lgan xalq o‘z mustaqilligini osonlikcha
qo‘lga kiritmagan. O‘zbekiston xalqi ham mustaqillikni qo‘lga
kiritish yo‘lida minglab millatparvar farzandlaridan judo bo‘ldi.
Mustaqillikka erishilgandan keyin ham ichki va tashqi dush-
manlar tomonidan mamlakatimizga o‘ta
xavfli xurujlar uyush-
tirildi. 1989- yil may—iyun oylarida Farg‘ona, 1990- yil iyunda
O‘sh va O‘zgan voqealari, 1991- yil oktabrda Oliy Kengashda
Prezidentni ag‘darishga bo‘lgan urinish, 1992- yil yanvarda
Òoshkentning talabalar shaharchasida uyushtirilgan tartibsizliklar,
1999- yil fevralda Òoshkentda terrorchi guruhlar uyushtirgan
portlashlar, 1999, 2000, 2001- yillarda Afg‘oniston hududida
o‘ziga uya qurib olgan terrorchi to‘dalarning chegaralarimizga
bostirib kirishi kabi hollar
xalq hamjihatligini buzish, mustaqil-
likka zarba berish uchun qilingan harakatlar edi. Ming shukurlar
bo‘lsinki, g‘animlarning barcha urinishlari barbod bo‘ldi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
3 1 0
Xalqimiz Prezident Islom Karimov tomonidan asoslab berilgan
„Òaraqqiyotning o‘zbek modeli“ni ro‘yobga chiqarish yo‘lida
bunyodkorona mehnat qildi.
O‘zbekistonda demokratik davlat poydevori barpo etildi. Davlat
qurilishida demokratik tizim — qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi
va sud hokimiyati barpo etildi. Davlat boshqaruvining yangi
zamonaviy,
samarali, eng maqbul tizimi — Prezidentlik Respub-
lika boshqaruvi yaratildi va amal qilmoqda. Parlamentchilikda
demokratik asoslar yaratildi, demokratik davlatlarga xos parla-
mentarizm shakllandi.
Amalga oshirilgan siyosiy islohotlar natijasida fuqarolik jamiyati
asoslari shakllandi. Fuqarolarning manfaatlarini o‘zida ifoda etuvchi
siyosiy partiyalar,
jamoat birlashmalari, demokratik jamiyatning
muhim omili bo‘lgan erkin ommaviy axborot vositalari vujudga
keldi.
Mustaqillik yillarida ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini
shakllantirish uchun iqtisodiyot tubdan isloh qilindi. Mulkni
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijasida ko‘p
ukladli iqtisodiyot shakllandi. O‘rta va kichik biznes rivojlandi,
mulkdorlar tabaqasi vujudga keldi. Bozor iqtisodiyotining barcha
sohalariga xizmat ko‘rsatuvchi bozor infratuzilmasi shakllantirildi.
Iqtisodiyotning hayotiy muhim tarmoqlari rivojlantirildi, yangi
sanoat
tarmoqlari, yirik korxonalar bunyod etildi. O‘zbekistonda
avtomobilsozlik sanoati yaratildi, don va yoqilg‘i mustaqilligiga
erishildi.
Mustaqillik yillarida boy ma’naviy merosimiz, milliy an’ana-
larimiz, rasm-rusumlarimiz, diniy qadriyatlarimiz qayta tiklandi.
Ona tilimiz — xalq va davlat turmushidagi o‘z o‘rni va ahamiyatiga
ega bo‘ldi.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash
sohalari yuksaldi. Shahar va qishloqlarimizning qiyofasi o‘zgardi,
aholining turmush saviyasi o‘sdi. Ma’naviy hayotimizda uyg‘onish
yuz berdi, odamlarning tafakkuri va hayotga munosabati o‘zgardi.
O‘zbekistonning jahon xalqlari tinchligi
va xavfsizligiga mos
bo‘lib tushgan tinchliksevar tashqi siyosati uning jahonda mustaqil
davlat sifatida tezda tan olinishini ta’minladi. O‘zbekiston BMÒ,
EXHÒ, MDH, EKO, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Markaziy
Osiyo hamkorlik tashkiloti kabi nufuzli xalqaro tashkilotlarning
a’zosidir. Dunyodagi nufuzli davlatlar bilan o‘zaro manfaatli
hamkorlik qilmoqda.
www.ziyouz.com kutubxonasi
3 1 1
O‘zbekiston o‘zining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgani va
mustaqil taraqqiyot yo‘lini boshlaganiga 14 yil to‘ldi. Bu yillar
mohiyatan Vatanimiz tarixida sharafli va o‘ta mas’uliyatli davr
bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: