Qamariddin usmonov o‘zbekiston tarixi milliy istiqlol davri


„O‘zbekiston Respublikasi davlat



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/457
Sana12.01.2022
Hajmi3,36 Mb.
#337497
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   457
Bog'liq
O'zbekiston tarixi. Milliy Istiqlol davri (Qamariddin Usmonov)

„O‘zbekiston Respublikasi davlat
bayrog‘i to‘g‘risida“
gi Qonun 1991-
yil 18- noyabrda O‘zbekiston Res-
publikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i ramzi mam-
lakatimiz hududida ilgari mavjud bo‘lgan g‘oyat qudratli salta-
natlar bayroqlariga xos bo‘lgan eng yaxshi an’analarni davom
ettirgan holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqimiz-
ning milliy va madaniy o‘zligini ham aks ettiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i.
Davlat bayrog‘i
www.ziyouz.com kutubxonasi


2 8
Bayroqdagi  
moviy rang
 — mangu osmon va musaffo suv
ramzidir. Yaxshilikni, donishmandlikni, shon-shuhratga sadoqat-
ni bildiruvchi moviyrang  Sharqda azaldan qadrlanadi, o‘z vaqtida
buyuk Amir Òemur ham o‘z bayrog‘iga bu rangni tanlagan.
Oq  rang
 — tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat
o‘z yo‘lida baland dovonlardan oshib o‘tishi kerak. Bayrog‘i-
mizdagi oq rang yo‘limizning musaffo va charog‘on bo‘lishi
uchun yaxshi niyat ramzidir.
Qizil yo‘llar
 — bu har bir tirik jonning qon tomirida urib
turgan hayotiy kuch, tiriklik ramzidir.
Yashil rang
 — serne’mat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi
vaqtda butun dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari
keng yoyilmoqda, uning ramzi ham yashilrangdir.
Yarim oy
 — O‘zbekiston xalqining ko‘p asrlik an’analariga
muvofiq keladi. Yarim oy va yulduzlar — musaffo osmonning va
tinchlikning ramzlaridir.
Bayrog‘imizda 12 yulduz tasviri bor,  bu o‘lkamizda qadim-
dan buyon barkamollik, mukammallik timsoli hisoblanadi.
Davlat bayrog‘i
 — bizning o‘tmishimiz, bugungi kunimiz va
kelajagimiz ramzidir.
O‘zbekiston Respublikasining davlat  bayrog‘i Nyu-York shahrida
joylashgan Birlashgan Millatlar Òashkiloti qarorgohida  dunyodagi
suveren davlatlar bayroqlari qatorida turibdi. O‘zbekiston bayrog‘i
xorijiy mamlakatlarda Prezidentimiz boshliq davlat delegatsiyasini
qabul qilish marosimlarida, chet el davlat delegatsiyalarini
O‘zbekistonda qabul qilish marosimlarida ko‘tariladi.
O‘zbekiston bayrog‘i O‘zbekiston Prezidenti qarorgohi Oqsa-
roy binosi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi binosi tepasiga ilib
qo‘yilgan. O‘zbekiston sportchilari jahon sport musobaqalarida
g‘oliblikni qo‘lga kiritib, shohsupaga ko‘tarilgan paytlarda ham
O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tariladi. Shu boisdan mamlakatimizda va ja-
hon uzra O‘zbekiston bayrog‘ining ko‘tarilishi, bir tomondan,
davlatimiz shon-shuhratini ko‘tarsa, ikkinchi tomondan, bar-
chamizga quvonch, faxrlanish, g‘urur bag‘ishlaydi.

Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   457




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish