Qalban birgamiz!!! Uyda qoling! Mavzu: sintaksis haqida umumiy tushuncha. So’z birikmasi



Download 69,14 Kb.
Sana28.05.2022
Hajmi69,14 Kb.
#613935
Bog'liq
xamidulla


QALBAN BIRGAMIZ!!! UYDA QOLING! MAVZU:SINTAKSIS HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA. SO’Z BIRIKMASI
I. Sintaksis yunoncha “syntaxis” so’zidan olingan bo’lib, yopishtirish, bog’lash degan ma’noni anglatadi.
II. Sintaksis–so’z birikmalari va gaplarning qurilishi hamda ifoda xususiyatini o’rganuvchi bo’lim hisoblandi.
III. Sintaksis 1)so’zlarning bir biriga bog’lanishi hamda 2)gap tuzilishi qonun-qoidalarini o’rgangani uchun quyidagicha bo’linadi:
1. So’z birikmasi sintaksisi
2. Gap sintaksisi
So‘zlar bog‘lanishi uchun quyidagi shartlar bajarilishi shart:
1.Ular mustaqil so‘z turkumlariga mansub bo‘lishi kerak.
2. So’zlarning ma’nolari o‘zaro mos bo‘lishi lozim.
3. So‘zlarni bog‘lovchi qo‘shimchalar ham o‘z o‘rnida bo‘lishi kerak
1.Bog’lanayotgan so’zlar mustaqil so’z turkumlariga oid bo’lishishart: Masalan, kitob(ot,mustaqil) o‘qimoq(fe’l,mustaqil), maktabga(ot,mustaqil) bormoq(fe’l,mustaqil) Lekin u kam(ot,mustaqil) uchun(ko’makchi,yordamchi), telefon(ot,mustaqil) orqali(ko’makchi,yordamchi) birikuvlari ikkinchi so‘zlari mustaqil so‘z bo‘lmaganligi uchun so‘zlarning bog‘lanishiga misol bo‘la olmaydi.
2.Bog’lanayotgan so’zlarning ma’nolari o‘zaro mos bo‘lishi lozim.
Masalan, oyna so‘zining ma’nosi sinmoq so‘zining ma’nosiga mos. Ammo randalamoq, uzilmoq so‘zlariga mos emas. Shuning uchun nutqda ma’nosi mos bo‘lmagan so‘zlarni bog‘lash xato bo‘ladi.
Oyna sindi (ma’nosi to’g’ri keladi)
Oyna uzildi( ma’nosi mos emas)
3.So‘zlarni bog‘lovchi qo‘shimchalar ham o‘z o‘rnida bo‘lishi kerak.
Masalan, Toshkentda yashayman, ukamning daftari birikmasida qo‘shimchalar to‘g‘ri qo‘llangan. Lekin Toshkentga yashayman, ukamni daftari birikmasida qo‘shimcha noto‘g‘ri qo‘llangan.
Quyidagi so‘zlardan sintaktik aloqa hosil qiling.
qush, uya;
yurt, ketmoq;
ayrilmoq, el;
vatan, qadr;
inson, vatansiz;
g‘am, el;
yurt, yuksalmoq;
tug‘ilmoq, yer.
Qushning uyasi;
Yurtdan ketmoq;
Eldan ayrilmoq;
Vatanning qadri;
Vatansiz(ohang) inson;
Elning g‘ami;
Yurtda yuksalmoq;
Yerda tug‘ilmoq
Mustaqil so’zlarning nutqda bog’lanishidan so’z birikmalari hosil bo’ladi
So‘z birikmasi hosil bo‘lishi uchun:
•1) kamida ikkita mustaqil so‘z bo‘lishi lozim;
•2) bu so‘zlar ma’no jihatdan mos bo‘lishi kerak
•3) so‘zlarning biri ikkinchisiga ergashishi, ya’ni tobelanishi zarur;
•4) qo‘shimcha va yordamchi so‘zlar mustaqil so‘zlarni bog‘lashi kerak
So‘zlar bog‘lanishida oldin kelgan so‘z tobe so‘z, keyin kelgan so‘z hokim so‘z deyiladi.
Masalan: qizil olma
olmaning guli
mendankatta
•Tobe so‘z hokim so‘z ma’nosini izohlaydi, to‘ldiradi.
Masalan: ifodali(ma’noni aniqlayotgan, izohlayotgan so’z) nutq(ma’nosi izohlanayotgan so’z ya’ni hokim so’z)
Tobe so‘z hokim so‘zga nima vositasida bog‘lanishiga ko’ra uch guruhga bo’linadi:
•1) qo‘shimchalar yordamida bog‘lanish;
•2) ko‘makchilar yordamida bog‘lanish;
•3) qo‘shimcha va ko‘makchilarsiz bog‘lanish.
•Bir mustaqil so‘z boshqa mustaqil so‘zni izohlaydigan bog‘lanish tobe bog‘lanish deyiladi. M: mening uyim
•Bir mustaqil so‘z boshqasiga ergashmay, izohlamay bog‘lansa, teng bog‘lanish deyiladi. M: men va sen
•So‘zlarning teng bog‘lanishi so‘z qo‘shilmalarini hosil qiladi:
Yoshlar va kelajak, otam bilan onam, oy hamda quyosh
So‘zlarning tobe bog‘lanishi esa so‘z birikmalarini hosil qiladi:
Yoshlarning kelajagi, otamning orzusi kabi
•So‘z birikmasi hokim so‘zning qaysi turkumga oid so‘z bilan ifodalanishiga qarab, ikki guruhga bo‘linadi:
1. otli so‘z birikmasi
2. fe’lli so‘z birikmasi
Ishning boshi, yugurib kelmoq
•Otli so‘z birikmasida hokim so‘z ot, sifat, son, ravish va otlashgan so‘zlar bilani fodalanadi:
Shaharning ko‘chalari, hammasidan katta, chumchuqning chug‘urchug‘uri, o‘quvchilarning beshtasi, do‘stlarning barchasi, o‘qdan tez kabi.
•Fe’lli so‘z birikmasida hokim so‘z fe’l (sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi) bilani fodalanadi:
kitobni o‘qidi, daftarga yozmoq, tez yugurgan, ohista gapirish, ta’sirli so‘zlab, zavq bilan o‘qimoq
E’tiboringiz uchun rahmat!
Download 69,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish