QALB HAQIQATI.
Anotatsiya: "Inson vujudida bir parcha et bor. Mabodo u aynisa, butun vujud ayniydi. Agar u sog’lom bulsa, butun vujud sog’lom buladi. U qalbdir".Darxaqiqat ushbu maqolada qalbning naqadar ulug’ligi e’tirof etilgan.Uning ilohiy inom ekanligi Olloh tomonidan pok saqlashga chaqirilganligi bejiz emas. Insonning qalbi naqadar pok bo’lmogi haqidagi ushbu jumlalar asl insoniylik hissini uyg’ota olishi bizlar uchun katta yutuqdir.
"Inson vujudida bir parcha et bor. Mabodo u aynisa, butun vujud ayniydi. Agar u sog’lom bulsa, butun vujud sog’lom buladi. U qalbdir". Muborak xadisda qalbga shunday ta’rif berilganiyoq, bu "bir parcha et"ning nechog’liq axamiyatli ekaniga dalil bo’la oladi. Bundan xam e’tiborlisi — "qalb" so’zi Qur’oni karimda bir yuz o’ttizdan ziyod o’rinda zikr etilgan. Shuning uzi xam qalb inson xayotida kanchalik muhim o’rin tutishini ko’rsatadi.
"Qalb"» so’zi arab tilidan olingani ma’lum. Uni turkiylar "ko’ngil", forsiylar "dil" deydi. Zamonaviy o’zbek tilida bu uchala so’z bir xil darajada faol qo’llanadi, o’zaro sinonim xisoblanadi. Yuqorida keltirilgan xadisda qalbning aynishi xam mumkinligi zikr etilyapti. Eng daxshatlisi, bu xol butun vujudning aynishiga sabab bulishi. Demak, buning nuqsi odamning tashki qiyofasida xam zuxur etadi. Bu esa Sharqda keng tarkalgan kiyofa ilmining (ya’ni, odamning yuz tuzilishiga, tashki ko’rinishiga qarab unda yaxshi yoki yomon sifatlar ustuvor ekanini bilish) puxta zaminga ega ekani dalilidir.
Imom Razzoliy "qalb" suzining ikki xil ma’nosini ta’kidlaydi. Birinchisi — inson vujudining chap tomoniga moyil joylashgan sanubar shaklidagi ichi g’ovak bir parcha et. Bu — qalbning zoxiriy ma’nosi. Bunday qalb faqat insonda emas, xayvonlarda xam mavjud.
Ikkinchisi — latif rabboniy-ruxoniy yaratiq. Allomaning ta’kidlashicha, bu latiflikni oriflargina idrok eta oladi. Pand-nasixat ana shu latif yaratiqqa qaratiladi. Itob va jazo xam unga tegishli buladi.
Ko’ngil — Kabadan ulug’
Qur’oni karimda qalbun salimun" iborasi ko’p bor qo’llangan. "Salim" — sog’lom, toza demakdir. Shuning uchun bu jumlani shayx Alouddin Mansur "toza dil" deb tarjima qilgan. "Shuaro" surasi 88- 89-oyatlarida, jumladan, bunday deyiladi: "U Kunda (qiyomat kuni nazarda tutilyapti — N. A.) na molu davlat va na bola- chaqa foyda bermas. Magar Ollox xuzuriga toza dil bilan kelgan kishilargagina (foyda berur)". (Oyatlar ma’nosi shayx Alouddin Mansur izoxdi tarjimasi aso- sida berildi — N. A.)
Xazrat Navoiy asarlarida "qalb" so’zi o’rnida aksar uning sof turkiy sinonimi — "ko’ngil" qo’llangan. "Xamsa"ning ilk dostoni — "Xayrat ul-abror"ning maxsus bobi ko’ngil ta’rifiga bag’ishlangani xam ushbu fikrni tasdiqlaydi. Ko’ngilni jism gulshanining gulg’unchasiga, sirlar bo’stonining bulbuliga qiyoslagan ulug’ Navoiy unga yana quyidagicha ta’rif beradi:
Kabaki, olamning ulub qiblasi,
Qadri yuk andoqki ko’ngul kabasi
Kim, bu — xaloyiqqa erur sajdagox,
Ul biri — Xoliqqa erur jilvagox.
Ya’ni, olamning qiblasi bo’lishiga karamay, Kaba ko’ngil kabasichalik qimmatga ega emas. Sababi, Kabatullox — yaralmishlar sajdagoxi bo’lsa, ko’ngil — Xaq taoloning jilvagoxi. Shu bois mutasavvuf olimlar mavjud borliqni olami kubro — ulug’ olam deb atagani xolda, ko’ngilni olami sug’ro — kichik olam deb xisoblagan. Ular kichik olamda katta olam- da bulgan xamma narsa mavjudligini takidlagan. Shu jixatdan, xazrat Navoiyning "Kimki bir ko’ngli buzukning xotirin shod aylagay, Oncha borkim, Kaba vayron o’lsa obod aylagay" degan misralari zamirida teran ma’no bor. Binobarin, butun borliq, butun mavjudot inson uchun yaralgan, uning manfaatiga xizmat qiladi. Inson, xazrat Navoiy ta’rificha "borchadin sharif". Shu bois uning buzuk ko’nglini shod aylash Kabatulloxning vayron bo’lib qolgan devorini qayta tiklash barobaridagi ulug’ savobdir.
Mabodo buning teskarisi bo’lsachi? Biror kimsa shod ko’ngilni vayron etsachi? Shubxasiz, u Kabatulloxning muxtasham binosini buzishdan xam kura Og’irroq gunoxga botadi. Shuning uchun xam ulug’larimiz vayron ko’ngilni obod etishga aloxida e’tibor bergan. XIX asr oxiri — XX yuzyillik boshlarida yashab ijod etgan shoir Muxayyirning kuyidagi baytlari xam buning isbotidir:
Kabani qilmoq ziyorat gar muyassar
bo’lmasa,
Ey Muxayyir, aylagin vayron ko’ngillarni
tavof.
Vayron ko’ngillarni tavof qilish zamirida qanday ma’no bor? Muborak xadislardan birida mazlum, ya’ni ozurdadil insonlar duosi bilan Xaq taoloning ijobati o’rtasida parda yo’qligi zikr qilinadi. Shu jixatdan zulm ko’rib, ko’ngil shishasi darz ketgan, tushkun kayfiyatdagi ki- shining dilini ovlash eng xayrli ishdir.
"Ul ko’ngulgakim, — deb yozadi xazrat Navoiy, — qattig’ so’zdin reshdek bo’lg’ay, achchig’ til zaxrolud nishdek bo’lg’ay. Ko’ngulda til sinoni jaroxati bitmas, anga xech nima marxam yerin tutmas. Xar ko’ngulki, til sinonidin jaroxatdur, xam yumshoq suz va shirin til anga marxam va roxatdur. Muloyim takallum vaxshiylarni ulfat sori boshqarur, fusungar afsun bila yilonni to’shukdin chiqorur" (Navoiy. "Maxbub ul- qulub". Mukammal asarlar tuplami, 14-t. T., "Fan", 1998, 93-bet).
Ya’ni, qattik suz ko’ngil shishasini sindiradi, achchiq til esa bamisoli uchiga zaxar surilgan xanjar kabidir. Ko’ngilga til nayzasi bilan yetkazilgan jaroxat bitmaydi, uni xech narsa bilan davolab xam bo’lmaydi. Bunday ko’ngilga fakat yumshoq so’z va shirin tilgina malxam bula oladi. Muloyim so’z vaxshiylarni xam ulfatga ay- lantiradi, sexrli ta’siri bilan ilonni-da inidan chikarishi mumkin.
tafakkur 21 tafakkur
Shu bois inson ko’ngil jaroxatining yagona malxami bulgan shirin suzga odatlanmog’i qanchalar yaxshi! Zero, "Turkiston mulkining shayxul mashoyixi" (Navoiy ta’rifi — N. A.) xazrat Yassaviy bunday nasixat kiladi:
Sunnat ermish, kofir bulsa
berma ozor,
Ko’ngli qattiq dilozordan
Xudo bezor —
Shox Mashrab esa quyidagicha ugit beradi:
Mardumozori qilib, bo’lma Xudoning
dushmani,
Osmonga yetsa boshing, qilmagil
moumani.
Demak, xar ikkala mutafakkir yakdil e’tirof etganidek: "ko’ngli qattiq dilozor (Mashrab she’rida mardumozor) — Xudoning dushmani". Bundaylardan odamgina emas, Xudo xam bezor.
Bu e’tiroflarning bari ko’ngilning martabasi chindan xam ulug’
(xatto Ka’ba- dan xam) ekaniga dalolat kiladi.
Ko’ngil bir ma’dandurki...
Qalbning tengsiz ne’mat ekani xaqida nainki o’zbek adabiyotida, balki dunyo adabiyotida xam ko’plab durdona asarlar yozilgan. Jumladan, "Turkiston viloyatining gazeti" 1890 yil 30-sonida rus shoiri A.Fetning "Odam ko’ngli avsofi" she’ri erkin nasriy tarjima qilinib chop etil- gan. She’rda bunday misralar bor:
Odamzod ko’ngli bir ma’dandurkim,
Aksari anda ko’p quvvat va kuch nixondur.
Ul ma’danda xar xil baxosi yo’q
asl javoxirot,
Chunonchi, oltun va kumush bordur.
Goxo anda temur va juzv bulsa xam
Ko’b foyda turadur.
Asl maqsud ul javoxirotni
Ul ma’dandin ne tariqa (oltun) qilib
olmoqdadur.
Lekin ba’zilar ko’ngli tagigacha kavlasang —
faxm bexudadur.
Chunki andin qum va toshdin boshqa xech nima
topolmaysan.
Ko’ngil madanga qiyoslangan, inson xayotining moxiyati esa bu madandan oltinni ajratib olishda, demakki, xaq yo’lni topib, o’zidan yaxshi nom qoldirishda, degan muxim xulosa ramz va timsollar bilan ifodalangan bu she’r ma’rifatparvar shoir Zokirjon Furqatda katta taassurot qoldiradi. Natijada gazetaning o’sha yilgi 40-sonida ayni she’rga Fuqkat yozgan sharx chop etilgan.
"Odamzodning ko’ngli, — deb yozadi Furqat, — misoli bir madandurkim, ul madandin oltun va kumush chiqadur. Va ba’zi ko’ngul bir madandurkim, andin mis va qalay chiqadur. Man o’ylaymanki, agar iksir (kimyo — N.A.) ilmidan baxra topsa, aning sharofati birla mis va qalaylik martabasidin chikib, tillo va kumushning darajasiga yetadur. Andin odamzodg’a ko’p foydalar yetadur. Munga o’xshash ilmsiz ko’nguldin kishiga naf yetmaydur. Agar yetsa xam oz yetadur. Agar o’shandok ko’ngulga riyozat vositasi birla ilm xosil qilsalar, bul past martabadin chiqib, a’lo darajag’a yetib, mis va qalaylar oltun va kumush bo’lg’on kibi ko’b foydalik va quvvatlik bo’ladur. Bas, mis va qalay ko’ngullik odag’a lozimdurkim, riyozat ko’rasida (olovida — N.A.) ko’ngullarini gudoz berib (yondirib — N.A.), g’ilu g’ash rutubatidin tozalab, qobili asbob qilsalar va balki ilm iksiri birla oltun va kumushg’a mubaddal qilsalar".
Furqatning sharxi shunisi bilan axamiyatliki, unda insonning komillik darajasi qalb tarbiyasiga nechog’lik axamiyat berishiga bog’lik ekani xususida qimmatli muloxazalar bildirilgan. Buning uchun "riyozat vositasi birla ilm xosil qilish"ning zarurligiga aloxida urg’u berilgan.
Demak, ko’ngilni g’ilu g’ash rutubatidin tozalamoq", uni oltin va kumushga aylantirish insonning o’ziga borlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |